Diniy ekstremizm: tarix va voqelik.
Ekstremistik qarashlarni barcha
diniy ta ’limotlar doirasida uchratish mumkin. Masalan, mutaxassislar
katolik cherkovining erkin fikr yurituvchi, hukm ron feodal-katolik
c h erk o v i a q id a la rin i rad etu v c h i k ishilar — p apa h o k im iy ati
dushmanlarini ta ’qib qilish uchun XIII asrda tuzilgan va minglab
odam larning qurbon bo ‘lishiga olib kelgan inkvizitsiya faoliyatini
58
ekstremizmning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida baholaydilar. Shunday ekan,
ekstremizmni faqat muayyan din bilan bog'lash mutlaqo asossizdir.
Xususan, islom dini, turmush tarzi va qadriyatlar majmui sifatida hech
qachon ekstremistik tuzilmalarning go‘yoki, din va musulmon jamoasi
ravnaqi yo'lida amalga oshirayotgan terrorchilik xurujlarining asosiy sababi
sifatida qaralishi mumkin emas.
Islom shiorlaridan tanlab foydalanadigan, dinning asl mohiyatini
buzib talqin qiladigan ekstremistik tuzilm alar xuddi yuqoridagi kabi
go'yoki, keng xalq ommasi bilan uzviy birlik mavjudligini ko‘rsatish,
aslida esa jamiyatda tartibsizlik va parokandalikni yuzaga keltirish uchun
mablag‘ yig‘ish, asosiy tahdid manbai sifatida odam lar ongu shuurini
egallash, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatga eri-
shishdek ehtiyojlarini qondirish maqsadini ko‘zlaydilar.
Shunisi diqqatga sazovorki, ekstremistik ruhdagi tuzilmalarning hech
biri biror bir shaklda o ‘zlari jar solayotgan, o ‘zlari «intilayotgan» jamiyat
qurilishi modelini taklif etolmaydi.
Kommunizm, xalifalik - «umumiy farovonlik va sog'lom mutano-
siblik jam iyati» oliy m aqsad deb ko ‘rsatilgan holda, q o ‘rquv va
buzg‘unchilik ularga erishish yo‘li sifatida taklif etiladi. Bu esa, o ‘z
vaqtida m ashhur bo‘lgan, Rossiya va Yevropada uzoq yillar davomida
buzg‘unchilik yo‘lida terrorchilik usullarini qo‘llab kelgan tuzilmalar
faoliyatini oziqlantirib kelgan anarxizm g'oyalari bilan hamohanglik
kasb etadi.
Hozirgi davrda ko'plab ekstremistik uyushmalar va aqidaparastlar turli
dinlar, shujum ladan, xristianlik, islom, yahudiylik dinlari ta’limotidan
foydalanmoqdalar. Shu bilan birga, diniy ritorika ularga ko‘zda tutilayotgan
jamiyatning aniq shaklu shamoyilini taqdim etmagan holda (bu ular
uchun xuddi anarxistlar kabi unchalik ahamiyatga ega emas) xayoliy
jam iyat haqidagi tasaw urlardan foydalanish imkonini beradi. Bunda
eng muhimi tartibsizlik va beqarorlikni keltirib chiqarishdir. Unga eri
shish esa, o ‘ziga xos eng umumiy maqsadni tashkil etadi, deyish
mumkin.
N oqonuniy qurol-yarog1 savdosi va narkobiznes hisobidan katta
mablag‘lar to ‘planayotgan, musulmon dunyosida shakllangan o ‘ziga
xoslik tufayli yuzaga kelgan vaziyatda islomni shior qilib olgan ekstremizm
va terrorizm xavfsizlikka asosiy tahdid sifatida birinchi o ‘ringa chiqdi.
Shuni ham tan olish kerakki, ommaviy axborot vositalarining
rivoji va axborot omili ta’sirining kuchayishi bugungi kunda ekstremizm
va terrorizmning hech narsa bilan olchab bo‘lmaydigan darajada ko‘zga
tashlanadigan ijtimoiy hodisaga aylanishiga olib keldi. Qiyos uchun:
narkobiznesdan keladigan foydaga va soxta inqilobiylikni q o ‘llab-
quwatlashga qaratilgan sotsialistik tuzum yordamiga tayanib, XX asrning
59
70-yillarida lotinamerikalik ekstremistlar ko‘plab terrorchilik harakatla-
rini sodir etgan bo‘lsalar ham, ommaviy axborot vositalarining o ‘sha
paytdagi rivojlanganlik darajasi ularga global miqyosga chiqish imkonini
bermagan edi. Bunday vaziyatda Lotin Amerikasi ekstremizmi mintaqaviy
darajadan tashqariga chiqa olmagan.
Ekstremizm va terrorizm ommaviy axborot vositalari orqali yoritilmas
ekan ko'zlangan «samarani» bermaydi. Shu m a’noda ular o ‘zaro
bogMiqdir. Terrorchilik xuruji ommaviy axborot vositalarida qanchalik
keng yoritilsa ushbu harakatni sodir etishdan kutiladigan natija shunchalik
bevosita va yuqori bo ‘ladi. Bu esa, u yoki bu harakatni o ‘tkazishdan
ko‘zlanadigan asosiy maqsad hisoblanadi. Axborot maydoni rivojlanib,
tobora to ‘yinib borayotgan, am m o uni yetkazishda m azm unan ham,
shaklan ham o ‘zibo‘larchilik ustuvorlik qilayotgan hozirgi davrda OAV
ekstremizm va terrorizm qo‘lidagi kuchli qurolga aylanib qolmoqda.
T o ‘g‘ri, hech bir OAV o‘z holicha terrorchilik xurujining «samarador-
ligini» anglagan holda tashkil etadigan tizim hisoblanmaydi. Ammo
aksariyat hollarda bunga ko‘maklashmoqda, deyish mumkin.
Shuni ta ’kidlash lozimki, tarixiy, diniy va milliy xususiyatlar
aholining keng qatlamlari bilan muloqot tili va undagi o ‘ziga xos
utg‘ularni tanlashda muhim o‘rinni egallaydi. Tabiiyki, Markaziy Osiyo
mintaqasida kom munistik yoki nasroniylik emas, balki aynan islom
shiorlaridan foydalaniladi.
Markaziy Osiyo mintaqasi o ‘z tarixida islom rivojiga hech qanday
aqidaparastlik va jangarilik unsurlarini olib kirmagan. Aksincha, mintaqada
islom dini yoyilgan vaqtdan to bugungi kungacha insonparvarlik va
bag‘rikenglik an’anasi ustuvorbo‘lib kelmoqda. 0 ‘rta asrlarda Arab Sharqida
ayrim sufiy birlashmalari jangovarlikni namoyon qilgan hamda inkvizitsiya
va jazolash tuzilmalari vazifalarini bajargan vaqtda ham Markaziy Osiyo
sufiyligida insonga muhabbat va bag‘rikenglik taig'ib qilinar edi.
Ayni paytda, barcha davrlarda u yoki bu etnik guruhga mansublik
bog‘lovchi (birlashtiruvchi) unsur sifatida muayyan vazifani bajargani
uchun ham Markaziy Osiyoda qaror topgan islom dini har qanday
milliylikdan yuqori turishini (kosmopolitizmni) namoyon etganini
ta ’kidlash zarur. Shuning uchun ham, XX asrning boshlaridagi arab
m odernistlaridan farqli ravishda jad id lar undan yiroqlashib, o ‘z
kuchlarini birinchi navbatda ham diniy, ham milliy ongni o ‘stirishga
sarflagan edilar.
0 ‘rta asrlarda Markaziy Osiyodagi diniy bag‘rikenglik, insonparvar
lik mayllari, fan va san’atning rivojlanishi Arab Sharqida qarshilikni
keltirib chiqardi. Natijada X III-X IV asrlarda bugungi kunda terrorchilik
tuzilm alarini shakllantirayotgan ekstrem istlar g ‘oyaviy jih a td a n
tayanayotgan aqidaparast salaflylik oqimi yuzaga keldi.
60
Ibn Taymiyya boshchiligidagi salafiylar Markaziy Osiyo mutafakkir,
olim va ulam olarini «islom m ohiyatini soxtalashtirish»da ayblab,
xalifalikni ideallashtirishga asoslangan qarashlar tizimini ishlab chiqdilar
va jihodni unga erishishning asosiy vositasi sifatida e’lon qilib, o ‘z
g‘oyalariga jangovarlik tusini berdilar. Markaziy Osiyoda shakllangan
mayllar, o ‘sha davr arab muhitida ham o ‘z tarafdorlariga ega ediki, bu
tabiiy ravishda, muayyan guruhlarning hokimiyatini zaiflashtirar edi.
Shunday qilib, salafiylik ham hokimiyat uchun kurashning mahsuli
edi. Shu tariqa, XVIII asrning birinchi yarmida M uhamm ad Abdul
Vahhob salafiylik asosida Arabiston yarim orolida hokimiyat uchun
kurash olib borishga moslashtirilgan yangi ta’limotni yaratdi.
Yangi davr Arab Sharqidagi mutaassib oqimlar dastlab salafiylik va
vahhobiylikka asoslangan boisalar-da, keyinroq ulardan ham ilgarilab
ketdilar. Bu tuzilmalarning g'oyaviy dasturi «ixvoniylik» va «jihod»ga
asoslangan bo‘lib, ko‘p sonli jangarilik uyushmalariga g‘oyaviy ozuqa
berib kelmoqda.
1928-yilda M isrning Ismoiliya shahridagi maktabda mudarrislik
qilgan, sufiylikning xasafiya m aktabiga m ansub b o ‘lgan Hasan
Abdurahmon al-Banno musulmon olamini tozalash va musulmon aholi
yashaydigan mamlakatlar hududida islom davlatini qurishdek vazifalarni
o ‘z oldiga qo ‘ygan «Musulmon birodarlar» uyushmasini tuzdi. Barcha
musulmon va nomusulmon hukumatlarga qarshi jihod — yalpi urush
e ’lon qilish ushbu maqsadga erishish yo‘li sifatida belgilangan edi. Al-
Banno o'zining «Fannul-m out» (« 0 ‘lim san’ati») kitobida mavjud
hukumatlarni yo‘q qilishga erishish yo‘llarini asoslab berdi va ilk marta
o'zini o ‘zi qurbon qilish shaklida jangarilik amaliyotini tayyorlash va
amalga oshirish bilan bog'liq faoliyatni oqlab fatvo berdi.
Harakatning yuzaga kelish shart-sharoitlari, tarixiy vaziyat va o ‘sha
davrda M isrdagi siyosiy kuchlarning nisbatini o ‘rganish ko'plab
tadqiqotchilarga unga mohiyatan terrorizmga asoslangan, trotskiycha
uzluksiz inqilob g‘oyasiga amal qilgan Kom internning barqaror ta ’siri
b o ig a n in i qayd etish im konini bergan edi. M usulm on Sharqida
kom munistparast guruhlarni shakllantirish uchun sharoitning yetarli
emasligi Kom intern faollarining ikki tartibda terror uslublarini targ'ib
qilish, uni eksport qilish va islomiy tashkilotlarni o ‘zlarining siyosiy
kurash usullari bilan qurollantirish orqali jamiyatni beqarorlashtirish-
dek vazifani hal qilishga intilishlariga yo‘l ochdi. Ular bu yo‘lda muayyan
muvaffaqiyatga erishdilar ham.
Bundan tashqari, fashistlar Germaniyasi emissarlari faolligi bilan
bog‘liq qiziqarli m a ’lum otlar ham mavjud. 1940-yilda H asan al-
B anno «M usulm on birodarlar»ning asosiy vazifasi terro rch ilik
hujum lari uyushtirish bo'lgan «maxfiy apparat»ni tuzadi. Shunisi
61
e ’tib o rg a m olikki, u to m o n id an uyushtirilgan ayrim jan g o v ar
operatsiyalar fashistlar hom iylik qilgan «M asr al-Fatot» tashkiloti
yordamida amalga oshirilgan. Shu yillarda «Musulmon birodarlar»ning
Suriyadagi b o ‘Iinmasi ham jangarilarning shunga o ‘xshash tizim ini
yaratdi. Ularning Suriyada o‘tkazgan jangovar amaliyotlari esa fashistlar
hom iylik qilgan A ntuan Saade boshchiligidagi Suriya M illatchilik
Do'stlaringiz bilan baham: |