parlam entda 160 m usulm on faoliyat olib borayotgani ham buni
tasdiqlaydi.
M amlakat musulmonlariga, 2 ming masjid va ibodat uylari, 80 ta
madrasa xizmat ko‘rsatmoqda. 1962-yildan Londonda o ‘z oldiga islomni
targ‘ib qilish ham da musulmon va nom usulm onlar o ‘rtasida do‘stlik
rishtalarini o'rnatishni maqsad qilib qo'ygan «Birlashgan Qirollikning
islom missiyasi» faoliyat olib bormoqda. U masjidlar qoshida tashkil
etilgan markazlari «Yosh musulmon» gazetasini tarqatish orqali aktiv
missionerlik faoliyatini olib bormoqda.
1970-yilda Londonda Saudiya Arabistoni yordamida musulmonlar
ning «Birlashgan Qirollik va Yevropa ittifoqi» tashkiloti tuzildi. 1979-
yildan m am lakatda «Islom m atbuoti ittifoqi» tashkil qilindi.
Musulmonlarning ko‘payishi, islomning keng tarqala borishi bilan bir
qatorda Buyuk Britaniyada ham islom bayrog‘i ostida faoliyat yuritadigan
diniy ekstremistik tashkilotlar ham paydo bo‘lganini ta’kidlash zarur.
Juniladan, «Hizbut-tahrir»ning shtab kvartirasi aynan Britaniyada joylashgan
deb hisoblanadi. Shuningdek, mamlakatda terrorchilikni qo'llab-quwatlov-
chi «Islom xayriyasi» tashkiloti ham faoliyat olib boradi.
«Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi yangi qonun bo‘yicha mam
lakatda 21 tashkilot terrorchilik uyushmasi ro‘yxatiga olingan bo‘lib, ulardan
14 tasi islom bayrog‘i ostida faoliyat olib boradi.
U m um an olganda, xulosa o ‘rnida shuni aytish mumkinki, hozirda
Gretsiyada o ‘zgarishsiz qolayotganini va Islandiyada deyarli yo‘qligini
inobatga olmaganda, G'arbiy Yevropaning barcha mamlakatlarida m u
sulmonlarning soni tez o‘sib bormoqda. Buning bir qator sabablarini
ko‘rsatish mumkin.
Eng aw alo, m usulm on oilalarida tug'ilishning
yuqoriligini va bunga zid ravishda yevropalik (xristian) oilalarda
tug‘ilishning pasayib ketayotganini ta’kidlash zarur. Bunda «Bitta oila-
bitta farzand» degan yondashuvning ustuvorligi va ayni paytda,
m utaxassislar fikricha, ayollarning ijtim oiy faolligini oshirishga
qaratilgan feministik harakatlar ham o ‘z ta’sirini o ‘tkazmoqda.
Bu jarayon moddiy qashshoqlik,
iqtisodiy qiyinchiliklar, millatlararo
nizolar, fuqarolar urushidan qochishga intilayotgan kishilaming tinch va
iqtisodiy jihatdan rivojlangan Yevropa mamlakatlarida qanday bo'lmasin
o'mashib olishga harakat qilishlari natijasida ham chuqurlashib bormoqda.
M usulm onlar «an’anaviy jamiyat» vakillari bo'lib, ularda qon-
qardoshlik aloqalari kuchli ekani e’tiborga olinsa Yevropa mamlakatla
rida ularning yangidan-yangi mavzelari tez ko'payib borayotganining
yana bir sababini tushunib yetish m um kin bo ‘ladi. «Ochiq jamiyat»
tam oyillari hukm ronligi, o ‘zgacha
qadriyatlar, an ’analar, urf-odat-
lar, turm ush tarzining himoya qilinishi, qon-qardoshlik aloqalarini
tiklashga xizmat qiladigan tegishli huquqiy, demokratik tizimlarining
mavjudligi ham bunga xizmat qilmoqda.
54
Shu
bilan birga, mavjud iqtisodiy munosabatlar, ya’ni, bunday
aloqalarning mustahkamligi va em igrantlar hayoti, m ehnati uchun
huquqiy kafolatlarning mavjudligi ham ko'proq «jozibador» omil sifatida
chiqmoqda.
Musulmonlar sonining o‘sishi haqida gap ketar ekan,
bunda lisoniy
yaqinlik omili ham muhim omil bo‘layotganini qayd etish lozim. Boshqacha
aytganda, Yer yuzining turli chekkalaridagi mustamlakalarida o ‘z tillari va
madaniyatini singdirishga harakat qilgan va bu yo‘lda muayyan muvaffaqiyatga
erishgan davlatlar asosiy emigratsiya unvoniga aylanmoqda. Fransiya mu-
sulmonlarining katta qismi Mag'rib (Jazoir, Tunis, Marokash)dan, ang-
iiyalik musulmonlarning aksariyati Hindiston, Pokiston va Bangladeshdan
ko'chib kelganlar ekani ham buni tasdiqlaydi.
Va, nihoyat, Yevropa tub aholisining islomni qabul qilishi bilan
bog‘liq jarayonlar chuqurlashib borayotgani ham musulmonlarning
ko‘payib borishiga zamin yaratayotganini ta’kidlash zarur.
Shu bilan birga, Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarida islomiy
diniy ekstremistik tashkilotlar
faoliyat olib bormoqdaki, bu m intaqa
aholisida islom to‘g‘risidagi noto‘g‘ri tasawurlarning shakllanishiga ham
o ‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: