O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/122
Sana14.07.2022
Hajmi5,76 Mb.
#800585
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   122
Bog'liq
Чиқаришга Этнология 2021

III. Yangi mavzu rejasi: 
1.Etnogenezi va etnik tarixi. 
2.Tub aholining mustamlakachilikkacha bo’lgan davrda joylashuvi va ularning 
mustamlakachilik vaqtidagi taqdirlari.
3.Etnogenez muammosi. Tili, irqi, xo’jalik–madaniy guruhlar va tarixiy-etnografik oblastlar.
4.Tub aholi turli guruhlarining xo’jaligi va moddiy madaniyati. Turmush tarzi va yillik 
xo’jalik faoliyati. Ishlab chiqarish asboblari va turmush anjomlari.
Yangi mavzu qisqa bayoni: 
1. Beshinchi qit'a hisoblanadigan Avstraliya Tinch okeanining janubida joylashgan o'ziga 
xos o'lkadir. Uning iqlimi ham, etnik tuzilishi ham yer kurrasining boshqa qismidan ancha farq 
qiladi. To'rt tomoni bepoyon okean suvlari bilan yuvilib turgan Avstraliya qit'asi 7,7 mln. kvadrat 
kilometr hududga ega bo'lib, taxminan AQSH hududiga teng keladi. 
Qit'aning beshdan ikki qismi tropik iqlimli, qolgani subtropik va mo'tadil issiq iqlimlidir. 
Ichki Avstraliya nihoyatda qurg'oq, yog'ingarchilik kam, iqlimi o'zgaruvchan, dashtu biyobondan 
iborat. Uncha katta bo'lmagan daryolar uning sharqida mavjud, xolos. Pastqam tog' tizmalari, 
asosan, janubi-sharqiy qismida joylashgan. Bir necha yuz katta-kichik ko'llar mavjud bo'lib, ular 
yozgi jaziramada qurib sho'rxokka aylanadi. Ammo o'lka yer osti suvlariga boy. Mahalliy aholi 
undan qadim zamonlardan beri foydalanib kelgan. Hozir ham bu qit'ada artezian quduqlaridan keng 
istifoda etiladi. 
Avstraliyaning o'simlik va hayvonot dunyosi ham iqlimi singari xilma-xil. U yerdagi 
o'simliklarning aksariyati (85 foizi) faqat o'ziga xos bo'lib, boshqa biron yerda uchramaydi. 
Ayniqsa, janubi-sharqida balandligi yuz metrgacha yetadigan evkalipt daraxtlari (150 turdan ortiq) 
qit'aga go'zal manzara kasb etib turadi. Abadiy yashil daraxtlar: palma, fikus va chirmovuq kabi 
o'simliklarga boy tropik o'rmonlar qit'aning shimol va shimoli-sharqiy qismida joylashgan. 
O'lkaning g'arbiy va ichki qismiga kirib borgan sari barcha o'simlik dunyosi nihoyatda 
qashshoqlashgandek ko'rinadi. 
Avstraliyaning hayvonot dunyosi ham o'zining qadimiyligi va ekzotikasi bilan kishini 
hayratda qoldiradi. Bu yerda yuqori sutemizuvchilar mutlaqo bo'lmagan, ammo xaltali 


hayvonlarning yuzdan ortiq turi mavjud. Tuban sutemizuvchilarning mashhur vakili katta kenguru 
tug'ilgan bolasini qorin terisidagi maxsus xaltasida voyaga yetkazadi. Qit'ada kenguruning boshqa 
turlaridan daraxtga tirmashadigan koala (xaltali ayiq), vombata va hokazo turlari ham yashaydi. 
Sudraluvchilardan ilon, kaltakesak, shimoldagi daryolarda timsoh va boshqa ko'pgina shu kabi 
jonivorlar uchraydi. Qushlardan: yirik avstraliya strausi - emu, turli xil to'tiqushlar, qora oqqushlar, 
sayroqi qushlar va umuman mingga yaqin turdagi qushlar Avstraliya tabiatining o'ziga xos fayzidir. 
Shunisi qiziqki, Avstraliya flora va faunasidagi turlarning ko'p qismini mahalliy tub aholi 
iste'mol qilib kelgan. Ular faqat yirik hayvonlarnigina emas, balki mayda jonivorlarni (ilon, 
kaltakesak, chuvalchang kabi hasharotlar va hk.) hamda turli ekin ildizlarini yig'ib-terib iste'mol 
qilganlar. Avstraliyada inson hayoti uchun xavfli yirtqich hayvonlar yo'q, zaharli ilon va timsohlar 
esa juda kam. Faqat yovvoyi it (dingo) uy hayvoni sifatida qo'lga o'rgatilgan. Qit'ada juda ko'p 
qazilma boyliklar mavjud bo'lib, undan tub aholi foydalana olmagan. 
Hozirgi Avstraliya millati qurama, turli elatlardan tashkil topgan. Qit'ada 15,7 mln.dan ortiq 
(1985-y.) aholi yashaydi, ammo u nihoyat notekis joylashgan. Aholining asosiy qismi 
Avstraliyaning sharqiy va janubi-sharqiy qismlarida, sug'oriladigan qulay iqlimli va o'simlik 
dunyosiga boy bo'lgan janubi-g'arbiy hududlarda yashaydi. Avstraliya aholisining ko'pchiligi 
yevropalik, ayniqsa, Angliya va Irlandiyadan (78 foizi) kelganlarning avlodlari ko'pchilikni tashkil 
qiladi. Tub aholisi (aborigenlar) suvsiz cho'l va sahrolarda kun ke-chirmoqda. Ularning soni 103 
mingga yaqindir (metislar bilan qo'shib hisoblaganda 140 mingdan ortadi). Umuman olganda, 
Avstraliya va Okeaniyada keyingi ma'lumotlarga qaraganda 25 mln.dan ortiq aholi mavjud. Shu 
jumladan, Yangi Zelandiyada 3,2 mln. aholi yashaydi. 
Okeaniyada joylashgan minglab orollar janubga yaqinlashgan sari yiriklashib va ancha 
quyuqlashib boradi. Avstraliyaning sharqida va shimoli-sharqida, aksincha, juda mayda orollar 
Tinch okeani bag'riga kirgan sayin kamayib boradi. Eng yirik orollar: Yangi Gvineya, Yangi 
Zellandiya, Yangi Kaledoniyadir. Mayda orollar esa asosan, vulqonlardan va marjonlardan paydo 
bo'lgan va ularning qit'aga hech aloqasi yo'q. Okeaniyaning barcha orollari deyarli tropik oralig'ida 
joylashgan bo'lib, iqlim ekvatorial, tabiati abadiy yashil tropik o'simliklar bilan qoplangan, 
hayvonot dunyosi g'arbga tomon boyroq, sharqda esa ancha kam. 
Okeaniya asosan, uch qismga bo'lingan: janubi-g'arbiy qismdagi «qora orollar» deb nom 
olgan Melaneziya; uning sharqiy va shimoli-g'arbidagi bepoyon Tinch okeanida tarqoq joylashgan 
Polineziya (tarjimasi «ko'psonli orollar»); Osiyo sohillariga yaqin mayda orollardan iborat 
Mikroneziyadir. Agar tub aholisining sharoiti va madaniy saviyasi sotsial-iqtisodiy jihatdan 
umumiy xarakterga ega bo'lsa, Okeaniya xalqlari nisbatan yuqori darajada va nihoyatda rang-
barang shaklda rivojlangan. Tillarning joylashuvi antropologik turlarga to'g'ri kelmaydi. Ularning 
xo'jalik tiplariga qarab madaniy yoki sotsial rivojlanish darajasini aniqlash qiyin. Chunki, Osiyo 
yoki Yevropadagi ishlab chiqarish qurollari, moddiy buyumlar bu yerga mutlaqo to'g'ri kelmaydi. 
Masalan, tub melaneziyaliklar o'q-yoyni, temirchllikni yoki kulolchilikni bilmaganlar, ammo o'ziga 
xos yuksak madaniyat yaratganlar. Aytaylik, ijtimoiy munosabatlarda melane-ziyaliklarda savdo-
sotiq rivoj topgan bo'lsa ham, natural xo'jalikka ega bo'lgan polineziyaliklar ularga nisbatan ancha 
yuqori madani-yatga ega bo'lganlar. 
Umuman, beshinchi qit'ani o'rganish insoniyat tarixining ilk davrlari - ibtidoiy jamiyatdan 
sinfiy jamiyatning ilk shakllariga-cha, dastlabki davlat va qabilaviy birliklargacha aniqlab olish 
imkonini yaratib bergan edi. 
Dunyodagi eng kichik qit'a yoki eng katta orol hisoblangan Avstraliya eng qadimiy geologik 
davrlarda qurg'oqlikdan ajralib qolib XIX asrgacha jonli qadimiy muzey shaklida saqlangan. Uning 
flora va ayniqsa, faunasining arxaikligi va o'ziga xosligi doimo tadqiqotchilarni hozirgacha 
hayajonga soladi. Avstraliya-da yuksak sutemizuvchilarning yo'qligi, tuban sutemizuvchilar (xaltali 
hayvonlar)ning ko'pchiligi bu yerda ibtidoiy dunyo qayta jonlanganday taassurot tug'diradi. Mazkur 
tabiiy sharoit mahalliy tub aholining maishiy turmushi va madaniyatida ham o'z aksini topganligini 
alohida qayd qilish lozim. Bepoyon Tinch okeani orollarida yashovchi minglab katta-kichik turli 
etnoslar kishilik jamiyatining dastlabki davrlarida kashf etilgan ajoyib ishlab chiqarish usullari, 
xo'jalik shakllari, murakkab geografik muhitga moslashgan har xil kasblar, ovchilik mahorati, 


atrofdagi vahshiy tabiatda yashab va cheksiz dengizlarda yo'l topib uzoqlarga sayohat qilish, 
qurg'oq sahrodan suv topa bilish kabi juda ko'p yangiliklarni kashf etib, jahon madaniyatiga o'ziga 
yarasha hissa qo'shganlar. 
Endi mana shu insoniyat beshigida paydo bo'lgan va bi/ning davrimizgacha kishilik 
jamiyatining bolaligidagi turmush tarzi belgilarim saqlab kelgan etnoslar bilan tanishamiz. 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish