6- MAVZU. O RTA OSIYO XALQLARINING MO‘G‘UL
BOSQINCHILARSGA QARSHI KURASHI. JALOLIDDIN
MANGUBERDl JASORATI
Asosiy tushuncha va iboralar:
tuman; ulus; qurultoy; bosqoq;
xon; bosqin; begar; payza; aloqa.
6.1. Chingizxon tomonidan mo‘g‘ul!ar imperiyasiga asos
solinishi hamda lining Xorazmshohlar davlati bilan munosabatlari
Xl-Xll asrlarda mo‘g‘ullar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotda
qoloq hisoblanar edi. Ularda xali urug‘-aymo‘qchilik
munosabatlari
kuchli bo‘lib, asosan chorvachilik, ovchilik va o‘zaro tovar ayirboshlash,
savdo-sotiq bilan shug'ullanib kelishgan. XII asr oxiri-X III asr
boshlarida mo‘g‘ul urug‘ boshliqlari orasida ichki kurashlar avj oldi. Bu
kurashlarda Temuchin ismli bahodir g'olib chiqib, 1204-1205-yillarda
ko‘chmanchi chorvador uruglarni siyosiy jihatdan birlashtirishga
muvaffaq bo‘ldi. 1206-yilda u Onon daryosining yuqori qismida
qurultoy chaqirdi. Bu qurultoyda Temuchinga Chingizxon unvoni
berildi, ya’ni kuchli, qattiq, shiddatli xon ma’nosini bildirgan.
Ana shu tariqa Temuchin ko‘p sonli jangari qabilalar saltanatining
kuchli hukmdoriga aylandi. Bu saltanat qudratining o‘zagini Chingizxon
yurgizgan qattiqo‘l va huquqiy jihatdan asoslangan,
markazlashgan
siyosat tashkil etdi. Diniy va ijtimoiy faoliyatning barcha sohalarini o‘z
ichiga olgan bu huquqiy siyosat 1206- yildagi qurultoyda qabul qilingan,
“Yasoq” qonunida asoslab berilgan edi. Ta’kidlash joizki, “Yasoq” ko‘p
yillik hayot tajribasi, qabila va urugTarning urfu-odati, an’anasi, o ‘zini
oqlagan udumlar asosida tuzilgan edi.
“Yasoq”ning
e’lon
qilinishi
Chingizxonning
mutloq
hukmdorligini,
o‘ta
qattiq
intizomli
va
kuchli
harbiylashgan
mamlakatning yuzaga kelganligini isbotlaydi. Mukammal ishlab
chiqilgan va harakatga keltirilgan bu ulkan tizim o‘zga davlatlar uchun
jiddiy xavf edi. Chingizxon qo‘shinlari turli qismga bo‘lingan bo‘lib, o‘n
jangchiga bir boshlik-o‘nboshi va shunga o‘xshab yuzboshi, mingboshi
va tumanboshilar qo‘yilgan. Davlat unvonlari va mansablar - ulug‘,
o‘rta va kichik hokimlar dorug'alar, oliy
va quyi hokimlardan iborat
boMgan. Chingizxon davlatining poytaxti Qoraqurum edi. Yozuv va
o'qishdan bexabar bo‘lgan xon bu boradagi davlat ishlarida uyg‘urlar va
savdogarlar xizmatidan keng foydalanar edi.
Chingizxon 1207-yilda o‘z mamlakatining shimoliy yerlarini,
1207-1208-yillarda Enasoy daryosi havzasini, 1211-1215-yillarda
5 7
Xitoyni egalladi. Ayniqsa, Sin sulolasining qulatilishi va uning
natijasida erishilgan behisob harbiy o‘lja va boylik, zamonaviy jang
asboblari va uskunalar Chingizxon qo'shinini yangi yurishlarga
ilhomlantirdi. Mo‘g‘ullar davlati qisqa muddat ichida 0 ‘rta
Osiyodagi
Xoraznishohlar davlatiga Chegaradosh mamlakatga aylandi.
Shunday siyosiy sharoitda Chingizxon va Xorazmshoh daviatlari
0
‘rtasida elchiiik mimosabatlari o ‘matildi. 1216-yil Chingizxon
huzuriga Xorazmshoh o‘z elchilarini yuboradi. 0 ‘zaro totuvlik va
do‘stlik qaror topib, ikki davlat hududlarida savdogarlaming erkin
qatnoviga xohish bildirildi. So‘ng, 1218-yili Xorazmshoh yangi
elchilarni yuboradi. Bunga javoban Chingizxon Mahmud Yalovoch
boshchiligida
Xorazmshoh
davlatiga
elchi
yuboradi.
Ammo
munosabatlar borgan sari keskinlashib bormoqda edi.
1218-yil Chingizxon Xorazmga navbatdagi 500 tuya hamda 450
savdogarlardan iborat savdo karvonini jo'natadi. Biroq 0 ‘tror
noibi
Inalchiqxonning farmoniga ko‘ra, karvon talanadi, savdogarlar qirib
tashlanadi. 0 ‘tror shahridagi elchi va savdogarlar fojiasi ikki o‘rtada
urush bo‘lishini muqarrar qilib qo'ydi. 0 ‘tror fojiasi xususida turii
ma’lumotlar mavjud. Tarixchi Nasaviyning yozishicha, karvon О ‘tror
shahriga
yetib
kelganida
shahar
hokimi,
Turkon
xotunning
amakivachchasi Inolchiqxon undagi qimmatbaho mollami ko‘rib,
ochko‘zligi avj oladi va niyati buzilib, Xorazmshohga “karvondagilar
o'zlarini josusdek tutayaptilar”, deb shoshilinch xabar yuboradi.
Xorazmshoh hokimga karvonni mamlakat ichkarisiga kiritmay, to‘xtatib
turish haqida buyruq yuboradi. Lekin Turkon Xotun himoyasiga
ishongan Inolchiq katta fojiaga qo‘i uradi, ya’ni uning buyrug‘i
bilan
karvon qo‘Iga olinadi, savdogarlar va boshqa kishilar qatl etilib,
karvondagi mollar musodara qilinadi. Tasodif tufayli tirik qoigan bir
tuyakash Chingizxon huzuriga yetib borib, fojia haqida unga xabar
berishga muvaffaq boiadi.
Arab tarixchisi Ibn al-Asming yozishicha, Inolchiqxon katta
karvonni O‘trorga yetib kelganligi haqida Xorazmshohga xabar beradi.
Xorazmshoh karvondagi barcha savdogar va xizmatchilami o‘ldirishni
va boyliklami saroyga yuborishni buyuradi.
Xorazmshoh albatta, 0 ‘tror fojiasi aybdorlarini Chingizxonga
topshirish talablarini bajara olmasligi aniq edi.
Chunki bir tomondan,
Inolchiq Turkon Xotunni amakivachchasi bo‘lsa, ikkinchi tomondan,
qipchoq sarkardalarf bilan qarindosh edi. Tabiiyki, ular bu ishga, ya’ni
Inolchiqni hibsga olib, Chingizxonga yuborilis'niga yo‘l qo‘ymasdilar.
5 8
Shu sabab Chingizxon bilan munosabatlar yanada keskinlashdi. Shuni
ta’kidlash joizki, Xorazmshohning o‘g‘li Jaloliddin Manguberdi otasiga
elchilarga nisbatan xushmuomalada bo‘lishni, 0 ‘tror fojiasining asosiy
aybdori Inolchiqni Chingizxon huzuriga jo ‘natishni maslahat beradi. U
Sirdaryo bo‘ylaridan to Suriyagacha cho‘zilgan
katta davlatdagi
musulmonlarning qoni to‘kilgandan ko‘ra, bitta odamning qoni
to‘kilishini afzal bilgan edi. Biroq, shoh Jaloliddinning dono maslahatini
inobatga olmaydi. Jaloliddin boMajak dahshatli urushni, qirg‘inni
avvaldan ko‘ra bilgan edi.
Chingizxon bu voqeadan nihoyatda darg‘azab boMsada, g ‘azabini
bosib, ibn Kufroj Bo‘g‘roni ikki ishonchli mulozim kuzatuvchilar bilan
birga Xorazmshoh huzuriga elchi qilib yuboradi. Chingizxon aybdomi
jazolash, Inalchiqxonni unga topshirishni talab qiladi. Xorazmshoh
Chingizxonning taiabiga javoban elchini o‘ldirishni va ikki mulozimni
soqol-mo‘ylovini qirib sharmandali qilib qaytarib yuborishni buyuradi.
Bu voqealar ikki davlat o‘rtasida harbiy to'qnashuv muqarrar ekanligini
ko‘rsatadi.
Xorazm mamlakatining harbiy qudrati,
geografik holati davlat
boshqaruvidagi qarama-qarshilik va zaifliklarini obdon o‘rgangan
Chingizxon ijtimoiy-siyosiy vaziyat urush uchun nihoyatda qulay
ekanini tushunadi hamda 1218-yil chaqirilgan navbatdagi qurultoyda
harbiy harakatlar taktikasini ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: