6.2. Q‘rta Osiyoga mo‘g‘ullar hujumi
1219- yilning kuzida Chingizxonning deyarli 200 minglik qo‘shini
to‘rt yo‘nalish bo‘yicha Xorazm yerlariga yopirilib keladi. 0 ‘giHari
Chig‘atoy va 0 ‘qtoy 0 ‘tror (Sirdaryo bo‘yida)ga, yana bir o‘g ii Jo‘ji
Urganchga, Chingizxonning o‘zi Buxoroga hujum boshlaydi.
Harbiy kengashda yagona to‘g‘ri taklifni (ko‘pchilik nomidan)
Shahobiddin al-Xivaqiy kiritdi. U 400 ming kishilik Xorazm qo‘shinini
Sirdaryoning narigi tomoniga to‘plash, uzoq yo‘ldan charchab kelgan
mo‘g ‘ul qo‘shiniga dam olgani qo‘ymay, hujum qilib tor-mor etishni
taklif qildi. Kengash ishtirokchisi shahzoda Jaloliddin Manguberdi
mo‘g‘ul qo‘shinini Movarounnahrga kirib kelishiga yo‘l qo'yish,
keyinchalik mahalliy sharoitni bilganlikdan foydalanib, unga to‘rt
tomondan hujum qilib, tor-mor etish taklifini o‘rtaga tashladi. Ba’zilar
esa, ko‘p sonli Xorazm qo‘shinini qal’alarga bo‘lib tashlash va har bir
qal’aning mudofaasini tashkil etishni o‘sha qal’a himoyachilariga
topshirish taklifini kiritdi. Bu taklif Xorazm davlati uchun kuchli
dushman bilan yakkama-yakka kurashishda halokatli taklif edi.
5 9
Ma’lum sabablarga ko‘ra, Xorazmshohga ushbu taklif ma’qul
keldi. Tarixchi Nasaviyning yozishicha, Xorazmshoh o‘zining ko‘p
sonli
qudratli
qo‘shinini
qal’alarga
bo‘lib
yuborib,
tuzatib
bo‘lmaydigan katta xatoga yo‘l qo‘yadi. Hatto, yevropalik tarixchi
oiimiar ham o‘z asarlarida Xorazmshoh Muhammadni Chingizxonga
qarshi kurashda noto‘g ‘ri taktika qo‘llab, o ‘z mamalakatini halokatga
olib borganlikda ayblaydilar. Sulton Muhammadning qabu! qilgan
qat’iy qarori bilan amalga oshirilgan himoya natijasida mo‘g ‘ullar
boMinib ketgan harbiy qismlarni osongina birin-ketin tor-mor qilib,
qisqa fursatda Movarounnahrni egallashlariga qulay imkoniyat
tug‘ilgan edi.
Mo‘g‘ul istilochilari yo‘lidagi dastlabki yirik shahar O‘tror edi.
Lekin, shahar mudofaachilari mo‘g‘ullarning quturib qilgan hujumlariga
qaramay, ulami qattiq turib qaytarmoqda edilar. Manbalarga ko‘ra,
O‘tror qamali besh oydan ortiqroq davom etgan va uning himoyasida 80
mingdan ziyod askar ishtirok etgan. Qamal paytida mo‘g‘ullarga ham
katta talafot yetkazilgan. Inolchiq sarkardalaridan Qoracha Hojib
qarshilik ko‘rsatish befoyda deb, mo‘g ‘ullarga taslim bo'iishni taklif
qiladi. Inolchiqdan rad javobini olgach, u o‘z qo‘shini bilan shahardan
chiqib mo‘g ‘ullarga taslim bo‘ladi.
Nihoyat, boshqa himoyachilar ham dushmanga taslim bo‘ladi va
mo‘g ‘ul!ar shaharga bostirib kirib, juda qattiq vahshiyliklar qiladi.
Himoyachilar qirib tashlanadi. Hokim Inolchiq esa, tezda qo‘lga olinib,
uning ko‘zi va qulog'iga qo‘rg‘oshinni eritib quvadilar. Mo‘g‘ullar
sotqin Qoracha Hojibni o‘z hukmdoriga sodiq boMmagan - bizga ham
sodiq boimaydi, deb qatl etdilar. Shunday qilib, 0 ‘tror shahrining
mudofaasi Xorazmshohning loqaydligi tufayli fojia bilan tugaydi. Bu
vaqtda Jo‘chi boshliq mo‘g‘ul qo‘shini Sirdaryoning quyi qismida
joylashgan Sig‘noq shahrini yetti kunlik qamaldan so‘ng ishg‘ol qildi.
Dushman shahar himoyachilaridan qattiq o‘ch oldi.
Ammo oddiy xalq va o‘z yerining ozodligi uchun kurashgan
hokimlar mo‘g ‘ullar istilosiga qarshi jiddiy kurashga bel bog‘laydi.
0 ‘tror shahri Inalchiqxon boshchiligida 5 oy davomida qamal holatida
bosqinchilar hujumlarini daf etadilar. Nihoyatda katta talofat ko‘rgan
mo‘g ‘ullar
kuch
safarbar
etib
shaharni
egallagach,
uning
himoyachilaridan shafqatsiz o‘ch oladilar va ular bo'ysunmas shaharni
yer yuzidan yo‘q qilib tashlash uchun ko‘p harakat qilganlar.
Xo‘jand shahriga endigina hokim etib tayinlangan jasur sarkarda
Temur Malik taqdiriga esa dushmanning katta kuchiga qarshi
6 0
kurashish yozilgan edi. Jon-jahdi bilan Xo‘jandni himoya qilgan
Temur Malik kuchlar nisbatidagi katta farqni yaxshi tushunib, 72 ta
qayiq tayyorlatdi. Qayiqlari hamda odamlari bilan ko‘p qurbonlar
berib, daryo oqimi bo‘ylab suzib, mashaqqatlar bilan bilan Urganchga
yetib keldi. Xo'jand ham dushman tomonidan egallandi. Temur Malik
Xorazmda urushga qurbi yetadigan kattagina qo‘shin to‘plab,
mo‘g‘uliarga qarshi kurash olib boradi. Hatto Sirdaryoning quyi
oqimlaridagi Yangikent shahrini mo‘g‘ullardan tortib olishga ham
erishadi. U keyinchalik Jaloliddin Manguberdi bilan birlashdi.
1220-yil fevralida Chingizxon katta kuch bilan qadim Buxoroni
qamal qildi. Noteng dushmanga qarshi Go‘rxon boshchiligidagi 400
jangchi 12 kun davomida Buxoroning Ark qal’asida taslim bo‘lmay,
umrining oxirigacha kurashadilar. Alamga mingan mo‘g‘ullar bunga
javoban buxoroliklaming 30 mingini qirib tashlaydilar. 1220-yil
martida Samarqandga qarshi harakat boshlanadi. Janglar natijasida
shaharliklarning 75 foizi halok bo‘lgan yoki asirlikka olingan.
Samarqand jangidan so‘ng Alovuddin Muhammad tahlikaga
tushib, o‘z mamlakatidan qocha boshlaydi. Avval Iroqqa, so‘ng Kaspiy
bo'ylariga ketadi. 1221-yilning fevralida u ayanchli tarzda vafot etadi.
Manbalarga ko‘ra, Xorazmshoh o‘limi oldidan saltanatni faqat
Jaloliddingina saqlab qolishi mumkinligiga ko‘zi yetgach, uning beliga
qilich taqadi. Jaloliddinni taxt vorisi va valiahd deb e’lon qilingani
hamda qolgan farzandlarining uning izmidan chiqmasligi haqidagi
barcha vasiyatlarini yozma ravishda Jaloliddinga beradi.
1220-yil kuzida mo‘g‘ullar qattiq hujumlar bilan Termiz shahrini
egallab, uni talon-taroj qildi. Endi Chingizxon xorazmshohlarning
markazi, tayanchi bo‘lgan Urganch shahrini egallashga bel bog‘ladi.
Chingizxon bu shahar istilosiga eng sara 50 ming kishilik askar
kuchlarni tashlaydi. Shahar aholisi mudofaaga yaxshi tayyorgarlik
ko‘rib, mo‘g‘ullarga qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. Urganchga mo‘g‘ullar
bostirib kelayotganini eshitgan Xorazmshohning o‘g‘iilari Uzloqshoh va
Oqshohlar shaharni tashlab qochgan edilar. Lekin, ular uzoqqa bora
olmadi va Niso (hozirgi Ashxobod) shahri yaqinida mo‘g‘ullar bilan
bo‘lgan jangda halok bo‘!dilar. Shaharni himoya qilish esa, qo‘rqoq va
amalparast, o‘zini sulton deb e’lon qilgan Xumortegin degan kimsaga
tekkan edi.
Uzoq davom etgan ko‘cha janglarida minglab dushman askarlari
oMdiriladi. Mo‘g ‘u!lar shu paytgacha Movarounnahrning hech bir
shahrida bunchalik qurbon bermagan edilar. Bu qonli kurash,
61
manbalarda qayd etilishicha, besh oy davom etgan. Mo‘g ‘ullar
shafqatsiz jang olib boradilar. Shahar himoyasida sabot turgan 76
yoshli shayx Naj middin Kubro (asl ismi Ahmad ibn Umar
Xivakiy)ning “Yo Vatan, yo sharafli o‘lim” deb qiigan xitobi ila har
qaysi uy uchun jang olib boriladi. Urganch kurashi yetti oy davom
etadi. Xaligacha mo‘g‘ullar hech yerda bunchalik ko‘p taiofat
ko‘rmagan edi. Shubhasiz, harbiy kuchda va intizomda ustun bo‘lgan
mo‘g ‘ullarga qarshi kurashgan urganchliklarning g‘alaba qozonishi
mushkul edi. llojsizlikdan holi tang bo‘lib, taslim bo‘lgan Urganch
bosqinchilar tomonidan talon-taroj etiladi. Juvayniyning yozishicha,
100 ming nafar hunarmand asirga olinib, qolganiari qirib tashianadi.
Shaharning bosh to 'g ’o.ni buzib yuboriladi va Urganchni suv bosib,
vayron boladi.
Mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng mamlakat hududini tasvirlash
nihoyatda og‘ir, Bu hududlarda gullab-yashnayotgan shahar va
qishloqlar bamisoli kultepaga aylandi, hayot butunlay izdan chiqdi. Bir
paytlar aholisi gavjum bo'lgan guzarlar, bozorlar va savdo yodlari
bo‘m-bo‘sh bo‘lib qoldi. Mo‘g ‘ullar bosqini o‘lka xalqlarining moddiy
va ma’naviy taraaqiyotini bir necha yuz yillar orqaga surib yubordi.
Yozma manbalar, nodir va bebaho kitoblar yondirildi, oyoq osti qilindi.
Ular xalqning turli sohadagi arboblari, olim-u donolarini, ulug‘
kishilarining ko‘pchiligini qirib tashladilar. Umuman, taraqqiyotga shu
qadar katta zarba berildiki, uni XIV asrning deyarli yarmiga qadar ham
tiklash juda mashaqqatli kechdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |