Mahmud Yalovoch qo‘zg‘olonni shafqatsizlik
bilan bostiradi va
qo‘zg‘olonchilar qattiq jazolanadi. Mahmud Tarobiy qo‘zg‘o!onining
ahamiyati katta edi. Mahmud Yalovoch amalidan chetlatiladi va Pekinga
hukmdor qilib tayinlanadi. Chig‘atoy ulusiga Yalovochning o‘g‘li
Ma’sudbek noib hamda ijarador qilib tayinlanadi.
XIII asrning o‘rtalarida mo‘g‘ullar davlatining umumsiyosiy
ahvoli og‘irlashdi. Chingiziylar o ‘rtasida ziddiyatlar kuchayadi. 1251-
yil Qoraqurumda chaqirilgan qurultoyda ziddiyatlarga chek qo‘yish
maqsadida Tuluxonning bosh farzandi Munka ulug‘ xoqon etib
saylanadi. Munka davrida Chig‘atoy ulusi tugatiladi. Ammo tez orada
Chig'atoy nabirasi Olguxon Oltin o‘rdaga
qarshi keskin choralar
ko‘rib, 1260-yillarda Chig'atoy ulusini qaytadan tiklashga muvaffaq
bo‘ladi.
XIII asrning 70-80-yillarida Movarounnahrda sekinlik bilan
bo‘lsada, shahar hayoti, hunarmandchilik va savdo munosabatlari
jonlana boshladi. Ma’sudbek pul islohoti o‘tkazib, o‘lkaning 16
shahar
va viloyatlarida bir xil vazn va o‘lchovda yuqori qiymatga ega bo‘lgan
kumush tangalar zarb ettirib, muomalaga kiritdi. Chig‘atoy avlodlari
o‘troq madaniy hayotga intilib, asta-sekin mahalliy aholi bilan qo‘shilib
ketadilar. Ular hokimiyatlarini mustahkamlash maqsadida islom dinidan
foydalanadilar Chig‘atoyning nabirasi Alouddin Tarmashirin mo‘g ‘ul
hukmdorlaridan birinchi bo‘lib islomni qabul qilgan.
Chig‘atoy xonlaridan biri Kebek (1318-1326)
qadimgi Nasaf
shahri yonida o‘ziga saroy qurdirgan. Saroy mo‘g‘ul tilida “Qarshi” deb
yuritilgan. Keyinchalik bu saroy atrofida yangi shahar qad ko‘taradi va u
ham "Qarshi" deb atala boshlanadi.
Kebek davlatni idora etish tizimini va uning iqtisodiy hayotini
tartibga solish maqsadida ma’muriy va pul sohasida islohot o‘tkazadi.
Bu islohotlar qadimiy an’analarga barham bera olmagan bo‘lsada, u
Movarounnahrda feodal davlatni mustahkamlashda ijobiy rol o‘ynadi.
Kebek davrida ichki va tashqi savdoni yaxshilash maqsadida
mamlakatda yagona pul birligi joriy qilindi.
Chig'atoy ulusi hukmdorlari davrida yerga egalik qilishning to‘rt
turi mavjud edi:
1. Mulki devon, ya’ni davlatga qarashli yerlar;
2. Mulki inju-xon noiblari va ulaming avlod-ajdodlariga qarashli
yerlar;
3. Mulki vaqf-masjid, madrasa, xonaqoh,
mozor va maqbaralarga
tegishli yerlar;
4. Xususiy mulk yerlar.
1269-yilda Chig'atoy ulusi ikki qismga bolinib ketadi. Uning
Sharqiy qismida - Sharqiy Turkiston, Yettisuvda mo‘g‘ullarning Dug‘lat
amirligi, g ‘arbiy qismida esa Movarounnahr amirligi tashkil topadi.
Mo‘g ‘ullar bosqini o‘lkamiz moddiy va madaniyati taraqqiyotini bir
necha yuz yillar orqaga yubordi.
Do'stlaringiz bilan baham: