Bob bo`yicha xulosa
Vilyam Shekspir nafaqat ingliz xalqi, balki butun jahon xalqlari qalbidan
chuqur o`rin egallay olgan o`lmas asarlar yaratgan daho so`z san`atkoridir. Vilyam
shekspir asarlari ko`plab dunyo tillariga, jumladan, o`zbek tiliga ko`p bora
o`girilgan. “Hamlet” tragediyasining o`zi Cho`lpon, M. Shayxzoda, J. Kamol
tomonidan tarjima qilingan. Ayniqsa, Jamol Kamol tarjimasi asliyatdan bevosita
tarjima qilingani bilan ajralib turadi. Bevosita tarjima asliyatga yaqinligi, asar
jozibadirligini, asar tili ta`sirchanligini kitobxonga to`liq etkazib bera olishi bilan
o`ziga xosdir. “Hamlet” tragediyasi ham mazmunan teranligi, ham tilining o`tkirligi,
qahramonlar ruhiyatining teran aks ettirilgani, vijdon, insof, iymon, oq
ko`ngillilikning ulug`lanishi va xiyonatkorlik, vijdonsizlik, adolatsizlikning ayovsiz
qoralanishi bilan jahon adabiyoti durdonalaridan biriga aylangan va kitobxonlar
qalbidan chuqur o`rin egallagan asardir.
22
Do'stlaringiz bilan baham: |