Dissertatsiyaning manbalari. Tadqiqotning asosiy manbai “Hamlet”
tragediyasining Jamol Kamol tarjimasi hisoblanadi.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Hozirgi kunda yoshlarda jahon
adabiyotiga bo`lgan qiziqishni shakllantirish va rivojlantirish alohida ahamiyatga
ega. Shuningdek, mazkur tadqiqotimiz o`zbek tarjimashunosligi yutuqlari, tarjima
asarlarning til xususiyatlari va ular tarjimasida asliyat bilan uyg`unlik masalasini
yoritishda katta ahamiyatga ega. Ish materiallaridan oliy o`quv yurtlarining
filologiya fakultetlarida tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid fanlarda manba
sifatida foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |