Annotatsiya haqida tushuncha
Tuzuvchilar: O.Lochinbek, S.Miyassar, R.Iroda
Reja:
1. Annotatsiya matni, tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.
2. Annotatsiya so'zining manosi.
3. Annotatsiyaga nqmuna.
Annotatsiya - badiiy, ilmiy, metodik asarlarning muallifi, mavzusi, manbasi, unda kotarilgan asosiy masalani ko'rsatishga qaratilgan qisqa habardir. Annotatsiya o'zining kamso'zligi , hajm jihatdan nihoyatda kichikligi bilan bayonning boshqa tirlardan ajralib turadi. Batafsil yozilgan annotqtsiya quyidagi savollarga javob bera olishi lozim.
Ishda nima haqda so'z boradi ?
Muallif qanday savollarni o'rtaga qo'yadi ?
Bu savollar qanday yoritib berilgan ?
Yozilgan ish kimlarga moljallangan ?
Annotatsiya (o'zbek, rus, ingiliz tillarda) - annotatsiya hajmi 200-250 ta so'zdan iborat bo'lishi va maqolaning tuzilishini qisqacha ifodalovchi, axborot shaklida berilishi kerak. Annotatsiya boshqa tilga tarjima qilinganda ma'no va mazmun jihqtdan asl matnga mos kelishi kerak. Bunda annotatsiyaning hajmi belgilangan so'zlar sonidan oshib ketishi mumkin.
Kirish. Kirish qismida tadqiqotlarning dolzarbligi va ob'ekti tavsiflanadi. Dunyo olimlari tomonidan chop etilgan ilmiy maqolalarning tahlili keltiriladi. Chop etilgan adabiyot manbalarda qo'yilgan ilmiy izlanishlarning yechimi yo'qligi tasdiqlangan holda muallifning ilmiy ishlari qaysi olimlarning ishigi asoslanganligini ko'rsatiladi.
Mazkur qo'llanma rus tilida so'zlashuvchi guruxlar uchun tuzilgan bo'lib, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tvsiya qilgan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Qo'llanma o'quv yili davomida rejaga binoan olib boriladigan mavzulqrni o'z ichiga qamrab oladi
Annotatsiya - qandaydir nashr haqidagi qisqa axborot , hujjat, uning bir qismi yoki hujjatlqr guruhning maqsadi, mazmuni, shakli va boshqa o'ziga xos xususiyqtlari nuqtai nazaridan tavsifnomasi.
Annotasiyani tuzishga qo'yiladigan asosiy talablar.
1. Kompozisiyasi mazmunan mqntiqiy bo'ladi va dastlabki matn kompozisiyasidan farqlanishi mumkin.
2. Ma'lumotlarning tanlanishi, ularning ifodalqnishi va joylashuvi annotatsiya tusiga bog'liq boladi.
3. Tili lo'ndaligi, soddaligi, aniqligi, bilan ajralib turadi.
4. Dissertasiya, maqolaga annotatsiya bibliografik varaqda rasmiylashtiriladi , xatboshilarsiz beriladi.
5. O'rtacha hajmi - 500 bosma belgi, kam hollarda - 800 - 1000 bo'ladi.
Annotatsiya tuzishdagi asosiy hatolar :
1. Axborotning kõpligi ;
2. Fikrlarni ifodalashda gaplarning uzunligi ;
3. Davrlani ishlatilishi ;
Do'stlaringiz bilan baham: |