O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


- bob. “Hamlet” tragediyasi o`zbekcha tarjimalarining leksik-semantik



Download 392,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/45
Sana29.12.2021
Hajmi392,24 Kb.
#79899
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45
Bog'liq
hamlet tragediyasi ozbekcha tarjimalarining lisoniy tahlili

2- bob. “Hamlet” tragediyasi o`zbekcha tarjimalarining leksik-semantik 

xususiyatlari 

                             2.1. Shekspir asarlari o`zbek tilida 

 

Har bir davrning o`z talablari, har bir ijodkorning o`z uslubi bor. Vaqt o`tishi 



bilan tarjima tili tabiiy eskiradi. Ayni paytda unga o`quvchilarning munosabati 

sabab yangi tarjimaga ehtiyoj tug`ilaveradi. Chunki muayyan bir davrda aniq 

tarjimaga talab kuchli bo`lsa, muayyan vaqt o`tishi bilan davr o`quvchilari erkin 

tarjimani talab qila boshlaydilar. Shu bois ham tarjimaga ijtimoiy hodisa va estetik 

kategoriya sifatida qaraladi. O`zbekistonga Shekspir asarlari XX asrning 

              

30-yillarida kirib keldi. 30-yillarning  birinchi yarmidan e`tiboran o`zbek 

kitobxonlari inglizzabon mualliflar asarlari bilan yaqindan tanisha boshladilar. Bu 

davrda tarjimonlar e`tiborini buyuk ingliz dramaturgi V.Shekspir ijodi ko`proq 

o`ziga tortdi. Dramaturgning nazmda bitilgan «Veronalik ikki yigit» komediyasini 

1930-yilda Javod Obidov va «Hamlet» tragediyasini 1934-yilda shoir Cho`lpon 

(P.A.Kanshinning 1893-yildagi nasriy tarjimasidan) nasriy yo`l bilan o`zbek tiliga 

tarjima qilishdi. 

«Hamlet» tragediyasi tarjimasi ko`pgina jiddiy xato va kamchiliklarga ega 

bo`lishiga qaramasdan, o`zbek kitobxonlarining eng sevimli asarlaridan biriga 

aylandi va Hamza teatri repertuaridan mustahkam o`rin egalladi. 

1964-yildan e`tiboran Shekspir sonetlari M. Shayxzoda, Yusuf Shomansur, 

Shunqor,  Zohidjon Obidovlar  tomonlaridan o`zbekchaga o`girila boshladi. 

Keyinchalik Shekspir qalamiga mansub 154 sonetning hammasi shoir Yusuf 

Shomansur tomonidan o`girilib, 1978-yilda alohida kitob tarzida bosib chiqarildi. 

1980-90 yillarda Shekspirning «Makbet» fojiasi (Sa`dulla Ahmad tarjimasi)ning  

asliyatdan o`girilgan parchalari bosildi. 

Inglizzabon mualliflar ijodidan amalga oshirilgan tarjimalar soni yil sayin osha 

bordi. V. Shekspirning «Hamlet» tragediyasi o`zbekchaga 1938-yilda Vohid 

Zohidov tomonidan ikkinchi bor o`girildi. 1946-yilda V.Shekspirning «Romeo va 



23 

 

Julyetta» tragediyasini o`zbek tiliga ag`dargan M. Shayxzoda 1948-yilda «Hamlet» 



tarjimasiga uchinchi bo`lib qo`l urdi. Asliyatga monand qilib B. Pasternakning 

ruscha tarjimasidan she`riy tarzda amalga oshirilgan bu tarjima Cho`lpon va V. 

Zohidov tar-jimalaridan har jihatdan mukammal edi. 1960-yilda M. Shayxzoda 

Shekspirning o`zbek tiliga o`girilgan dramatik asarlari to`plami nashr etilishi 

munosabati bilan o`z tarjimasini qayta ko`rib chiqib, unga jiddiy tuzatishlar kiritdi. 

Pirovardida o`zek kitobxoni va tomoshabini «Hamlet»ning ancha mukammal, 

shaklan va mazmunan asliyatga monand tarjimasiga ega bo`ldi.  «Yuliy Sezar» 

(1958), «Veronalik ikki yigit» (1973) Uyg`un tarjimasida (qayta o`girma), «Qiyiq 

qizning quyilishi» (1965) Turob To`la, «O`n ikkinchi kecha va turfa hangomalar» 

(1966) G`. G`ulom tarjimalarida o`zbek kitobxonlariga hadya etildi. 

O`zbekchaga o`girilgan mazkur asarlarning ko`pchiligi mamlakatimiz teatrlarida 

muvaffaqiyatli sahnalashtirildi. 1950-60 yillarga kelib o`zbek tiliga o`girilgan 

asarlar tarjimalari sifat jihatidan ancha ustunligi bilan ajralib turadi: san`atkorlarning 

tajriba, mahorat va malakalari osha borib, tarjimalar qator xato va kamchiliklardan 

xalos bo`lib, sayqallasha boshlaydi. Tarjima tanqidchiligi bo`yicha jurnal va 

gazetalar sahifalarida chop etilgan qator ilmiy tahlil va umumlashmalar ta`sirida 

ko`pchilik tarjimonlar o`z ma`suliyatlariga endi ilmiy-tanqidiy yondashadigan bo`lib 

qoladilar. 

Shundan keyingi yillarda o`zbek kitobxonlari V. Shekspirning «Richard III» 

hamda «Antoniy va Kleopatra» asarlarini Asqad Muxtor va Komil Yashin 

tarjimalarida o`qishga muyassar bo`ldilar. 

V. Shekspir ijodi bilan o`zbek kitobxon ommasini yanada kengroq tanishtirish 

borasida respublikamizning taniqli shoiri Jamol Kamol katta jonbozlik ko`rsatdi. U 

80-yillarning birinchi yarmida V. Shekspirning atoqli shoir va tarjimonlarimiz 

tomonidan o`girilgan barcha dramatik asarlarini yaxshigina tahrir qilib nashrga 

tayyorladi va o`zi ham muallifning «Qish ertagi», «Qirol Genrix IV», «Makbet», 

«Koriolan», «Venestiya savdo-gari» kabi beshta asarini tarjima qilib, mazkur 



24 

 

nashrga kiritdi. Shunday qilib, 1981-85 yillar mobaynida V. Shekspirning o`n beshta 



dramatik asaridan iborat besh jildlik tanlangan asarlari G`afur G`ulom nomidagi 

Adabiyot va san`at nashriyotida chop etildi. Darvoqe, V. Shekspir asarlarining 

o`zbek tilidagi birinchi to`plami, eslatib o`tilganidek, 1960-yilda bosib chiqarilgan 

bo`lib, unga muallifning beshta mashhur dramatik asari kiritilgan edi. 

Shunday qilib, Shekspir dunyoning asarlari o`zbek tiliga eng ko`p tarjima 

qilingan daholaridan hisoblanadi. Uning ayrim asarlari tilimizga ikki-uch martadan 

o`girilgan. 

O`tgan davr mobaynida jahon adabiyoti durdonalari bilan kitobxonlarni kengroq 

miqyosda tanishtirish mas`uliyati yurtimizning ko`pgina yozuvchilarini tarjima 

amaliyoti bilan jiddiyroq shug`ullanishga da`vat etdi. Amalga oshirilgan tarjimalar 

miqdori yil sayin ortib borishi bilan bir qatorda ularning sifati ham yaxshilana bordi. 

Bu davrda ilgari amalga oshirilgan tarjimalarning ma`lum qismi hayot talabidan 

kelib chiqib qayta nazardan o`tkazildi: qisqartirilgan o`rinlari to`ldirildi, xato va 

kamchiliklari tuzatildi. Ayrim asarlar qayta tarjima qilindi. Yurtimizda tarjima 

amaliyoti nafaqat miqdor, balki sifat o`zgarishi tomon ham odimlay boshladi 

        


O`zbek  sahna  ustalari  Shekspir  qahramonlari  obrazlarini  mahorat  bilan 

talqin qilayotgan ekanlar, buning sababi, birinchi navbatda, pesalardagi obrazlarning 

o`zbek aktyorlari ko`z oldida haqqoniy gavdalanishidadir. 

      


Abror  Hidoyatov  Otello,  Olim  Xo`jaev  Hamlet,  Sora  Eshonto`raeva 

Dezdemona va Ofeliya, Nabi Rahimov Yago, Shukur Burhonov Brut obrazlarini 

zo`r mahorat bilan yaratgan ekanlar, bu mazkur aktyorlarning pesalarning vositachi 

til orqali o`girilgan tarjimalari asosida ilhomlanganliklari oqibatidir. Bu erda teatr 

tanqidchisi Javod Obidovning «Abror - Otello» maqolasida aytilgan quyidagi 

so`zlarni keltirish o`rinlidir: «Ingliz parlament delegastiyasi buyuk ingliz dramaturgi 

Vilyam Shekspirning Abror Hidoyatov talqinidagi Otelloni ko`rgach, uning yuksak 

darajasini qayd qilish bilan baravar, Abror Hidoyatovni Shekspirning vatani London 

sahnasida ko`rishni orzu qilganini aytdi». 



25 

 

Shekspir o`z davrining asosiy ziddiyatlarini yuksak badiiy formada aks ettira 



oldi: u g`oyat tipik va ayni vaqtda individual obrazlar yaratishga musharraf bo`ldi.  

Bu davrda biz hali Shekspirni asliyatda o`qishdan ancha yiroq edik. Sobiq ittifoq 

davrida aksariyat G`arb adabiyoti namunalari rus tili vositasida tarjima qilinardi. 

Hamma muloqotlar Moskvaning yo`rig`i bilan amalga oshirilar edi. Shu bois 

Shekspir bizga dastlab nasriy tarjima yo`sinida amalga oshirildi. “Hamlet” 

tragediyasining o`ttizinchi  yillardagi o`zbekcha  nasriy tarjimasi Cho`lpon 

tomonidan bajarildi. Bu tarjima sahnada namoyish qilishga mo`ljallangan bo`lib, 

anchagina mahalliy muhitga moslashtirish kuchli bo`lgan. Professor G`aybulla 

Salomov o`zining “Adabiy an`ana va badiiy tarjima” nomli monografiyasida 

“Hamlet”ning o`zbeklar madaniy hayotiga kirib kelishini shartli ravishda uch davrga 

bo`ladi: 

1.  Tragediyani o`zbek tiliga tarjima qilish va sahnalashlashtirishga tayyorgarlik 

ko`rish davri. 

2.  Asarning tarjima qilinishi va sahnalashtirilishi. 

3.  Asarni o`zlashtirish davri. 

Bunda so`ngi davrni tadqiq qilishda quyidagilarga ahamiyat qaratiladi:  

a) sahnalashtirish san`ati;  

b) aktyorlar mahorati; 

v) tamoshabin muammosi; 

g) tarjima tanqidchiligi. 

  G`.Salomov tarjima tahlili masalasida tarjimaga kompleks yondashadi. Bu 

jihatdan u o`sha davrdagi tarjimani faqat lingvistik hodisa deb qaraydigan ayrim 

tilshunos olimlar bilan munozaraga kirishgan edi va mazkur fanni mustaqil tadqiqot 

obyekti bo`lgan umumfilologik fan ekanligini isbotlashga harakat qilgan. 30-yillarda 

“Hamlet” tarjima qilinib, sahnalashtirilganidan so`ng respublika adabiy tanqidchiligi 

bu voqeaga jiddiy e`tibor qaratdi. Shu munosabat bilan matbuotda ko`zga ko`ringan 

teatrshunos, adabiyotshunos, tanqidchi, tarjimon va tamoshabinlarning bir qator 

maqolalari bosilib chiqdi. Bu holatni o`zga davrdagi o`zbek o`quvchilarining G`arb 




26 

 

adabiyoti, jahon adabiyotining buyuk asariga o`ziga xos munosabat siaftida ham 



tushunilishi mumkin. G`arbiy Yevropa adabiyoti namunalari bilan yuzma-yuz 

uchrashuvda ro`y bergan adabiy-psixologik holat, bir xalq adabiy hayoti va 

ruhiyatini aks ettiruvchi adabiy asar o`zga milliy zaminga ko`chganida ro`y 

beradigan o`zgarishlarni kuzatish mumkin bo`ladi. Agar ruslar Shekspir ijodi bilan 

tanishganlariga 200 yildan ko`proq bo`lgan bo`lsa, biz o`zbeklarga hali 100 yil ham 

bo`lgani yo`q. Shu bois ham bizda dastlab masala ularnikidan boshqacharoq 

qo`yilgan: 

1. Shekspirni o`zbek tiliga tarjima qilib bo`ladimi yoki yo`qmi? 

2. Buyuk Shekspir o`zbeklarga tushunarli bo`ladimi yoki yo`qmi? 

3. Shekspirni o`zbek sahnasiga qo`ysa bo`ladimi yoki yo`qmi? 

    Ko`rinib turibdiki, o`zbeklar Shekspirga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda 

bo`lganlar. Chunki tarjima bilan original asar o`rtasida: 

-  O`zbekiston – G`arbiy Yevropa (Asarda aks ettirilgan Angliya, Daniya ...); 

-  O`zbek tili, vositachi til rus tili; 

-  Nasroniy din muhitida yaratilgan sahna asari va sobiq ittifoq tarkibidagi 

o`zbeklarning musulmon mentalitetiga asoslangan millat mentaliteti; 

-  Shekspir davri va mustaqillik davri o`zbek adabiyoti. 

         

1989-yilda  G`aybulla  Salomov  ilmiy   rahbarligida  Karomatxon 

Karomatova tomonidan “Leytmotivы tragedii U.SHekspira «Makbet» u uzbekskix 

perevodax” nomli dissertatsiya himoya qilindi

10

. Tadqiqotning dastlabki bobida 



Shekspir asarlari tili, uning o`zbek tiliga tarjima qilinishi tarixi borasida ham fikr 

yuritiladi. Dissertant Shekspir asarlari lug`at xazinasiga to`xtalar ekan, uning boyligi 

15 mingdan ortishini ta`kidlaydi. Tadqiqotchi o`zbek tarjimonlari J.Kamol va S. 

Ahmadlar tomonidan “Makbet”ni tarjima qilish tamoyillarini tahlil qiladi.  

  Bir so`z bilan aytganda, Shekspir asarlarini o`zbek o`quvchilariga 

yetkazishda tarjimonlar mashaqqatli mehnat qildilar. Ularning zahmatli ishlaringa 

xolis baho berish tarjimashunoslik fanining dolzarb vazifalari sirasiga kiradi.  

                                                             

10

 Кароматова К. 



“Лейтмотивы трагедии У.Шекспира «Макбет» у узбекских переводах”.АКД. 

– Ташкент, 1985. 20.с. 




27 

 

  Nihoyat, o`zbek kitobxonlariga Shekspir bevosita asliyatdan ham o`girilib, 



taqdim etildi. Buni taniqli o`zbek tarjimoni, O`zbekston xalq shoiri Jamol Kamol 

amalga oshirdi. U buyuk ingliz dramaturgining “Hamlet”, “Otello”, “Makbet”, 

“Antoniy va Kleopatra”, “Afinalik timon” asarlarini ingliz tilidan tarjima qilib nashr 

ettirdi


11

. Kitobga O`zbekston Fan Arbobi, professor G`.Salomov va professor 

B.Nazarovlar kirish so`zi yozishgan. Tarjima nashriga ingliz tilinining bilimdonlari 

bo`lgan taniqli tilshunos, tarjimashunos va adabiyotshunoslardan professor 

A.Abduazizov, 

D.Nuritdinova, 

dotsent 

K.Karomatova, 

tarjimonlar 

Q.Mirmuhammedov,  N.Komilovlar  rasmiy  taqrizlar  yozishgan.  So`zboshi 

muallfilari  tarjimon Jamol Kamolning asarni asliyatdan o`girishga qanday qilib 

kirib kelganligi va bevosita tarjimaning mashaqqatli odimlari borasida jumladan 

shunday deydilar: “ Biroq, tarjimon oldida o`tib bo`lmas, ulkan bir g`ov bor edi. 

Axir u Shekspirning lisoni – ingliz tilini bilmaydi-ku! Nima bo`pti, Hozirgacha qilib 

kelinganidek, Shekspirni ruscha tarjimalaridan o`giraveradi. Avvaliga u ham 

shunday qildi, rus tilidan o`girdi. Lekin ish bir joyga etkanda shu narsa ma`lum 

bo`ldiki, Shekspirday buyuk zotni tarjima qilish uchun ingliz tilini bilish mutlaqo 

shart ekan. Tiyran va zahmatkash shoir Jamol Kamol Shekspir bilan asrlar osha 

adabiy muloqotda bo`lish uchun til o`rganishga kirishib ketdi. Ingliz tili bo`yicha 

muayyan bilim va malakaga ega bo`lgach, “Hamlet”, “Makbet”, “Antoniy va 

Kleopatra” asarlari tarjimalarini inglizcha asliga qiyoslab, ularni satrma-satr 

qiyoslab chiqdi. “Otello”, “Afinalik Timon” fojealarini bevosita inglizchasidan 

o`girdi”

12



  So`zboshida ustozlarning kuzatishlaricha, tarjimaviy-lisoniy tahsilning 

o`ziga xos mashaqqatlari bilan birgalikda, o`ziga xos gashti ham borligi 

ta`kidlanadi. Jamol Kamolning inglizcha asliyatni o`qiy olishi va natijada tamomila 

yangi bir ruhiy olam uning ko`z oldida jilva ko`rsatganligi aytiladi. Ma`lumki, 

Shekspirning ustozi bo`lgan Kristofer Marlo ingliz tilida dramatik asarlar yaratishda 

                                                             

11

 Вильям Шекспир. Отелло. Жаҳон адабиёти дурдоналари туркумидан. Инглиз тилидан Жамол Камол 



таржимаси. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1991 йил. 780 б.  

12

 Саломов Ғ., Назаров Б.  Шекспир даҳоси билан юзма-юз. Сўзбоши. / В.Шекспир. Отелло. – Тошкент: 



Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1991. 


28 

 

erkin she`r sistemasini birinchilardan bo`lib tadbiq qila olgan. Shekspir esa ustozi 



an`analarini davom ettirdi. Erkin vaznda yozilgan asliyatni rus tarjimonlarining 

ko`pchiligi o`zgartiraverganlar, xatto qofiyasiz o`girganlar. Ammo Jamol Kamol 

buyuk ingliz dramaturgi ijodini qofiya bilan, qolaversa uning jarangini saqlab 

qoladigan vazn bilan o`girdi. Bu juda katta mashaqqat va mahorat talab  qiladigan 

jarayon ekanligi tabiiy. 

  Jamol Kamolning til o`rganishdan orttirgan yana bir qtor yutuqlari shu 

bo`ldiki, Shekspirni tarjima qilishda u vositachilik ta`siridan qutuldi. Bevosita 

tarjima qilishga shahdam kirishildi. G`.Salomov ta`biri bilan aytganda “langar 

tashlandi”. Vilyam Shekspir asarlarini bevosita ingliz tilidan tarjima qilish borasida 

adabiyotimizda birinchi dadil qadam qo`yildi. Buning natijasi o`laroq daho 

san`atkorning bir necha o`lmas asarlari o`zbek o`quvchisiga yangicha chiroyda 

o`zini ko`rsatdi. 

Jahon so`z san`ati durdona asarlarining o`zbek tilida jaranglashi – vatan 

adabiyotining yutug`i. Ayni jihatdan biz har qancha faxrlansak arziydi. Chunki 

dunyoga mashhur asarlarning asosiy qismi allaqachon xalqimizning ma`naviy 

mulkiga aylanadi. Bu borada O`zbekiston xalq shoiri, serqirra va sermahsul tarjimon 

Jamol kamolning xizmatlari beqiyos. U bir necha tarjimon umri bo`yi qila olishi 

mushkul bo`lgan keng ko`lam va katta miqyosdagi tarjimalarni bir o`zi amalga 

oshirdi – Shekspirning 30 ga yaqin alohida asar va 20 dan ortiq she`rlarini 

o`zbekchalashtirdi. 

Albatta, Jamol Kamol serqirra iste`dod sohibi – u elimiz ardog`idagi hassos 

shoir, u – nuktadon adabiyotshunos olim, filologiya fanlari nomzodi, u – keng 

qamrovli va sermahsul tarjimon. U bu sohalarning barchasida ham e`tiborga sazovor 

yutuqlarga erishgan. Lekin salmog`i va ahamiyatiga ko`ra tarjima uning ijodiy 

faoliyatida etakchi o`rin tutadi. 

Jamol Kamol badiiy ijodda faqat lirik turda ijod qilgan – she`ru dostonlar, 

g`azalu ruboiylar yozgan shoir bo`lsa, tarjimada uning yangidan – yangi qirralari 



29 

 

namoyon bo`lib, ham shoir, ham nosir, ham dramaturg sifatida she`riy, nasriy va 



dramatik asarlarni birday mahorat bilan tarjima qilib kelmoqda. 

Jamol Kamolning aksariyat tarjimalari ana shunday yuksak saviya va go`zal 

darajada bo`lib, ular allaqachon o`zbek xalqining ma`naviy mulkiga aylanib 

ulgurgan, milliy adabiyotimizning oltin fondidan joy olgan. Hozirgi o`zbek 

adabiyotini Jamol Kamol tarjimalarisiz tasavvur etib bo`lmaydi. 

Jamol Kamol tarjimalari janr jihatidan ham chegaralanmagan – u roman, qissa,  

hikoyat,  drama,  doston,  g`azal,  ruboiy,  sonet,  ertak,  rivoyat  kabi  ko`plab 

janrdagi asarlar tarjimasida qalamini sinab ko`rib, ularning barchasida 

muvaffaqiyatga erishgan. 

Albatta, Jamol Kamol tarjimalari bir qator kamchiliklardan ham xoli emas. 

Aytaylik, arab – fors so`zlari, forsiy ibora – izofalarning ba`zida me`yoridan ortiq 

qo`llanishi, matnni birmuncha erkin talqin qilish, gohida asliyat ma`nosini to`liq aks 

ettirishdan ko`ra tarjimaning o`zbek tilida jaranglab chiqishi uchun intilish, ma`noga 

taqaluvchi ayrim xato–kamchiliklar, goh–goh misralarning tushib qolishi, tasavvuf 

istilohlari ifodasi bilan bog`liq qator qusurlar, ba`zan milliy bo`yoqning haddan 

tashqari quyuqlashib ketishi, Jamol Kamol tarjimalarining salmog`i, qaysi tillar va 

adabiyotlar, qaysi janrlar va uslublardan amalga oshirilganligi xususida umumiy 

ma`lumot berib, tarjimonlik mahoratining ayrim qirralarigagina to`xtalib o`tdik. 

Maqsud Shayxzoda va Jamol Kamol sharofati bilan biz bugun dunyoga mashhur 

tragediyani o`zbek tilida ham mutolaa qilish imkoniyatiga egamiz. Maqsud 

Shayxzoda ushbu tragediyani vosita til − rus tilidan o`girgan bo`lsa, Jamol Kamol 

bevosita ingliz tilidan tarjima qilgan. Maqsud Shayxzoda rus tilidan tarjima qilgan 

bo`lsa-da, asliyatdagi ruhni his eta olgan va uni tarjimada qayta yarata olgan. Ikkala 

tarjimani tahlil qilar ekanmiz, har ikkala tarjimon ham o`z tarjimalarida Shekspir 

davri nafasini tuya olishgani, o`girish jarayonida bunga katta ahamiyat berishganiga 

guvoh bo`lamiz. Zero, bir tildan ikkinchi bir tilga tarjima qilish bu-asliyatni aynan 




30 

 

takrorlash emas, balki uning asosiy qiymati to`g`risida to`la tasavvur yaratishdan 



iboratdir. Yaxshi tarjimon shunga intiladi. Buni tarjima imkoniyati ko`tara oladi. 

Badiiy tarjimaning san`at sifatidagi mohiyati ham ana shunda. 




Download 392,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish