84
4
. Randalash, qirqish, egovlash va pardozlash ishlari ketma-ketlikda
olib boriladi.
5
. Murakkablik qilgan ishlarda o‘qituvchidan yordam olinadi.
Jihozlar: arra, randa, jilvir qog‘oz, egov hamda o‘lchash va rejalash
asboblari.
Yog‘ochga ishlov berishda qo‘llaniladigan xalq
hunarmandchiligi elementlari
O‘rta Osiyo naqqoshlik san’ati qadimdan dunyoga mashhur.
O‘tmishda ota-bobolarimiz qurgan
muhtasham binolar hozirgi
kungacha maftunkor jilvasini yo‘qotmagan. Yuksak did bilan
ishlangan naqshlar bizni hayratga solib kelmoqda.
Milliy naqshlarimiz g‘oyatda boy mazmunga ega. Oddiy
qoshiq, lagan, quticha, sandiq, belanchak, cholg‘u
asboblari,
uy-ro‘zg‘or buyumlaridan tortib turar joy va jamoat binolari-
ning devor hamda shiftlariga solingan naqshlar insonni
hayratga soladi, uni o‘ylantiradi. Bu go‘zal naqshlar ajoyib
naqqoshlar tomonidan yaratilgan bo‘lib,
asrlar davomida
bun
yod topdi, rivojlandi, me’morchilik hamda tasviriy san’at
rivoji bilan bog‘langan holda takomillashib bordi.
Naqsh – arabcha tasvir, gul degan ma’noni anglatadi.
Tabiatdagi o‘simliklar, qush va jonivorlarga qiyoslab chizil-
gan shakl va boshqa elementlarni ma’lum tartibda takror-
lanishidan hosil qilingan bezakdir. Ganchkorlik, kandakor-
lik, kashtado‘zlikda, zardo‘zlik,
kulolchilik, zargarlik, gilam
to‘qish, to‘qimachilik, panjaralar va hokazolarda har xil
yo‘llar bilan naqshlar ishlanadi. Masalan, o‘yib, chizib, chok
yordamida, zarb bilan, qadab va boshqa usullarda naqsh soli-
nadi. Naqqoshlik san’ati tarixi insoniyat
madaniyati bilan bir
qatorda qadi
miydir. Madaniyatning rivojlanishi natijasida ras-
somlik va naqqoshlik ajralib chiqdi hamda rivojlandi.
Naqqoshlikda ishlatiladigan naqshlar tuzilishiga ko‘ra – is-
limiy va girih naqshlarga bo‘linadi.
85
Islimiy naqsh – tabiatdagi barg, band, daraxt, buta,
g‘uncha, qush, baliq va boshqa narsalarni naqqosh tomoni-
dan uslublashtirib olingan shaklini ma’lum qonuniyatlar aso-
sida takrorlanishidan hosil qilinadi. Ma’lum
uslubga sol
-
moq – qush, baliq, gul rangi va shaklini manzarali tarzda
umum lashtirishdir.
Girih naqsh – geometrik naqsh turlaridan biri bo‘lib, chigal,
tugun degan ma’noni anglatadi. Girih naqsh murakkab naqsh
turi. U geometrik naqsh turlaridan biri bo‘lib, to‘rtburchak,
uchburchak, aylana va yoylar hamda ko‘pburchaklardan tash-
kil topadi. Tuzilish jihatidan to‘g‘ri chiziq, egri chiziq va
aralash chiziqlardan tashkil topgan girihga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: