ARMON
Bobomning orzulari amalga oshmas bo'lsa,
Yurgan yo‘limda o‘lan, qo‘shiq qalashmas bo‘lsa,
Qo‘shiqlarim bog‘lardan, tog‘lardan oshmas bo'lsa,
El-yurt baxtini kuylash menga yarashmas bo‘lsa,
Ko‘nglimda armon yotar
Cho'kib qolgan nor misol.
Bemavrid xeshlarimning ko‘zlarida yosh ko‘rsam,
Bir mard bilan nopokning taqdirin tutash ko‘rsam,
Qaysi bir begunolmi keng yo'lda adash ko‘rsam,
Bir betayin kimsaning oyog‘ida bosh ko‘rsam,
Ko'nglimda armon yotar
Terskaydagfqor misol.
Aro yo'lda qolguday bo‘lsa biror yo'ldoshim,
Manzilga yetmay turib, qoqilsa qayg‘udoshim,
Muhtoj bo‘lsa kimgadir, jon ayamas qurdoshim,
Badkor degan
nom olsa biror bir vatandoshim,
Ko‘nglimda armon yotar
Ulab bo'lmas tor misol.
Gulzorni alaf bossa, zog‘ bossa bog'bon turib,
Muallaq qolsa kimdir, yer turib, osmon turib,
Bir gazanda toptasa tuproqni posbon turib,
Bir yo'rtoq yo‘l boshlasa,
qudratli karvon turib,
Ko‘nglimda armon yotar
Buzilgan ro‘zg‘or misol.
Tuyg‘u va tushunchalami har bir odam o‘zicha — o‘z darajasi,
ehtiyojidan kelib cliiqib anglaydi, talqin qiladi. Masalan, kimningdir
o‘zini baxtli liisoblaslii uchun unchalik ko‘p narsa kerak emas.
Boshqalaming havasini keltiradigan hovli-joy, betashvish yashaslini
ta’minlaydigan mol-dunyo bunday odamlar uchun baxt manbasi
hisoblanadi. Boshqa bir odam uchun esa bu narsalaming bari — bor-
yo‘g‘i qulay yashash sharoitidan boshqa narsa emas. Bunday insonlar
baxt tushunchasiga juda katta ma’no yuklaydilar. Bu ma’naviy-ruliiy
ehtiyojlar bilan bog‘liq bo‘lib, ulami qondirish oson keclimaydi.
\ Nor —
tuya.
~Terskay —
quyosh nuri tushmaydigan joy.
To‘ra Sulaymon lirik qahramoni bu his, bu tushunchaga juda
jiddiy talab bilan yondashadi. Uning ko‘nglini hayotning mayda-
chuyda ho-yu havaslari, o‘tkinclii manfaatlari amionga to ‘ldirol-
maydi. Bu lirik qahramon o‘ziga hayotda nihoyatda katta talablar
qo‘yadi. 0 ‘sha talablarga loyiq bo‘lolmaslik uni
xavotirga soladi,
cho‘chisa shundan cho‘chiydi.
She’ming har bir misrasida faqat lirik qaliramon taqdiriga emas,
balki xalq va millat, kelajak va insoniyat taqdiriga daxldor muammo-
lami lirik qaliramon o‘z muammolari deb bilishi ochila boradi.
Keling, shu katta armonga sabab b o ‘ladigan holatlarning
ayrimlariga to ‘xtalaylik:
«El -yurt baxtini kuylash menga yarashmas bo ‘Isa...»
Shu birgina misrada bir necha m a’no nazarda tutilayotganiga
e’tibor beraylik.
X o‘sh, shoirga el-yurt baxtini
kuylash qachon yoki nega
yarashmaydi?
— agar el-yurt aslida baxtsiz bo‘lsa-yu, uni «baxtli» deya kuylash—
cliinakam shoirga yarashmaydi;
— agar o ‘zini shoirman deb yurgan odam el-yurt baxtini
samimiy, ishonarli va ta’sirli kuylay olmasa — bu ham yarashiqsiz
qiliqdir;
— agar shoir el-yurt baxtini kuylaslmi oddiy maddohlik deb
o‘ylab, o‘ziga ep ko‘rmasa, bu — ijodkor samimiyatidan emas,
balki takabburligidan nishonadir;
— agar shoir o‘z
ijodida nuqul muammobozlik, hasrat bilan
shug‘ullanib, baxt qo‘shiqlarini kuylashdan qolgan b o ‘lsa, bu
zo‘rma-zo‘rakilik yaraslimasligi bilan darrov o‘zini oslikor qiladi...
Shu o‘rinda ijodiy jarayonning bir muhim sirini oshkor qilib
ketish kerak. Gap shundaki, iste’dodli shoir har bir misraga falon
qatlamli m a’no singdiraman, deya oldindan reja qilishi shart emas.
Ilhom mahsuli bo‘lmish quyma misralar
shoir ixtiyoridan ayri
holda o‘zining ming bir jilvasi va ming bir m a’nosini bag‘riga jo
qilib dunyoga keladi. (Cliinakam she’rning dunyoga kelishini
bolaning tug‘ilishiga o‘xshatganlarini ko‘p esliitgansiz. Ona o‘z
bag‘ridagi, hali o‘zi ham ko‘rmagan bolasining to ‘rt muchasi sog‘,
barcha a’zolari mukammal tug‘ilishini alohida rejalashtirishi
mumkin emas. She’r ham xuddi shunday!)
Endi mana bu misraga diqqat qilaylik:
«Muallaq qolsa kimdir,
yer turib, osmon turib...»
Matndan olib qaraganda, «yer turib» tayanchsiz —
muallaq
qolishni tasawur qilish va qoralash mumkin. Zamindan oyog‘i
19 — Adabiyot, 8 - s i n f ___ ~
9 S Q
uzilgan — kibr zabtiga olib xalqdan uzoqlashgan, bosar-tusarini
bilmay «ucliib yurgan» kimsalar aks ettirilgan bu holat hammaga
tanish. Lekin nima uchun shoir «muallaq qolsa kimdir ... osmon
turib» ham deydi? Axir osmonda tayanch nuqtasi yo‘q-ku! Nima,
shoir hayot haqiqatiga zid boryaptimi? Mantiqsizlikka yo‘l qo‘yyap-
timi?
Aslo!
Bu yerda gap boshqa yoqda. Awalo, inson o‘zini ko‘ldarga ko‘targan
xalqning osmon qadar yuksak
ishonchiga tayanislii, bu tayanch —
ishonchni boy berib qo‘ymasligi lozim. Ikkinclii ma’no — ishora
shuki, agar insonning im on-e’tiqodi mustahkam bo‘lsa, u har
qancha yuksalib borsa-da, iymon tayanchini — Xudoni yoddan
cliiqarmaydi. Unga suyanadi. Shoir, odam bolasi ikki
dunyo orasida
muallaq qolmaslikni istasa, Yerga — o‘zi singari odamlarga va
Osmonga — o‘zini yaratgan qudratga suyanmog‘i lozimligini birgina
misrada ifoda etadi.
Shunday qilib, yuqorida ta’kidlanganidek, «Armon» she’rining
har bir misrasidan ruliiyatga oziq bo‘luvclii m a’nolami ko‘plab
topish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: