366
muvofiq Dilerlarning operatsiyalarini o‘tkazish uchun etarli chet el valyutasidagi pul
mablag‘larining mavjudligini tekshirishni amalga oshiradi.
Savdolarni o‘tkazishda chet el valyutasining so‘mga nisbatan boshlang‘ich
kursi sifatida bundan oldingi savdolarda o‘rnatilgan kursdan foydalaniladi.
Savdo boshlanishiga Savdo tizimida taqdim etilgan boshlang‘ich
buyurtmalarning umumiy hajmlari orasidagi farq miqdori hamda ishorasi haqidagi
ma’lumot aks ettiriladi.
Agarda, chet el valyutasining sotuvi uchun taqdim etilgan boshlang‘ich
buyurtmalarning hajmlari xarid uchun taqdim etilgan boshlang‘ich buyurtmalarning
hajmlaridan ortiq bo‘lsa, ularning orasidagi farq ishorasi musbat (“+”) hisoblanadi.
Aksincha, agarda chet el valyutasining xaridi uchun taqdim etilgan
boshlang‘ich buyurtmalarning hajmlari sotuv uchun taqdim etilgan boshlang‘ich
buyurtmalarning hajmlaridan ortiq bo‘lsa, ularning orasidagi
farq ishorasi manfiy
(“-”) hisoblanadi.
Savdolar boshlanishida Savdo tizimidagi boshlang‘ich buyurtmalarning
(xarid va sotuvga) hajmlari orasidagi farq ishorasi musbat (“+”) bo‘lsa, birja makleri
chet el valyutasining so‘mga nisbatan kursini bir birlikka tushiradi.
Aksincha, Savdo tizimidagi boshlang‘ich buyurtmalarning(xarid va sotuvga)
hajmlari orasidagi farq ishorasi manfiy (“-”) bo‘lsa, birja makleri chet el
valyutasining so‘mga nisbatan kursini bir birlikka oshiradi.
Agarda, chet el valyutasining sotuvi uchun taqdim etilgan boshlang‘ich
buyurtmalarning hajmlari xarid uchun taqdim etilgan boshlang‘ich buyurtmalarning
hajmlariga teng bo‘lsa, ularning orasidagi farq miqdori nolga (“0”) teng, deb
hisoblanadi. Bu holda, savdolar yopiq deb e’lon qilinadi va barcha bitimlar uchun
chet el valyutasining so‘mga nisbatan boshlang‘ich kursi qo‘llaniladi.
Chet el valyutasining so‘mga nisbatan kursi o‘zgartirishining minimal birligi
– 0,01 so‘m. Savdolar boshlanishida chet el valyutasining xaridi va(yoki) sotuvi
uchun taqdim etilgan boshlang‘ich buyurtmalarning umumiy hajmlari orasidagi farq
miqdoridan kelib chiqqan holda, treyderlarning roziligi bilan, birja
makleri minimal
367
kurs o‘zgarish birligini o‘zgartirishi mumkin. Kurs o‘zgarishining maksimal birligi
– 0,1 so‘m.
Savdo tizimida chet el valyutasining so‘mga nisbatan boshlang‘ich kursining
birinchi o‘zgarishidan keyin kurs harakati yo‘nalishi o‘zgarishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Savdolar davomida treyderlar Savdo tizimiga qo‘shimcha buyurtmalar(7-
ilova) kiritishlari mumkin.
Boshlang‘ich va qo‘shimcha buyurtmalarning miqdori operatsiya varag‘ida
(8-ilova) aks ettiriladi.
Har safar Savdo tizimiga treyderlar tomonidan buyurtma kiritilganida Savdo
tizimi mazkur buyurtmalarga muvofiq quyidagi tartib-taomillarni amalga oshiradi:
instrumentning xaridi uchun buyurtma kiritilganida, Dilerning so‘mdagi reja
pozitsiyasini, O‘zRVB undiradigan vositachilik mukofotini hisobga olgan holda,
ushbu buyurtmaning qondirilishi uchun etarli bo‘lgan miqdorga kamaytiradi va
uning chet el valyutasidagi reja pozitsiyasini ko‘paytiradi;
instrumentning sotuvi uchun buyurtma kiritilganida,
Dilerning chet el
valyutasidagi reja pozitsiyasini ushbu buyurtmaning qondirilishi uchun etarli
bo‘lgan miqdorga kamaytiradi va uning so‘mdagi reja pozitsiyasini ko‘paytiradi.
Savdolarni o‘tkazish jarayonida Savdo tizimidagi barcha buyurtmalarning
hajmlari (xarid va sotuvga) orasidagi farq ishorasi musbat (“+”) bo‘lsa, birja makleri
chet el valyutasining so‘mga nisbatan kursini yana bir birlikka tushiradi.
Aksincha, Savdo tizimidagi barcha buyurtmalarning hajmlari (xarid va
sotuvga) orasidagi farq ishorasi manfiy (“-”) bo‘lsa, birja makleri chet el
valyutasining so‘mga nisbatan kursini yana bir birlikka oshiradi.
Savdolar o‘tkazishdagi bu jarayon Savdo tizimidagi barcha buyurtmalarning
hajmlari (xarid va sotuvga) orasidagi farq miqdori nolga (“0”) teng bo‘lgunga qadar
davom etadi.
Savdo tizimidagi barcha buyurtmalarning hajmlari(xarid va sotuvga)
orasidagi farq miqdori nolga (“0”) teng bo‘lganda, ya’ni chet el valyutasiga bo‘lgan
talab va taklif hajmlarining tenglashishiga erishilsa, fiksing holati yuz beradi va birja
makleri savdolarni yopiq, deb e’lon qiladi.
368
Savdolar davomida tuzilgan barcha bitimlar
uchun chet el valyutasining
so‘mga nisbatan yagona kursi qo‘llaniladi.
Savdo tizimiga treyderlar tomonidan qo‘shimcha buyurtma kiritilganida chet
el valyutasining xaridi va(yoki) sotuvi uchun taqdim etilgan barcha buyurtmalarning
umumiy hajmlari orasidagi farq ishorasi o‘zgarsa, oxirgi berilgan buyurtma kurs
belgilash uchun zarur bo‘lgan hajmda qondiriladi.
Kurs belgilash jarayonida Savdo tizimiga turli Dilerlar tomonidan qo‘shimcha
buyurtmalar bir vaqtda kiritilganda, maksimal summaga ega bo‘lgan buyurtma
qondiriladi. Agarda, qo‘shimcha buyurtmalarning summalari ham teng bo‘lsa, bu
buyurtmalar proportsional teng ravishda qondiriladi.
Savdolar yakunlanganidan so‘ng, O‘zRVB
Do'stlaringiz bilan baham: