320
1792 yil 24 ta Nyu-york brokerlari tomonidan tashkil qilingan. Shundan buyon
Nyu-
York fond birjasi faqat ommaviylashib bormoqda
. Birja faoliyatidagi so‘nggi
tendentsiyalar boshqa fond birjalarini qo‘shib
olish va birlashtirishga
yo‘naltirilmoqda.
2005 yilning aprelida NYSE rahbariyati eng yirik elektron savdo
tarmoqlaridan biri (ECN) va o‘z raqobatchisi Archipelago ni sotib olish istagini
ma’lum qildi. 2006 yil dekabrida NYSE rahbariyati Archipelago sotib olishga ovoz
berdi, shundan keyin NYSE eng ommaviy tijorat tashkilotiga aylandi.
Bir yildan
ortiqroq vaqt o‘tgach, NYSE Group Parijda joylashgan Euronext maydonchasini
sotib oldi (Evropa fond birjasi) va uni o‘zining ilk transatlantika fond birjasigaa
ylantirdi. So‘nggi yillarda esa MDH mamlakatlari
bilan ishlayotgan NYSE
brokerlari soni ham o‘sdi. Dunyodagi aksiyalar bilan savdo qilish bo‘yicha etakchi
birja sifatida rahbariyat NYSE da samarali savdo texnologiyalarini kuzatib, doimiy
takomillashtirib bormoqda.
2007 yil 24 yanvarda NYSE birjasida gibrid bozor joriy qilindi, mutaxassislar
roli esa minimum holatga keltirildi. Barcha aksiyalar bo‘yicha bitimlar elektron
tizim orqali amalga oshirila boshladi (kam sonli juda
qimmat aksiyalarni istisno
qilganda). Hozirgi paytda mijozar orderlarining katta qismi elektron tizim bilan
qayta ishlanmoqda. Hozirgi kunda MDH mamlakatlarida NYSE birjasida savdo
tobora
ommaviylashib bormoqda, ulkan vositalar, likvidlik va ishonchlilik jalb
321
qilmoqda.
Shuningdek, treyderlar, NYSE aksiyalari bilan savdo uchun brokerlar
soni o‘smoqda.
NYSE Arca birja investitsiya mahsulotlari bilan
savdo hajmi va listing
bo‘yicha amerika birjalari orasida etakchi pozitsiya egallaydi. U orqali Adobe,
Apple, Dell kabi AT-bozor grandlari savdo qiladi. Saxo Bank «Dunyo birjalari»
loyihasini davom ettiradi. 2013 yil boshida NYSE Euronext uning NYSE Arca
bo‘linmasi – to‘liq avtomatlashtirilgan rejimda ishlaydigan va offlayn savdo amalga
oshirmaydigan elektron birja maydonchasi birja investitsiya
mahsulotlari bilan
savdo hajmi va listing bo‘yicha amerika birjalari orasida etakchi pozitsiya
egallashini e’lon qildi.
2012 yil bu erda qariyb 150 ta yangi ETP listingdan o‘tli, ular orasida 116 ta
ETF (Exchange Traded Funds - birja investitsiya fondlari, yoki boshqacha aytganda
birja XIF), 23 ta ETN (Exchange Traded Note - birja indeks notalari) va 8 ta ETV
(Exchange Traded Vehicles - birja indeks vositalari). NYSE Arca orqali masalan,
Adobe Systems Inc., Apple, Cisco Systems, Dell, Hewlett-Packard, IBM, Microsoft,
Nokia, Oracle kabi axborot texnologiyalari bozori grandlari savdo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: