Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti


NYSE birjasi ishini tartibga solish



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

NYSE birjasi ishini tartibga solish 
Vijdonsiz bozor qatnashchilarini aniqlash - bu o‘z-o‘zini boshqaruvchi 
tashkilot sifatida birjaning vazifalaridan biridir. Hech kim fond bozori kabi o‘zini 
qattiq va yaxshilab tartibga solmaydi. Professional ishtirokchilar uchun qat’iy 
talablar va standartlar, keng ko‘lamli tartibga soluvchi xizmat tizimi - bular 
ishtirokchilarning faoliyatini nazorat qilish choralari hisoblanadi. Bozorning 
yaxlitligini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash fond bozorida tartibga soluvchi 
piramida deb nomlangan to‘rtta asosiy guruhning birgalikdagi sa’y-harakatlari 
orqali erishiladi. U quyidagi tashkilotlardan iborat: 
- AQSh Kongressi. Kongress Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha 
komissiyasiga a’zolar taklif etadi va uning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun javob 
beradi. Shuningdek, u qimmatli qog‘ozlar bozorida qonuniy faoliyat uchun va 
qimmatli qog‘ozlar bozorida yangi tashkilotlarni shakllantirish, masalan, «Fond 
bozorida investorlarni himoya qilish tashkiloti» uchun mas’uldir; 


325 
- qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha Komissiya. 1934 yilgi Qimmatli 
qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunga binoan tashkil etilgan Federal agentlik. 
Qonunda aksiyalarning yangi emissiyalarini majburiy tarzda o‘z vaqtida va 
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish belgilab qo‘yilgan. Qimmatli qog‘ozlar va 
birjalar bo‘yicha Komissiya barcha milliy investitsiya kompaniyalari, brokerlik 
firmalari va qimmatli qog‘ozlar bozorida ishlaydigan boshqa tashkilotlar ustida 
nazorat qiluvchi organ hisoblanadi. Komissiya Kongressga fond bozorini tartibga 
solish va himoya qilishga qaratilgan yangi qonun hujjatlari qabul qilishni tavsiya 
qiladi. Komissiya qoidalari va standartlarini buzganlar qattiq jazolanadi – jarima 
solinadi, litsenziyadan mahrum etiladi, shuningdek, birja a’zoligidan chiqariladi; 
- NYSE va boshqa o‘zini-o‘zi tartibga soladigan tashkilotlar. Nyu-York fond 
birjasi bu - o‘zini-o‘zi tartibga soladigan tashkilot bo‘lib, xodimlarining uchdan bir 
qismidan ortig‘i aynan qimmatli qog‘ozlar bozorini standartlashtirish va tartibga 
solish masalalari bilan shug‘ullanadi. NYSE 1000 sahifadan ortiq qoida va 
standartlar ishlab chiqqan va e’lon qilgan bo‘lib, ular NYSE barcha savdo 
qatnashchilari tomonidan bajariladi; 
- individual brokerlik firmalari. Piramidaning bu pog‘onasi NYSE a’zosi 
bo‘lgan 400 dan ortiq brokerlik firmasidan iborat. Bu firmalar standartlarga qat’iy 
muvofiqlik va o‘z xodimlari yuqori professional darajasini kafolatlab, butun dunyo 
bo‘ylab aksiyalar sotish va sotib olish bilan shug‘ullanadi. 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish