326
1983 yildan 1990 yilgacha Tokio fond birjasi hayratda qoldiradigan darajada
ko‘tarilib, qimmatli qog‘ozlar global bozori kapitallashuvining 60%dan ortig‘ini
o‘zida mujassam etgan. Keyinchalik «sovun pufagi iqtisodiyoti» deb atalgan bu
bosqichni «yapon mo‘’jizasi»ning yakuni deb hisoblash mumkin. Mamlakat er va
ko‘chmas mulk bilan savdo qiladigan kompaniyalar aksiyalari
olibsotarligi bilan
ommaviy ravishda shug‘ullana boshladi. Narxlar xuddi achitqi qo‘shilganday o‘sa
boshladi. Banki o‘ngga ham, so‘lga ham kreditlarni saxiylik bilan tarqatardi.
Yaponlar chet eldan villa, kartina, qimmatbaho narsalar sotib olib, ochiqchasiga pul
sovura boshladi… Hammasi shu bilan yakun topdiki, pufak yorildi. Narxlar keskin
tushib ketdi, mamlakat bo‘ylab bankrot kasali tarqaldi, kreditlar qaytarilmadi va
«mo‘’jiza» o‘rnini urushdan keyingi davrdagi eng
uzoq davom etgan iqtisodiy
inqiroz egalladi.
U 90-yillar mobaynida davom etib, atigi bir necha yil oldin tugadi. Lekin
ayrim noxushliklar hamon davom etmoqda, lekin ular asosan texnik xarakterga ega.
Masalan, 2005 yil 1 noyabrda yangi kompyuter qurilmasi o‘rnatilgach,
birjada
tarixdagi eng jiddiy tizimli uzilish ro‘y berdi. Fujitsu kompaniyasining «Osilib
qolgan» operatsion tizimi to‘rt yarim soatni savdoni to‘xtatib qo‘ydi.
327
Ikkinchi kulfat bir oydan so‘ng ro‘y berdi va birja oliy rahbariyatining to‘liq
almashtirilishiga olib keldi. 2005 yil 8 dekabrda Tokio fond birjasida qiymati 610
ming yena (5000 dollardan ortiq) bo‘lgan jda qimmat aksiyalarga ega bo‘lgan J-
Com rekruting kompaniyasi sahnaga chiqdi. Biroq ko‘rsatilgan summaga firmaning
bitta aksiyasini taklif qilish o‘rniga brokerlik kompaniyasi xodimi kompyuter
tugmasini noto‘g‘ri bosish oqibatida 610 minga aksiyani har birini 1 yena (0,8 tsent)
narxda sotuvga qo‘ydi. Ular bir zumda sotilib ketdi, bunda sotilgan aksiyalar soni
ularning real sonida 42 baravar ko‘p edi (14,5 mingta). Xato darhol sezilmadi, lekin
u aniqlangandan keyin ham operatsiyani bekor qilishda texnik qiyinchiliklar vujudga
keldi. Natijada barcha aksiyalar paketini uning haqiqiy
qiymatiga sotib olishga
to‘g‘ri keldi. Achinarli xato kompaniyaga 347 million dollarga tushdi. Bechora
broker bilan keyin nima bo‘lgani haqida tarix hikoya qilmaydi,
lekin investorlar
ishonchini tiklash uchun birja prezidenti va yana uchta top-menejer kompyuter
tizimi mukammal emasligi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olib, iste’fo berishiga
to‘g‘ri kelgan. Nima ham derdik, bunday holat hattoki Yaponiyada ham bo‘lib
turarkan!
Do'stlaringiz bilan baham: