316
U butun dunyodagi eng yirik konglomeratlar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil
etilgan xalqaro maydonchadir.
Bundan tashqari, London fond birjasi Evropada
derrivativlar va obligatsiyalar uchun eng yirik bozor hisoblanadi.
LSE birjasi aksiyadorlik korporatsiyasi hisoblanadi va uning aksiyalari o‘z
listingida xarid qilish uchun ochiq. Birja hamjamiyati a’zolari 400 dan ortiq
birlashtirilgan kompaniyalar bo‘lib, ularning
orasida kliring kompaniyalari,
brokerlar, dilerlar, market-meykerlar, investitsiya banklari va boshqalar mavjud.
Birja maydonchasidan foydalanish uchun emitent kompaniya birja tomonidan
o‘rnatilgan bir qator mezonlarga javob berishi kerak - har biri kamida 700 ming funt
sterlingga ega bo‘lishi, barcha boshlang‘ich buxgalteriya, moliyaviy va tijorat
hisobotlarini to‘liq
oshkor etishi, aksiyadorlarning maksimal og‘irligi 30 foizdan
oshmasligi va aksiyalarning kamida 25 foizi tashqi investorlar qo‘lida to‘plangan.
London fond birjasida savdo va muomala uchun 4 ta bozor sektsiyasi mavjud:
premium – Premium Listed Main Market – listingdagi eng yirik
kompaniyalar aksiyalari ochiq bo‘lgan asosiy bozor.
muqobil – Alternative Investment Market – kapitallashuv kichik bo‘lgan
kompaniyalar bozori.
depozitar tilxatlar va qarz qimmatli qog‘ozlari bozori –
Professional
Securities Market.
317
institutsional mutaxassislar bozori – Specialist Fund Market.
Qoidaga ko‘ra, tahlilchilar, investorlar va treyderlar bozorlar haqida
gapirganda faqat PLMM va AIM ikkita sektsiyani ajratib ko‘rsatadi,
chunki
qolganlar oddiy mijozlar uchun ochiq emas.
LSE fond bozori ish kunlari grinvich bo‘yicha soat 8 dan 16-30
gacha
ishlaydi. Bundan tashqari, savdo sessiyasida bir qator o‘ziga xos va qo‘shimcha
farqlar mavjud. Masalan, 07-15 dan 07-30 gacha kompaniyalar hisoboti informingi
ro‘y beradi, 07-50 dan 08-00 gacha auksion ochiladi va orderlar savdo terminallarida
bajariladi, 8 dan 16-30 gacha asosiy savdo sessiyasi bo‘lib o‘tadi, 16-30 dan 16-35
ga qadar indekslar qayta hisoblab chiqiladi va bitimlar 16-35 dan 17-00 gacha
belgilangan narxlarda amalga oshiriladi, mablag‘larni depozit qilish va olish uchun
arizalar olinadi va 17-00 dan 17-15 gacha bo‘lgan vaqtda kompaniya hisobotlari
reklama qilinadi.
Oldin hamma savdo operatsiyalari TradElect savdo maydonchasi orqali
amalga oshirilgan, biroq yaqinda birja qatnashchilari foydalanuvchilar uchun
intuitiv tushunarli va tezkor sanalgan yangilangan Millenium Exchange
yangilangan platformasiga o‘tildi.
London fond birjasi Financial Times bosma moliyaviy
sharhlovchilar bilan
birga bir nechta birja indekslarini hisoblab chiqdi. Ularning eng mashhurlari 100 ta
eng yirik britan kompaniyalar kotirovkasini birlashtirgan va Angliya
iqtisodiyotining ahvoli ko‘rsatkichi hisoblangan FTSE-100 sanaladi. Shuningdek,
birinchi yuztalikdan keyingi 250 ta yirik kompaniya indekslari FTSE-250 va FTSE
Small Cap Index kichik kapitallashuv kompaniyalar indekslari ommaviydir.
Do'stlaringiz bilan baham: