Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti


Birjaning savdo tizimida amalga oshirilgan bitimlarni bekor qilish va



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

Birjaning savdo tizimida amalga oshirilgan bitimlarni bekor qilish va 
haqiqiy emas deb topish natijasida Birjaga komission yig‘imlar va boshqa 
to‘lovlarni to‘lash tartibi. 
Bitimni bekor qilish va haqiqiy emas deb topish Birja a’zosi va uning 
mijozlarini ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilgan holatlarni istisno qilganda, Birja 
komission yig‘imlarini to‘lashdan ozod qilish uchun asos bo‘la olmaydi. 
Bitimni bekor qilish (davlat aksiyalari bilan bitimlar bundan mustasno) faqat 
ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan to‘lov muddati doirasida, xaridor va sotuvchining 
Birjada belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, bitimni bekor qilish 
to‘g‘risidagi kelishuv shaklida rasmiylashtirilgan yozma o‘zaro roziligi mavjud 
bo‘lgan taqdirda ruxsat etiladi. 
Bitim tomonlardan ikkalasining o‘zaro roziligi bo‘yicha bekor qilinganda 
komission yig‘im Birjaga bitim tomonlarining ikkalasi yoki tomonlar kelishuviga 
binoan ikkala tomon uchun bittasi tomonidan to‘lanadi. 
Davlat aksiyalarini sotishda to‘lov muddati xaridorning aybi bilan buzilgan 
holatda tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi Davlat raqobat qo‘mitasiga taqdim etilgan 
bitimni bekor qilish uchun asos sanalgan hujjatni Birja tomonidan ro‘yxatdan 
o‘tkazgan holda bekor qilinadi. 
Davlat aksiyalari oldi-sotdi shartnomasi bekor qilinganda Birja HKKP xaridor 
deponentlagan mablag‘lar miqdoridan sotuvchi foydasiga bitim miqdorining 5%ini, 
shuningdek, birja savdolariga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun komission 
yig‘imlar ushlab qoladi va qolgan pul mablag‘larini xaridorning hisobvarag‘iga 
qaytaradi.


305 
Komission yig‘imlar bo‘yicha penyani Birjaga ushbu Qoidalarda belgilangan 
miqdorda aybdor tomon (tomonlar) to‘laydi. 
Bitim tomonlardan ikkalasining roziligi bilan bekor qilinganda Birja a’zolari 
Birjaga bitimni bekor qilish haqida kelishuvni uch nusxada ularning mijozlari 
tomonidan imzolangan (yuridik shaxslar uchun – ularning rahbarlari tomonidan 
imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan) ushbu kelishuv tuzilgan kundan boshlab 
Birja a’zolari imzolagan ilova xati bilan birga uch kun ichida taqdim etadi. 
Bitimni bekor qilish haqidagi kelishuv asosida Birja Boshqarmasi tegishli 
qaror qabul qiladi, qarorning ikki nusxasi bitimni bekor qilish haqida kelishuvning 
iki nusxasi bilan birga Birja HKKPga ko‘rsatilgan hujjatlarning bitta nusxasini 
Markaziy depozitariyga berish uchun yuboriladi. 
Bitim bo‘yicha to‘lov muddatlari buzilgan xollarda O‘zbekiston 
Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi Qonuni 15-moddasi 
asosida bitim haqiqiy emas deb topiladi. 
Birja HKKP Birja Boshkarmasini bitim bo‘yicha to‘lov muddatining 
buzilganligi haqida yozma ravishda ogohlantiradi. Birja Boshqarmasi bitim bch 
to‘lov muddatining buzilganligi haqida materiallarni Birja Nazorat komissiyasiga 
ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
Birja HKKPdan bitim bo‘yicha tulov muddatining buzilganligi haqida xabar 
olgan kundan uch ish kuni davomida Birja bitim imzolagan Birja a’zolarini to‘lov 
muddatining buzilganligi haqida materiallar Birjaning Nazorat komissiyasiga ko‘rib 
chiqishga berilgani haqida xabardor qiladi. 
Birjadan xabar olgan kundan boshlab uch kun davomida Birja a’zolari, agar 
belgilangan muddatda Birja a’zolari tomonidan bitimning bekor qilinganligi haqida 
kelishuv taqdim etilmagan bo‘lsa, ularning mijozlari tomonidan tuzilgan va 
imzolangan (yuridik shaxslar uchun – ularning rahbarlari tomonidan imzolangan va 
muhri bilan tasdiqlangan) bitimning haqiqiy emasligi va haqiqiy emasligining tan 
olingan oqibatlari haqida bitimni taqdim etadi.
Nazorat komissiyasining qarori asosida Birja Boshqarmasi tegishli qaror 
qabul qiladi va manfaatdor shaxslarga etkazadi. 


306 
Birja a’zolari belgilangan muddatda hujjatlar takdim etmagan hollarda Birja 
qimmatli qog‘ozlar bozori haqida qonun hujjatlari buzilganligi haqida xabardor 
qilish va bitim bo‘yicha to‘lovlar muddati buzilganligi haqida materiallarni tegishli 
qarorlar qabul qilish uchun qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha 
vakolatli organga yuborish huquqiga ega.
To‘lov muddati buzilganligi sababli bitim bo‘yicha da’volar mavjud bo‘lgan 
holatda bitim sud tartibida ko‘rib chiqiladi. 
Bitim haqiqiy emas deb topilganda komission yig‘im Birjaga bitim 
tomonlarining ikkalasi tomonidan, yoki bitimni haqiqiy emas deb topish va 
bitimning hakiqiy emasligi tan olingan oqibatlari haqida kelishuvda yoki bitimni 
bekor kilish haqida kelishuvda ko‘rsatilgan tomonlardan biri tomonidan ikkala 
tomon uchun to‘lanadi. 
Bitim sud qarori bilan haqiqiy emas deb topilganda yoki bekor qilinganda 
Birjaga komission yig‘imlar va penya, agar sud qaror bilan tomon (tomomnlar) 
ularni to‘lashdan ozod qilingan bo‘lmasa, Birja Boshqarmasining qarori asosida 
undiriladi. 
Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va ushbu Qoidalar 
buzilganligi sababdan Birja bitimni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad qilgan hollarda 
Birjaga komission yig‘imlar va penya uning harakatlari bitimni ro‘yxatdan 
o‘tkazishni rad qilishga olib kelgan Birja a’zosidan ikkala tomon uchun undiriladi. 
Birja Boshqarmasining bitimni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad qilish haqida tegishli 
qarori Birjaga komission yig‘imlar va penya undirish uchun asos hisoblanadi. 
Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bo‘yin tovlash 
sababli Birja bitimini ro‘yxatdan o‘tkazish imkonsiz bo‘lgan hollarda Birjaga 
komission yig‘imlar va penya uning harakatlari bitimni ro‘yxatdan o‘tkazish 
imkonsiz bo‘lishiga olib kelgan Birja a’zosidan ikkala tomon uchun undiriladi. Bu 
holatda Birja Boshkarmasining bitimni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad qilish to‘g‘risida 
tegishli qarori Birjaga komission yig‘imlar va penya undirish uchun asos 
hisoblanadi. 
Ikkala tomon qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan 


307 
bo‘yin tovlagani sababli Birja bitimni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘lmagan 
hollarda Birjaga komission yig‘imlar va penya ushbu Qoidalar bilan belgilangan 
tartibda ikkala tomondan undiriladi. 
Birja a’zosining treyderi bitim tuzishda texnik xatoga yo‘l qo‘ygan taqdirda 
Birja a’zosi bitimning ikkala tomoni uchun Birjaga komission yig‘imlar va penya 
to‘lashga majbur. Texnik xatolarni aniqlash reglamenti Birja Boshqarmasi 
tomonidan tasdiqlanadi.
Bitim Savdo tizimiga talabnoma parametrlarini kiritishda xatoga yo‘l qo‘ygan 
Birja Makleriati mas’ul mutaxassisining aybi bilan bitim haqiqiy emas deb topilgan 
taqdirda Birja a’zolariga Birja komission yig‘imlari va penya hisoblanmaydi va 
undirilmaydi. 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish