186
Grammatika:
Dialogik matnning ma'no munosabatiga ko`ra turlari.
Reja:
1.Akademiya tushunchasi nimani anglatadi?
2.Sharqda barpo etilgan ilk akademiya tarixi.
3.Sharqda mavjud akademiyalar haqida ma'lumot.
Tayanch tushunchalar:
Akademiya, Ma'mun akademiyasi, "Bayt ul-hikmat",
Ulug`bek akademiyasi,
madaniyat, madaniyat taraqqiyoti,
yozuvchi, me'mor,
fanlar
akademiyasi
Akademiya (yun. — Akademos — afsonaviy qahramon Akadem nomidan) —
ko`pgina ilmiy muassasa, jamoat tashkilotlari, o`quv yurtlarining nomi. Mil. av. 4- asrda
Platon (Aflotun) asos solgan yunon falsafiy maktabi, Afina yaqinidagi joy ham uning
nomi bilan atalgan. Sharq mamlakatlarida Akademiya tarzidagi muassasa va jamiyatlar
8-9-asrlarda tarkib topa boshlagan.
Xususan, arab xalifaligida Horun ar-Rashid hukmronligi davri (786-809)da "Bayt
ul-hikmat" ("Hikmat xonasi")ga asos solinib, xalifa Ma'mun hukmronligi davri (813—
833)da "Bayt ul-hikmat"ning faoliyati yanada rivoj topgan, uning rasadxonasi va katta
kutubxonasi bo`lgan (buyuk matematik Muso Xorazmiy va astronom Ahmad Farg`oniy
253 shu yerda ishlagan). Mashhur olim va shoir Ibn Hamdon (935 y. v. e.) Mosul
shahrida kutubxonali "Dor ul-ilm" ("Ilm uyi") ochgan va bu joy ilmga intilganlarning
kirishi uchun bemalol bo`lgan. Bundaylar Bag`dodda, shuningdek Misrda ham
ochilgan. 1010-yilda Urganchda Ma'mun akademiyasiga asos solingan. Abu Rayhon
Beruniy shu A.ning rahbari bo`lgan (bu A. doirasida Abu Ali ibn Sino, faylasuf Abu
Saxl Masihiy, tabib Abulhasan Hammor va boshqa ish olib borishgan). Amir Temur
tomonidan Samarqandda to`plangan olim, yozuvchi va me'morlar 15-
asr fani va
madaniyati taraqqiyotiga munosib hissa qo`shganlar. Ulug`bek madrasasi va
rasadxonasi ham o`z davrining akademiyasidir (qarang Ulug`bek akademiyasi); bu A.
Qozizoda Rumiy, G`iyosiddin Jamshid al-Koshiy,
Ali Qushchi va boshqa buyuk
matematik hamda astronomlarni birlashtirgan. 15-asrning 2-yarmida ilmiy va madaniy
markazga aylangan Hirotda, Navoiy atrofida olim, yozuvchi, rassom, sozanda va
boshqalardan tarkib topgan o`ziga xos ilmiy va badiiy jamiyat yuzaga kelgan. Hirot
miniatyura maktabi o`rta asr Sharqida davlat tomonidan tasis etilgan birinchi badiiy
akademiya deb hisoblash mumkin (Behzod shu Akademiyaning eng yirik vakilidir).
15—16-asrlarda Yevropada (Italiyada) turli ilmiy jamiyatlar Akademiya deb atala
187
boshlagan; ularning faoliyati asosan ijtimoiy fanlar yo`nalishida bo`lgan. 17-asrlarda bir
qancha ilmiy jamiyatlar — Akademiyalar tuzilib, ular asosan tabiatshunoslik masalalari
bilan shug`ullangan. 17-asrning 2- yarmidan davlat hokimiyati yordami bilan bir qancha
mamlakatlarda milliy ilmiy markaz sifatidagi
Akademiyalar tuzildi; masalan,
Londondagi Qirollik jamiyati (1660), Parij FA (1666), Berlindagi Prussiya FA (1700),
Peterburg FA (1724). Hozirgi vaqtda kompleks turdagi FA yoki ularga o`xshash
muassasalar ko`p mamlakatlarda bor; bu mamlakatlarning ko`plarida fan yoki
madaniyatning biror tarmog`ini qamragan soha Akademiyalari ham mavjud.
O`zbekistonda O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi mamlakatning oliy ilmiy
tashkiloti hisoblanadi; O`zbekistonda O`zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi
ham mavjud. O`zbekiston va ba'zi mamlakatlardagi ayrim oliy o`quv
yurtlari ham
Akademiya deb ataladi (mas, O`zR Qurolli Kuchlarining Harbiy Akademiyasi, O`zR
Ichki ishlar vazirligi A.si, Rossiyadagi K. A. Timiryazev nomidagi Moskva Qishloq
xo`jalik A.si). Shuningdek respublikamizda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi
ham faoliyat yuritadi. Mamlakatlar FA haqida shu mamlakat FA haqidagi alohida
maqolalarga qaramas, Avstriya Fanlar akademiyasi, Ukraina Fanlar akademiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: