199
muhim bo'lgan o'rganlarni transplantatsiya qilish sharoitlarini taminlash, genetik nazorat
tajribalarini o'tkazish kabi masalalar kiradi.
Huquq vakillaridan kasb etikasida sodiqlik, hammaning qonun oldida teng ekanligi
tamoyiligi rioya qilishni talab qiladi. Xizmat ko'rsatish sohasida esa,
avvalambor,
muomala madaniyati, mijozlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan diqqat-e'tiborga
bog'liqdir. Hammamiz mijoz sifatida kichik do'kon yoki supermarket,
qimmatbaho
restoran yoki kichik kafe, kinoteatr yoki sartaroshxonalarga kirib turamiz. Va xizmat
qiluvchi shaxslarning qanday munosabatda bo'lishlarini, nozik bir tarzda sezib turamiz.
Bir joyda savdo xodimi kulib turib muomala qilsa, boshqqa joyda uning qo'pollik bilan
javob berishining guvohi bo'lamiz.
G'arb tadbirkorlarining muvaffaqiyatlari quyidagi formulaga asoslangan:
Vijdon haqida gapirganda, har bir xizmat ko'rsatuvchi soha xodimi quyidagi axloqiy
qadriyatlarga ega bo'lishi lozim:
-to'g'rilik, nazokat, vazminlik;
-xushmuomalalik, xushfe'llik;
-Iltifoq;
-g'amxo'rlik;
-rostgo'ylik, to'g'rilik va h.k.
To'g'rilik-odamlar bilan odob-axloq asosiga qurilgan munosabatni,
xushfe'llikni, to'g'rilik esa har qanday vaziyatda o'zini tuta bilishni anglatadi.
Xushmuomalalik- xulq-atvorning kundalik xususiyati bo'lib, odamlarni hurmat
qilishni anglatuvchi axloqiy qadriyatdir.
Xushmuomalalik-bu xulq madaniyatining elementar talabi, odamlar bilan mehr-
oqibat asosida qurilgan muloqotning sharti,
har qanday kishiga, agar u yordamga
muhtoj bo'lsa, yordam qo'lini cho'zish, nazokat doirasida ko'zga
tashlanadigan
xislatlardir. Xushmuomalalik- mehmonxona xodimlarining madaniyatliligi haqida
dalolat beradigan eng muhim xislatlardan biridir. Kamtarlik- yutuqlarini pesh qilmaslik,
manmanlikdan
xoli bolish, vazminlikni bildiradigan sifatdir. Shu bilan birga, ota
kamtarlik ham manmanlikka kiradi. Iste'dodli odam o'z iste'dodini
yashirsa ham,
iste'dodi ko'rinib turadi.Kamtarlik tortinchoqlik degani emas. Tortinchoq odam o'zini
yetarli darajada baholay olmaydi. Bunday odamlarni tez-tez maqtab turish, ularga
dadillik beradi, o'ziga bo'lgan ishonchini oshiradi.
Bu va boshqa axloqiy sifatlar odamlar bilan bo'lgan munosabatlaringizning
axloqiy xarakterini shakllantirishi va ish joyingizdagi xatti-harakatlaringizni aniqlab
berishi lozim. Kasbiy etikaning asosiy maqsadi shundan iborat.
200
Etiket-ishbilarmonlik sohasida, odamlarning bir-birini yaxshi tushunishlari uchun
muhimdir.
Etiket “imidj” ning shakllanishida muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Ko'p
mamlakatlarda firmaning qanaqaligini unga qo'ng'iroq qilib
xodimi bilan gaplashish
orqali bilishi mumkin. Bu qonuniyat nafaqat firmada, balki ko'p joylarda kuzatiladi.
Qayerda etiket bo'lsa, shu yerda mehnat unumdorligi yuqori, faoliyat natijalari yuksak
bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: