177
Kasb bayrami haqida matn tuzish. Kasb bayramiga bag`ishlangan reportaj yozish.
Reportaj mazmunini rezyume ko`rinishida ifodalash.
Grammatika:
Matn mazmunining qisqacha bayoni (rezyume), uning tuzilishi va ifoda materialining
xususiyatlari.
Reja:
1.Kasb bayramlarining ta'sis etilishi.
2.Yurtimizda kasb bayramlarining nishonlanishi.
3.1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni.
Tayanch tushunchalar:
kasb, sharafli kasb, kasb bayrami, ustozlik, murabbiylik,
tantana, odob axloq, bilim, saviya, xursandchilik, vatan himoyachisi, shifokor,
ananaviylik.
Ustozlik sharafli kasb. Dunyoda insonlar turli-tuman kasblarda faoliyat olib
boradi. Ammo, mana shu kasblar ichida shunday bir kasb borki, u ham sharafli, ham
ma'suliyatliligi bilan ajralib turadi. Bu ustozlik va murabbiylik kasbidir. Barcha
sohalarning
ustalari, mutaxassislari bir kasb egalari mehnati bilan shakllanadi. Har
birimizga kimdir harf o`rgatib, savodimizni chiqargan. Bugun kim, qayerda, qanday
vazifada ishlamasin, qachondir maktabda o`qigan, ustozlar tarbiyasini olgan. Ilk bor
maktabga borgan kunni, qo`liga qalam berib, yozishni, o`qishni o`rgatgan o`qituvchisini
eslamaydigan odam topilmasa kerak. Bir sinfda yigirma yo o`ttiz nafar o`quvchi bo`lsa,
har birining tabiati xar xil. Ustoz ularning qalbiga yo`l topadi, farzandidek yuragiga
yaqin oladi. Ustoz o`z kasbiga qalb qo`ri bilan kirishmasa, murabbiylik yo`lida hech
qanday yutuqlarga erisha olmaydi. Axir o`qishni, yozishni bilmaydigan murg`akkina
bolaga bir harfni o`rgatish oson bo`lmasa kerak. Umrini shu sohaga bag`ishlagan
o`qituvchilar hamma joyda bir xil - oddiy va kamtar. To`g`ri, o`quvchilik yillari sen
uchun jon kuydirgan, o`qib olim, yaxshi odam bo`lsin deguvchi ustozlarining qadriga
yetmaymiz. Ammo hayotning katta yo`lida ularni ko`proq sog`inadi kishi. Maktabga
yo`qlab borsangiz, ustoz yana ko`zlari javdirab turgan, endigina maktabga qadam
qo`ygan bolakaylar bilan mashg`ul ekanini ko`rasiz. U kasbidan zerikmaydi. Aksincha,
yillar o`tgani sayin ko`ngli xam boladek beg`ubor bo`lib boraveradi.
Bugungi yurtimizda o`quvchilarning ta'lim olishlari uchun
yaratilgan sharoitlar
jahon talablariga to`la mos keladi. Istiqlol yillari barcha ilm maskanlari mukammal
ta'miralandi. Keng va yorug` darsxonalar, zamonaviy andozalar bilan jihozlangan o`quv
labaratoriyalari, kompyuter texnikalari bolalarimiz xizmatida. O`zbekiston
178
musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta'lim muassasalaridagi qulayliklar ham boshqa
o`quv yurtlaridan qolishmaydi. U yerlarda yoshlar mukammal ilm olishi uchun barcha
sharoitlar yaratilgan. Talabalarning odob-axloq, bilim
saviyasini yanada yuqoriga
ko`tarish, har bir talabaning ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatiga yarasha
qo`shimcha mashg`ulotlar olib borish borasida ustozlar tinmay izlanmoqda. Talabalar
ongiga bugungi dunyoda bo`layotgan
shiddatli, fitnalik bir davrda chinakam ma'naviyat
va ma'rifatni singdirish juda muhimligini har bir ustoz murabbiy dildan his etadi.
Albatta, ularning xolis xizmatlari ikki dunyoda ham munosib taqdirlanadi. Dinimizda
ham bu sharafli kasb egalariga alohida e'tibor qaratilgan. Muqaddas Qur'oni Karimda
shunday marhamat qilingandir: “Alloh sizlardan iymon keltirganlarning va ilm
berilganlarning darajalarini ko`taradi. Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardordir”
(Mujodala surasi 11-oyat). Paygambarimiz sollalloxu alayxivasallam o`zlarining hadisi
shariflarida ilm tarqatuvchi ya'ni ustozlarga shunday ta'rif berib, ular erishadigan
savoblarning juda katta ekani haqida bayon qilganlar. Imom Bayhaqiy va Abu Ya'lolar
Anas ibn Molik roziyalloxu anxudan rivoyat qilgan hadisda Paygambarimiz sollalloxu
alayxivasallam: “Sizlarga saxiylar saxiysining xabarini beraymi? Saxiylarning saxiysi
Allohdir. Men odam bolasining eng saxiysiman. Mendan keyin sizdan eng saxiyingiz,
ilm o`rganib, ilmini tarqatgan odamdir. U qiyomat kuni yolgiz o`zi bir ummat bo`lgan
holida tiriltiriladi”, deganlar. Albatta, ustozlar mana shunday yuksak mukofotlarga loyiq
zotlardir. Bundan tashqari Rasululloh (s.a.v.)ning yana bir hadisi shariflarida ustozlik
qandayin ulug` va savobli ish ekanligidan borliqdagi barcha narsalar uning haqqiga duo
qilishi haqida mana shunday deyilgandir: “Albatta, Alloh taolo,uning farishtalari,
osmonlar-u
yer ahli, hatto kovagidagi chumoli va hattoki baliqgacha odamlarga
yaxshilikni ta'lim beruvchiga salovat aytadilar”. Odamlarga harf o`rgatib savodini
chiqarish bu ularga o`rgatilgan eng yaxshi ta'lim desak aslo mubolag`a bo`lmaydi.
Chunki biz butun hayotimiz davomida shu ustozlarimiz o`rgatgan harflardan foydalanib
o`qiymiz, yozamiz va ilmimizni oshirishda davom etamiz. Ertangi kunning qanday
bo`lishi maktab, bilim yurtlaridagi ta`lim-tarbiyaga bog`liq. Chunki farzandlarimizning
ongi, tafakkuri shu joylarda shakllanadi. O`zbekiston bugungi dunyo hamjamiyatidagi
o`zining munosib o`rnini egallab, ta'lim, madaniyat, sport va boshqa sohalarda tenglar
ichra teng ovoz bilan xalqaro maydonda o`z mavqeiga ega bo`lishida
ustoz va
murabbiylarning o`rni beqiyosdir.
Shu o`rinda alohida ta'kidlab aytishimiz lozimki, barchalarimizga mana shunday
shart-sharoitlarni yaratib bergan va haqiqiy yurt fidoyisi qanday bo`lishini ko`rsatib
bergan, taraqqiyot modelimizni ishlab chiqib butun xalqimizga buyuk davlat barpo
179
qilish sirlarini o`rgatgan O`zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom
Karimov chin ma'noda barchamizga murabbiy hisoblanadilar. Ulardan keyingi avlod
albatta ular ko`rsatib, o`rgatib ketgan yo`llaridan borib
faqat va faqat rivojlanib
boraveramiz. Chunki, yurtboshimiz ta'lim bergan taraqqiyot yo`li bu yuksaklikka intilish
yo`lidir. Butun o`zbek xalqi o`zining birinchi yurtboshchisi, to`g`ri yo`lni ko`rsatib
ta'lim bergan murabbiysi bo`lmish Islom Karimovni aslo unutmaydi. Alloh
yurtboshimizni o`z rahmatiga olgan bo`lsin! 1-oktyabr kuni ustozlar bayrami bilan
boshlanadi. Biz ko`pincha aynan shu kuni ularni qutlaymiz, diydorlashamiz. Aslida,
bunday savob ish uchun maxsus kunni kutish shart emas.
Biz har kuni ustoz-
murabbiylarni tabriklasak arziydi. So`z mulkining sultoni bo`lmish hazrati Alisher
Navoiy ilm tarqatuvchi ustozlarni haqqini ado qila olmaslik to`g`risida shunday
marhamat qiladilar: “Haq yo`lida kim senga bir harf o`qitmish ranj ila,
Aylamak
bo`lmas ado haqqin aning yuz ganj ila. ”Bayramingiz qutlug` bo`lsin, aziz ustoz-u
murabbiylar!
Do'stlaringiz bilan baham: