497 -modda. Hukmni o‘zgartirish
Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining ayblov hukmini o‘zgartirish chog‘ida
quyidagilarga haqli:
1) jazoni yengillashtirishga yoki mahkumga nisbatan yengilroq jinoyatga oid qonunni
qo‘llashga;
2) mahkumni o‘ta xavfli retsidivist deb topishga;
3) jazoni ijro etish muassasasi turini yengilrog‘iga yoki og‘irrog‘iga o‘zgartirishga;
4) jinoyat natijasida yetkazilgan va qoplanishi belgilangan moddiy zarar miqdorini,
shuningdek ma’naviy ziyonning kompensatsiyasi miqdorini kamaytirishga yoki ko‘paytirishga;
5) ashyoviy dalillar, protsessual chiqimlar to‘g‘risidagi masalalarni va boshqa masalalarni hal
etishga.
Oqlov hukmining oqlov asoslariga doir qismi oqlangan shaxsning, uning himoyachisining,
qonuniy vakilining shikoyatiga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin.
497 -modda. Apellatsiya instansiyasi sudining hukmi va ajrimi
Apellatsiya instansiyasi sudining hukmi ushbu Kodeksning
454 — 477-moddalarida
nazarda
tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladi.
Apellatsiya instansiyasi sudining ajrimida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
Oldingi
tahrirga qarang.
1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan sana va joy;
(497 -modda ikkinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-
716-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
2) sudning nomi va tarkibi, ishni ko‘rishda ishtirok etgan prokuror va boshqa shaxslar;
3) apellatsiya shikoyati yoki protesti bergan shaxs;
4) birinchi instansiya sudining shikoyat yoki protest berilgan hukmining qaror qismi
mazmuni;
5) shikoyatning, protestning, ishda ishtirok etayotgan shaxslar e’tirozlari va
tushuntirishlarining mohiyati, shuningdek prokurorning fikri;
6) shikoyat, protest bo‘yicha apellatsiya instansiyasi sudining qarori.
Shikoyat, protest qanoatlantirilmay qoldirilganda apellatsiya instansiyasi sudining ajrimida
hukm qonuniy, asosli va adolatli deb, birinchi instansiya sudining ajrimi qonuniy hamda asosli deb
topilganligining, shikoyat yoki protest esa qanoatlantirilmasdan qoldirilganligining asoslari
ko‘rsatilishi kerak.
Hukm, ajrim bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan taqdirda, apellatsiya instansiyasi sudining
ajrimida qonunning qaysi normalari talablari buzilganligi va bekor qilinayotgan yoki
o‘zgartirilayotgan qarorning asossizligi nimadan iborat ekanligi ko‘rsatilishi kerak.
Apellatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish chog‘ida birinchi instansiya sudi tomonidan
tekshirilgan dalillar va apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan tekshirilgan yangi dalillarga
asoslanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |