Asosiy qoidalar



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

muvofiq kelmasligi
Quyidagi hollarda sud hukmi jinoyat ishining haqiqiy holatlariga muvofiq emas deb e’tirof
etiladi, agar:
1) sud xulosalari sud majlisida ko‘rilgan dalillar bilan tasdiqlanmagan bo‘lsa;
2) sud o‘z xulosasiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan holatlarni hisobga olmagan bo‘lsa;
3) ish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarga nisbatan bir-biriga zid dalillar mavjud
bo‘lgani holda, sud qaysi sabablarga ko‘ra dalillardan ba’zilarini ishonarli deb topib, boshqalarini rad
etganligi hukmda ko‘rsatilmagan bo‘lsa;
4) sudning hukmida bayon etilgan xulosalarda jiddiy ziddiyatlar mavjud bo‘lib, ular
sudlanuvchining aybliligi to‘g‘risidagi masalani hal qilishga, Jinoyat kodeksi normalarini to‘g‘ri
qo‘llashga yoki jazo chorasini belgilashga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa yoki ta’sir ko‘rsatishi mumkin
bo‘lsa.
497 -modda. Jinoyat-protsessual qonun normalarining jiddiy buzilishlari
Protsess ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlardan mahrum qilgan yoki bu
huquqlarni cheklagan yoxud sud ishning har tomonlama ko‘rib chiqishiga boshqacha tarzda xalal
bergan hamda qonuniy, asosli va adolatli hukm chiqarishga ta’sir qilgan yoki ta’sir qilishi mumkin
bo‘lgan qoidabuzarliklar ushbu Kodeks normalarini jiddiy buzish deb e’tirof etiladi.
Hukm quyidagi hollarda bekor qilinishi kerak, agar:
1) hukmni qonunga xilof tarkibdagi sud chiqargan bo‘lsa;
2) sudyaning hukmni yakka o‘zi chiqarishi tartibi yoki hukm chiqarishda sudyalar
maslahatlashuvining sir saqlanishi buzilgan bo‘lsa;
3) ish sudlanuvchi yo‘qligida ko‘rilgan bo‘lsa, bundan ushbu Kodeks 410-moddasining
uchinchi qismida
 nazarda tutilgan hol mustasno;
4) surishtiruv yoki dastlabki tergov tamomlanganidan so‘ng ayblanuvchi ishdagi barcha
materiallar bilan tanishtirilmagan va bu qoidabuzarlik hukm chiqargan sud tomonidan bartaraf
19
20
21
22


etilmagan bo‘lsa;
5) himoyachisi bo‘lmagan sudlanuvchiga himoya nutqi uchun so‘z berilmagan bo‘lsa;
6) sudlanuvchiga oxirgi so‘z berilmagan bo‘lsa;
7) sudlanuvchining ona tilidan va tarjimon xizmatidan foydalanish huquqi buzilgan bo‘lsa;
8) qonunga ko‘ra himoyachining ishtiroki shart bo‘lsa-yu, ish uning ishtirokisiz tergov qilingan
yoki ko‘rib chiqilgan bo‘lsa;
9) ishni yuritishni istisno etadigan holatlar bo‘la turib, surishtiruv, dastlabki tergov va sud
muhokamasi o‘tkazilgan bo‘lsa;
10) sud majlisi bayonnomasi ishga tikilmagan yoxud imzolanmagan bo‘lsa.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish