Asosiy qoidalar


 -modda. Apellatsiya instansiyasi sudida jinoyat ishini ko‘rish tartibi



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

497 -modda. Apellatsiya instansiyasi sudida jinoyat ishini ko‘rish tartibi
Apellatsiya instansiyasi sudida jinoyat ishi birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari
bo‘yicha, ushbu bobda nazarda tutilgan qoidalar inobatga olingan holda ko‘riladi.
Raislik qiluvchi sud majlisini ochadi hamda qanday jinoyat ishi va kimning apellatsiya
shikoyati, protesti bo‘yicha ko‘rilishini e’lon qiladi.
14
15
6
16
17


Raislik qiluvchi sud tarkibini e’lon qiladi, prokurorning, himoyachining, sud majlisi kotibining
va, agar sud majlisida ishtirok etayotgan bo‘lsa, tarjimonning familiyasi, ismini va otasining ismini
ma’lum qiladi.
Apellatsiya instansiyasi sudi majlisining joyi, sanasi va vaqti to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor
qilingan shaxslarning kelmaganligi jinoyat ishini ko‘rishga monelik qilmaydi, bundan sud majlisida
ishtirok etishi shart bo‘lgan shaxslar mustasno.
Raislik qiluvchi hozir bo‘lgan jinoyat protsessi ishtirokchilariga ularning huquqlarini
tushuntiradi va ularda rad qilishga oid arzlar va iltimosnomalar bor-yo‘qligini, apellatsiya
shikoyatida, protestida bayon etilgan iltimoslarni quvvatlashini yoki quvvatlamasligini aniqlaydi.
Bunday iltimoslar mavjud bo‘lganda sud ular bo‘yicha ajrim chiqaradi.
Sud muhokamasi sudyalardan birining ma’ruzasi bilan boshlanadi. U birinchi instansiya sudi
hukmining yoki ajrimining mazmunini, apellatsiya shikoyatining, protestining mazmunini va unga
qarshi e’tirozlarning mohiyatini qisqacha bayon etadi.
Raislik qiluvchi apellatsiya shikoyati bergan shaxsga, apellatsiya shikoyati va protesti kimga
nisbatan berilgan bo‘lsa o‘sha shaxsga, ularning himoyachilari va vakillariga, so‘ngra esa prokurorga
so‘z beradi. Ish bo‘yicha bir nechta shikoyat mavjud bo‘lgan taqdirda, so‘zga chiqish navbati sud
tomonidan taraflarning fikri inobatga olingan holda belgilanadi. Agar berilgan apellatsiya
shikoyatlari orasida prokurorning apellatsiya protesti bo‘lsa, so‘z birinchi navbatda unga beriladi.
Sud taraflarning so‘zlarini eshitib, hukmning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini lozim
darajada tekshirib ko‘rishni ta’minlash zaruratidan kelib chiqib, bevosita sud majlisida
tekshiriladigan dalillar hajmini aniqlash to‘g‘risida; sud majlisiga sudlanuvchini, jabrlanuvchilarni,
guvohlarni, ekspertlar va zarurat bo‘lsa, boshqa shaxslarni chaqirish haqida; sudlanuvchiga
nisbatan ehtiyot chorasini saqlab qolish, tanlash, bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul
qiladi.
Shundan keyin sud sud majlisiga chaqirilgan sudlanuvchini, guvohlarni, jabrlanuvchilarni
so‘roq qilish yo‘li bilan dalillarni tekshirishga, shuningdek taraflarning iltimosi bo‘yicha hamda
o‘zining tashabbusi bilan hujjatlarni, bayonnomalarni va ishga oid boshqa materiallarni o‘qib
eshittirishga kirishadi. Dalillarni tekshirish tartibi taraflarning fikrlari inobatga olingan holda sud
tomonidan belgilanadi. Taraflar apellatsiya instansiyasi sudiga apellatsiya shikoyatida, protestida
keltirilgan vajlarni tasdiqlab yoki inkor etib, qo‘shimcha materiallar taqdim etishga haqli.
Birinchi instansiya sudida so‘roq qilingan guvohlar, agar sud buni zarur deb topsa, apellatsiya
instansiyasi sudida so‘roq qilinadilar.
Taraflarning dalillarni, shu jumladan birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan
dalillarni tekshirish to‘g‘risidagi va sud majlisiga guvohlar, ekspertlarni hamda boshqa shaxslarni
chaqirish to‘g‘risidagi iltimosnomalari ushbu Kodeks 438-moddasining 
birinchi 
va 
ikkinchi
qismlarida
belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi. Bunda sud iltimosnomani
qanoatlantirishni faqat u birinchi instansiya sudi tomonidan qanoatlantirilmaganligiga asoslanib
rad etishga haqli emas.
Birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar (yangi dalillar) sud tomonidan
qabul qilinadi, bunda ularni tekshirish to‘g‘risida iltimosnoma bergan shaxs o‘ziga bog‘liq
bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bu dalillarni birinchi instansiya sudiga taqdim etishga imkoniyati
bo‘lmaganligini asoslab berishi kerak.
Apellatsiya instansiyasi sudi dalillarni videokonferensaloqa tizimlaridan foydalangan holda
tekshirishga haqli.
Sud tergovi tugallangach, sud taraflardan sud tergoviga qo‘shimcha qilish yuzasidan
iltimoslari bor-yo‘qligini surishtiradi. Sud bu iltimoslarni hal etadi va shundan keyin taraflarning
muzokaralariga o‘tadi.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish