Asosiy qoidalar


 -modda. Apellatsiya shikoyatiga, protestiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

497 -modda. Apellatsiya shikoyatiga, protestiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish
Apellatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs apellatsiya instansiyasi sudining majlisi
boshlanguniga qadar uni o‘zgartirishga yoki yangi vajlar bilan to‘ldirishga haqli.
Hukm ustidan shikoyat (protest) berish muddati o‘tganidan keyin berilgan apellatsiya
protestiga, jabrlanuvchining yoki uning vakilining apellatsiya shikoyatiga o‘zgartirish yoki
qo‘shimcha kiritishda mahkumning ahvolini og‘irlashtirish to‘g‘risida masala, agar bunday talab
dastlabki shikoyatda, protestda mavjud bo‘lmasa, qo‘yilishi mumkin emas.
Hukm ustidan shikoyat qilish muddati o‘tganidan keyin ishga kirishgan himoyachi apellatsiya
shikoyatini o‘zgartirishi yoki uni yangi vajlar bilan to‘ldirishi, ilgari ishda ishtirok etgan himoyachi
tomonidan berilgan shikoyat vajlariga qo‘shimcha asoslar taqdim etishi mumkin.
497 -modda. Apellatsiya shikoyatini yoki protestini qaytarib olish
Hukm ustidan shikoyat bergan yoki protest bildirgan shaxs o‘z shikoyatini yoki protestini
qaytarib olishga haqli. Yuqori turuvchi prokuror ham protestni qaytarib olish huquqiga ega.
Mahkumning himoyachisi, qonuniy vakili o‘z shikoyatini faqat mahkumning roziligi bilan
qaytarib olishga haqli.
Mahkum himoyachi tomonidan berilgan shikoyatni qaytarib olishga haqli.
Apellatsiya shikoyatini yoki protestini qaytarib olishga apellatsiya instansiyasi sudi
maslahatxonaga kirguniga qadar yo‘l qo‘yiladi.
497 -modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat va protest berish
Ish bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma
kunlik muddatda ushbu Kodeksning 
497 -moddasida
nazarda tutilgan shaxslar tomonidan
xususiy shikoyat yoki xususiy protest berilishi mumkin.
Hukm chiqarish bilan yakunlangan sud muhokamasi chog‘ida chiqarilgan ajrim ustidan
shikoyat berilgan yoxud protest bildirilgan taqdirda, hukm ustidan shikoyat va protest berish uchun
belgilangan muddat tugagandan keyingina ish apellatsiya instansiyasi sudiga yuboriladi.
Sud muhokamasi chog‘ida chiqarilgan va dalillarni tekshirish tartibiga, jinoyat protsessi
ishtirokchilarining iltimosnomalariga, ehtiyot chorasini tanlashga, uni o‘zgartirishga yoki bekor
qilishga, shuningdek sud majlisi zalida tartib saqlashga taalluqli ajrimlar ustidan ushbu moddaning
birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda shikoyat berish va protest bildirish mumkin emas. Ularga
qarshi e’tirozlar apellatsiya shikoyatiga yoki apellatsiya protestiga kiritilishi mumkin.
Ushbu ish bo‘yicha taraf hisoblanmagan shaxslar ham sud ajrimi ustidan, agar ajrim ularning
manfaatlariga daxldor bo‘lsa, shikoyat berishga haqlidir.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish