Asosiy qoidalar


-modda. Shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga ko‘rib chiqish uchun



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

509-modda. Shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga ko‘rib chiqish uchun
kiritishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimning mazmuni
1


Shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga ko‘rib chiqish uchun kiritishni rad etish
to‘g‘risidagi ajrimda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt, joy;
(509-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-716-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
2) ajrim chiqargan sudyaning lavozimi va familiyasi;
3) kassatsiya shikoyati, protesti bergan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
4) birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudlarining nomi, shuningdek ular tomonidan
qabul qilingan sud qarorlarining qisqacha mazmuni;
5) kassatsiya shikoyatining, protestining qisqacha mazmuni;
6) shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga ko‘rib chiqish uchun kiritishni rad etish
asoslari;
7) ajrim ustidan shikoyat berish, protest bildirish tartibi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi yoki uning o‘rinbosarlari kassatsiya shikoyati
bergan shaxsning shikoyatiga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning
o‘rinbosarlarining protestiga ko‘ra, o‘z ajrimi bilan sudyaning shikoyatni, protestni kassatsiya
instansiyasi sudiga ko‘rib chiqish uchun kiritishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimini bekor qilishga va
kassatsiya shikoyatini, protestini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha
sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun kiritishga haqli.
509 -modda. Shikoyat, protest kassatsiya instansiyasi sudiga ko‘rib chiqish uchun
kiritilganligi to‘g‘risida xabardor qilish
Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari, qonuniy vakili, jabrlanuvchi yoki uning
vakili, shuningdek fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari, agar shikoyat,
protest ularning manfaatlariga daxldor bo‘lsa, ish kassatsiya instansiyasi sudiga ko‘rib chiqish
uchun kiritilganligi to‘g‘risida uch kunlik muddat ichida xabardor qilinadi.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida
ko‘rsatilgan shaxslarga shikoyatning, protestning
ko‘chirma nusxasi yuboriladi yoxud ularning elektron nusxalari bilan kassatsiya instansiyasi
sudining internet-resursi orqali tanishish mumkinligi to‘g‘risidagi xabarnoma yuboriladi. Bunda
taraflarga shikoyatga (protestga) doir o‘z e’tirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida,
e’tirozlar taqdim etilgan muddatni ko‘rsatgan holda berishga bo‘lgan huquqi tushuntiriladi.
Shikoyat (protest) ustidan kelib tushgan e’tirozlar ishga qo‘shib qo‘yiladi.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish