506-modda. Kassatsiya shikoyatini, protestini ko‘rib chiqish muddatlari
Kassatsiya shikoyati, protesti kassatsiya instansiyasi sudida u kelib tushgan kundan e’tiboran
ikki oygacha bo‘lgan muddat ichida ko‘rib chiqilishi lozim. Bu muddat ishning murakkabligi yoki
hajmi kattaligi tufayli, shuningdek boshqa uzrli sabablar mavjud bo‘lganda, kassatsiya instansiyasi
sudining ajrimi bilan ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
507-modda. Kassatsiya shikoyatini, protestini o‘rganish
Kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi kassatsiya shikoyati, protestini o‘rganib, ko‘pi bilan
o‘n sutkalik muddat ichida quyidagi masalalarni hal qiladi:
shikoyatni, protestni ushbu Kodeksning
502-moddasiga
muvofiq qaytarishga doir asoslar
mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi;
jinoyat ishini talab qilib olishga doir asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi.
Shikoyatni, protestni o‘rganish natijalariga ko‘ra, sudya:
shikoyatni, protestni qaytarish to‘g‘risida;
jinoyat ishini talab qilib olish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Kelib tushgan jinoyat ishini o‘rganish natijalariga ko‘ra, sudya:
shikoyatni, protestni ish bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga ko‘rib chiqish uchun kiritish
to‘g‘risida;
ushbu Kodeksning
522-moddasida
nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda
shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga ko‘rib chiqish uchun kiritishni rad etish haqida
ajrim chiqaradi.
Ushbu moddaning
birinchi
va
ikkinchi qismlarida
ko‘rsatilgan qaror qabul qilinganligi
to‘g‘risida kassatsiya shikoyati, protesti bergan shaxsga uch kunlik muddat ichida xabar qilinadi.
508-modda. Kassatsiya shikoyatini, protestini kassatsiya instansiyasi sudiga ko‘rib
chiqish uchun kiritish to‘g‘risidagi ajrimning mazmuni
Shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga ko‘rib chiqish uchun kiritish
to‘g‘risidagi ajrimda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Oldingi
tahrirga qarang.
1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt, joy;
(508-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-716-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
2) ajrim chiqargan sudyaning lavozimi va familiyasi;
3) kassatsiya shikoyati, protesti bergan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
4) birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudlarining nomi, shuningdek ular tomonidan
qabul qilingan sud qarorlarining qisqacha mazmuni;
5) kassatsiya shikoyatining, protestining qisqacha mazmuni;
6) shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga ko‘rib chiqish uchun kiritish asoslari.
Do'stlaringiz bilan baham: |