Menejment nazariyasi


M enejment ilm in in g o'ziga xos xususiyatlari



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/168
Sana14.07.2022
Hajmi5,22 Mb.
#795289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168
Bog'liq
MENEJMENT NAZARIYASI a3bb8 [Unlocked by www.freemypdf.com]

1.4. M enejment ilm in in g o'ziga xos xususiyatlari
Bugungi kunda «menejment ilmi», «qabul qilish ilmi», «tizimli 
tahlil», «tizimlar haqida ilm», «operatsiyalar tadqiqoti» kabi bir- 
birini almashtirib qo'yish mumkin bo'lgan tushunchalarni uchratish 
m um kin. M enejm ent ilm in in g yondashish sifatida o'ziga xos 
xususiyatlari quyidagicha:
- ilmiy usulning qo'llanilishi;
- tizimli yondashish;
- modellar ishlatilishi.
Ilmiy usul menejment ilmi maktabining amaliyotda birinchi bor 
ishlatilgan, har qanday ilmiy tadqiqotning fundamental tadbiridir. 
U uch bosqichdan iborat.


1. Kuzatuv. 
Gap muammo va vaziyat haqida axborotni obyektiv 
tarzda yig'ish va tahlil qilish ustida ketmoqda. Masalan, mahsulot- 
larga ehtiyoj va zaxiralar darajasi o‘rtasidagi bog'liqlik ko'rib chi- 
qilayotganda rahbar zaxiralar darajasi ehtiyojga qarab o'zgarishini 
baholashi kerak. (Bugungi kunda ilmiy tahlilning bu va deyarli ham- 
ma boshqa jihatlari, odatda, idora bo‘linmalari mutaxassislari to- 
monidan o‘tkaziladi).
2. Gipotezaning ifoda qilinishi. 
Gipotezani ifoda etayotib, 
tadqiqotchi mavjud imkoniyatlar (altemativlar)- faoliyat (harakat) 
variantlari va vaziyat uchun ularning oqibatlarini aniqlaydi, shuningdek, 
ushbu kuzatuvlar asosida ularni prognozlaydi. Maqsad - muam- 
moning tarkibiy qismlari o'rtasidagi o'zaro bog'Iiqlikni o'rnatish. 
Masalan, kuzatuv oyi davomida ehtiyoj 10 foizga o'sganda zaxiralar 
kamayishni ko'rsatsa, rahbar zaxiralarning muayyan miqdorga 
o'sishi ularning bunday vaziyatda qisqarishi oldini oladi, degan 
gipotezaga asoslanishi mumkin.
3. V e rifik a ts iy a . 
V e rifik atsiy anin g yoki g ip o te zan in g
to‘g‘riligini tasdiqlanishning uchinchi bosqichida tadqiqotchi gipoteza­
ni qabul qilingan qarorning natijalarini kuzatib tekshiradi. Bizning 
misolni davom ettirib, rahbar zaxiralar darajasini idora mutaxassi- 
si taklif etgan miqdorga ko'paytirishi mumkin. Agar bunda zaxiralar 
kamaymasa yoki haddan ziyod ko'paymasa, gipotezani to‘g ‘ri deb 
tan olish kerak. Agar ehtiyojning o'sishi bilan mahsulotlarning 
yetishmasligi paydo bo'lsa yoki zaxiralar shunchalar o'ssa-ki, ular­
ni saqlash chiqimlari haddan ziyod bo'lib qolsa, unda gipotezani 
noto'g'ri deb tan olish kerak. Bu holda, rahbar birinchi bosqichga 
qaytib, mavjud axborotga gipotezani tekshirish bosqichida yig'ilgan 
axborotni va boshqa m a’lumotlarni qo'shgandan keyin yangi gi­
potezani ifoda qilishi kerak.
Menejment muammolarini hal etayotganda ilmiy usulni qo'llab, 
shuni esda tutish kerak-ki, tashkilot - bu o'zaro bog'langan qism- 
lardan iborat ochiq tizimdir. Shuning uchun menejmentda ilmiy 
yondashishning ikkinchi xususiyati sifatida tizimli yondashish 
gavdalanadi.
Menejment ilmining uchinchi xususiyati - modellarni ishlatish- 
dir. Modellashtirish ko‘p hollarda menejment m uam m olarining


murakkabligi va ilmiy tajribalarni real hayotda o'tkazish qiyinchili- 
gi tufayli zarurdir.
Modellashtirish - bizning muhokamada ko‘p e’tibor berilgan 
konsepsiyadir. Ilmiy menejment maktabining eng ko‘zga ko'rinadigan 
va ehtimol eng yirik hissasi oddiy sabab - oqibatli baholash uchun 
juda murakkab vaziyatlarda obyektiv qaror qabul qilishga imkoniyat 
beradigan muqobil modellarni ishlab chiqishdadir. Bunday model- 
larning ko'pi shunchalik murakkab-ki, hamma rahbarlar ham ularni 
mustaqil ravishda ishlatishga qodir emaslar. Biroq, modellar haqi- 
da ishonarli tasavvurning yo'qligi rahbarning sinash va hatolar 
usulini qo'llashiga hamda tekshirilgan usullar qo'llashning o'rniga 
o'ylanmagan qarorlar qabul qilishiga olib keladi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish