qobiliyati bilan erishadi. Boshlang’ich ixtisoslashish bosqichi taxminan 2-3 yilda o’z
ichiga oladi. Albatta, sportchining shaxsiy xususiyatlari
va sport turi shakllariga
muvofiq bu muddatlar o’zgarishi mumkin.
Trenirovka yuklamalarining hajmi va intensivligi ortib borib absolyut
maksimum darajasiga etadi. Sport yutuqlariga erishish bilan sport natijalarining
qo’shimcha o’sish darajasi pasayadi. Bunday pasayishga biologik-yosh
imkoniyatlarini stabillashuvi hamda trenirovka jarayonlarini
takomillashish
uslublari etarli emasligi sabab bo’lishi mumkin. Trenirovka jarayonida trenirovka
vositalarini uslublarini va shakllarini doimo yangilab turish umumiy va maxsus
tayyorgarlikni jismoniy yuklamalar hajmi va intensivligi bilan muvofiq holda tuzish
sportda uzoq vaqt natijalar ko’rsatishni ta’minlaydi.
Sportda uzoq yillar faoliyat ko’rsatish bosqichida trenirovka hajmi va
intensivligi bir xilda ushlab turish tavsiya etiladi. Vaqt o’tishi bilan organizmning
funktsional imkoniyatlari pasaya boshlaydi. Bu imkoniyatlar xususiy bo’lib, har xil
shart-sharoitlarga bog’liq. Sportning ayrim turlarida 40 yoshdan so’ng ham ijobiy
natijalarga erishish mumkin. Trenirovka jarayoni
yuksak ish qobiliyatini, maxsus
fazilatlar va malakalarni uzoq vaqt saqlab turish uchun 35-40 yoshdan o’zgarib
boradi. Bu bosqichda trenirovkaning mazmuni umumiy jismoniy tayyorgarlik
shakliga o’tib boradi. Bu davrda musobaqalar roli, jismoniy yuklamalarning oshib
borishi mohiyati kamayadi. Shunga muvofiq trenirovka jarayonlari ham qayta
tuziladi. Bu davrda sportchilarning umumiy ishchanlik
qobiliyatini saqlash va
organizm funktsiyalari rivojlanishini ta’minlashga e’tibor qaratiladi.
Jismoniy tarbiya tizimi shakllanishidan boshlab, aholini jismoniy
rivojlantirish, sog’lomlashtirish, mehnat va vatan mudofaasiga yo’naltirilgan
bo’lgan. Jismoniy tarbiya tizimining mazmuni, shakli
va uslublari takomillashib
kelmoqda. Takomillashuv jarayonlari har xil yo’nalishda amalga oshirilmoqda.
Shulardan biri jismoniy tarbiyaning kasbiy amaliy tayyorgarlik jarayonidir.
Kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarligi o’zining tarbiyaviy va tashkiliy
asoslariga va aniq yo’nalishiga ega. Kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarligi faoliyati
xom ashyo bazasiga, maxsus adabiyotlar, ilmiy izlanishlarni o’tkazish,
tashviqot-
targ’ibot ishlari olib borish, kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarligi rahbariyatining
maxsus nazariy va uslubiy tayyorgarligini ta’minlaydi. Oliy o’quv yurtlarida kasbiy
amaliy jismoniy tayyorgarligini rejalashtirishda uning tashkiliy bosqichlari hisobga
olinadi. Kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarligi jismoniy tarbiya jarayonida olib
boriladigan tarbiyaviy va sog’lomlashtiruvchi mashg’ulotlar bilan bog’liq.
Kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarligini mohiyatini belgilovchi muhim omil
mehnat sharoitidir. Turli kasb egalarining mehnat sharoiti turlichadir. Masalan, aqliy
mehnat bilan shug’ullanuvchi muassasa xodimlari ko’proq xonalarda o’tirgan holda
ishlaydi. Kompleks kompyuterlashtirish va ishlab
chiqarish operatsiyalarini
avtomatlashtirish, bugungi kundagi bozor iqtisodiyoti raqobatlrini engib chiqish,
ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash, mehnat va dam olish
tartibini takomillashtirish va boshqalar kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarligini
asosiy yo’nalishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: