2-Mavzu. Dielektriklarning qutblanishi. Dielektriklarning elektr o‘tkazuvchanligi. Dielektriklarda energiya isrofi Reja


Gazlaring elektr o‘tkazuvchanligi



Download 329,36 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana13.07.2022
Hajmi329,36 Kb.
#788722
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 mavzu

Gazlaring elektr o‘tkazuvchanligi. 
Gazlarda elektr toki erkin yoki ionlar hisobiga sodir bo’ladi. Kuchsiz elektr 
maydonidagi gaz neytral elektr zarrachalar - molekula yoki atomlardan tashkil 
topadi. Tashqi ta’sir-ionizator orqali sodir bo’ladigan gaz elektr o’tkazuvchanlik 
deyiladi. Ikkita yassi elektrod ionlashtirilgan gaz muhitiga kiritilib, ularga 
kuchlanish berilsa, ionlar harakatga kelib zanjirdan elektr toki o’tadi. 
Normal sharoit (t=20
0
C, 

=65%, 

=760 mm. sim.ust) da havoda to’yingan tok 
zichligi I juda kichik qiymatga, ya’ni kuchlanishning 0,6 V/m qiymatida 10
-15
A/m
2
ga to’g’ri keladi. Shuning uchun ham, havo yaxshi dielektrik hisoblanadi. 
Gazlarda mustaqil bo’lmagan elektr o’ tkazuvchanlik tashqi ionizator, kosmik yoki 
radioaktiv nurlar bartaraf etilsagina to’xtaydi. Bunda zaryad eltuvchilar keskin 
kamayishi sababli, gazdan o’tayotgan tok nolga intiladi. 
Qattiq dielektriklarning elektr o’tkazuvchanligi. 
Qattiq jismlarning elektr 
o’tkazuvchanligi ular tarkibidagi ionlar yoki boshqa zarralarning siljishi hisobiga 
sodir bo’ladi. Ba’zi qattiq jismlarda esa elektr o’tkazuvchanlikni erkin elektronlar 
keltirib chiqaradi. Kuchli elektron maydoni ta’sirida jismda elektronli elektr 
o’tkazuvchanlik kuzatiladi. Elektr o’tkazuvchanlik turi Faradey qonunini qo’llash 
orqali tajriba yo’li bilan aniqlanadi. Ion tuzilishli dielektriklarda elektr 
o’tkazuvchanlik, asosan, issiqlik harakati ta’sirida ozod bo’ladigan ionlar siljishi 
hisobiga ro’y beradi. Past haroratda kristall panjarada bo’sh bog’langan ionlargina, 
xususan, qo’shimchalarning ionlari siljiydi. Atom yoki molekula panjarali 
dielektrikning elektr o’tkazuvchanligi qo’shimchalari hisobiga ro’y beradi. Bu 
holda uning solishtirma elektr o’tkazuvchanligi juda kichik qiymatni tashkil etadi. 


Har bir muayyan hol uchun elektr o’tkazuvchanlik jarayoni zaryad eltuvchining 
aktivatsiya energiyasi qiymatiga asoslanib aniqlanadi. 
Kristallarda elektr o’tkazuvchanlik kristall o’qlari bo’yicha bir xil bo’lmaydi, 
amorf jismlarda esa elektr o’tkazuvchanlik turli yo’nalish bo’yicha bir xil bo’ladi. 
Yuqori molekulali organik polimerlarda solishtirma elektr o’tkazuvchanlik 
ularning polimerlanish va vulkanlanish darajasi bilan aniqlanadi. Organik qutbsiz 
amorf dielektrik (polistirol va hokazo)ning solishtirma elektr o’tkazuvchanligi 
ancha kichikdir. Shishaning elektr o’tkazuvchanligi uning kimyoviy tarkibiga 
bog’liq bo’lgani sababli mazkur qiymatni texnologik jarayonda boshqarish 
mumkin bo’ladi. Masalan, kvarsli shisha juda kichik solishtirma elektr 
o’tkazuvchanlikka ega. Agar uning tarkibiga turli xil metall oksidlari kiritilsa
shishaning elektr o’tkazuvchanligi birmuncha o’zgaradi. Shisha tarkibiga 
Mendeleyev jadvalining birinchi guruhidagi ishqoriy metall oksidlari kiritilsa, 
uning solishtirma o’tkazuvchanligi keskin o’sadi va bu o’sish qiymati metall 
ionning radiusiga bog’liq bo’ladi. Ion radiusi qancha kichik bo’lsa, solishtirma 
o’tkazuvchanlik qiymati shuncha yuqori bo’ladi. 
Qattiq jismning yuqorida kiritilgan elektr o’tkazuvchanligi elektr maydon
kuchlanganligining 
kichik 
qiymatlariga 
nisbatan 
tegishlidir. 
Maydon 
kuchlanganligi qiymati oshirilsa, kristall tuzilishga ega jismlarda elektronli tok 
oqimi hosil bo’ladi va natijada Om qonuni buziladi. Maydon kuchlanganligi 10-
100 MV/m dan yuqori kuchlanganligiga bog’liqligi Pulning empiric formulasi 
orqali ifodalanadi: 




exp 

E , (2.16) 
bunda; 
E
– maydon kuchlanganligi, MV/m;

-(Om qonuni buzilmaydigan sohaga 
tegishli solishtirma elektr o’tkazuvchanlik, Sm;

 
- materialni ifodalaydigan 
koeffisient.) 
Maydon kuchlanganligining qiymati teshilish kuchlanganligiga yaqin bo’lganida 
solishtirma o’tkazuvchanlik Frenkel ifodasi orqali aniqlanadi:

=

exp (



)
(2.17) 
Elektr maydoni ta’sirida bo’lgan dielektriklar eskirish xususiyatiga ega bo’lib, 
bunda materiallarning dielektrik, mexanik va boshqa xossalari yomonlashadi. 
Sopolda bunday o’zgarish juda kam bo’lsa ham, lekin unda elektr kimyoviy 
eskirish kuzatiladi, bu jarayon sopolning kristall panjarasidan kislorod chiqib 
ketishi va elektr o’tkazuvchanlikda ionning ishtiroki bilan tushuntiriladi. 

Download 329,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish