Bob. Aqli zaif o’quvchilarni kasb hunar malakasini shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari



Download 196,14 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.07.2022
Hajmi196,14 Kb.
#788504
Bog'liq
Bob. Aqli zaif o’quvchilarni kasb hunar malakasini shakllantiris (1)



MUNDARIJA 
KIRISH……………………………………………………………………2-5 I. 
BOB. AQLI ZAIF O’QUVCHILARNI KASB HUNAR MALAKASINI 
SHAKLLANTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. 1.1. Aqli zaif 
bolalarni aqliy ijtimoiy rivojlanishda mehnatning roli…6-13 1.2. Aqli zaif 
bolalarni ongli kasb tanlashda maktab va oilaviy muhtning ijtimoiy psixologik 
ta’siri………………….…………………………..14-20 1.3. Yordamchi maktab 
o’quvchilarini kasb –hunarni egallashning o’ziga xos 
xususiyatlari…………………………………………………………21-24 II. BOB. 
YORDAMCHI MAKTAB O’QUVCHILARINING KASBHUNARGA 
YONALTIRISHNING TA’LIMIY NAZARIYASI. 2.1. Yordamchi maktab 
mehnat ta’limi “dasturini” mazmuni va 
vazifalari..................................................................................................25-34 2.2. 
Yordamchi maktab ta’lim jarayonida o’quvchilarni kasb hunarga yo’naltirishning 
omillari…………………………………………………35-38 2.3. O’quvchilarni 
kasb hunarga yo’naltirishda sinfdan tashqari va maktabdan tashqari olib 
boriladigan ishlarning o’rni……………………39-41 
XULOSA……………………………………………………………………..42-46 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI...................................47-49 
ILOVA……………………………………………………………………….50 - 53


KIRISH
Muammoning dolzarbligi: Respublikamiz mustaqillikka erishgach yurtimizdagi 
ko’p o’zgarishlar kabi ta’lim sohasida xam juda katta o’zgarishlar bo’ldi. Xususan 
nogiron bolalarga ta’lim tarbiya berish, ularni jamiyatda o’z o’rnini topishga 
yordam berish lozimligi kabi masalalar atroflicha davlat siyosati darajasiga 
kutarildi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek “Respublikamizning bugungi va ertangi 
taqdiri yosh avlodning kasb mahorati, intelektual darajasi ma’naviy taraqqiyot 
etgan jismoniy sog’lomligiga bog’liq” Darhaqiqat yurtimizda sog’lom kishilar 
qatori nuqsonli insonlar ham jamiyatda ma’lum jabhada faoliyat ko’rsatib, o’z 
o’rnini topishga haqlidirlar. Shu o’rinda aqli zaif insonlarni kasb xunar egasi 
bo’lishi, jamiyat uchun foydali kasbga yo’naltirish xususida so’z yuritib o’tsam. 
Kasbga yo’naltirishdan asosiy maqsad yosh avlodni o’zi ma’qul ko’rgan kasbni 
ongli ravishda tanlashdan iborat bo’lib, bu jarayon shaxsning bo’g’usi kasbiy 
faoliyat sub’ekti sifatida shakllanish jarayonini o’tadi, bozor iqtisodi 
munosabatlariga moslashib borishga ko’maklashadi. Kasbga yo’naltirishda 
yoshlarni erkin va mustaqil tanlashlarining amaliy tizimi sifatida qaralishi lozim. 
Kasb tanlashda har bir shaxsning individual psixologik xususiyatlari, xalq xo’jaligi 
manfaatlari nuqtai nazaridan mehnat resurslarini to’laqonli ta’minlash zaruriyati 
kabi omillar hisobga olinmog’I lozim. Xozirgi kunda respublikamizda amalgam 
oshirilayotgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablaridan kelib chiqqan holda 
kasb hunarga yo’naltirish sohasida mavjud bo’lgan ilmiy xulosalar va tavsiyalarni 
ta’lim islohotlari bosh maqsadidan kelib chiqqan xolda yangilash zaruriyati yuzaga 
kelmoqda. Kasbga yo’naltirish bu yoshlarning qiziqishlari, layoqatlari, 
qobiliyatlari va jamiyatning turli xil kasblariga bo’lgan ehtiyojiga mos, ularni 
asoslangan kasb tanlashga yordam beradigan maqsadli faoliyatdir. “Eng muhimi, 
shuni anglab yetishimiz kerakki, kadrlar masalasini xal etmas ekanmiz, say 
harakatlarimiz kutilgan natijalarni berishi, hayotimiz, ma’naviyatimiz o’zgarishi 
qiyin kechadi. Demakki, zamonaviy ta’lim –tarbiya tizimini isloh qilish, zamon 
talablariga mos kadrlar tayyorlash ishini yo’lga qo’yish faoliyatimizning bosh 
yo’nalishi bo’lmog’I darkor”. 4 “Ta’lim to’g’risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi to’g’risida”, “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida”gi 
O’zbekiston Respublikasi qonunlari talablarini ta’minlash maqsadida 
respublikkada imkoniyatlari cheklangan bolalar va o’smirlash uchun qulay iaroitlar 
yaratish borasida hukumatimiz tomonidan katta ishlar amalgam oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 17 maydagi 
“Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari 
faoliyati to’g’risidagi” 100-sonli qaroriga asosan imkoniyatlari cheklangan 
shaxslarga ehtiyojlaini qondiridh uchun kasb-hunar ta’limini olishning qonuniy 


bazasi yaratildi. Ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kolleji O’zbekiston 
Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va 
o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, 
Iqtisodiyot vazirligi va Sog’liqni saqlash vazirliklarining qo’shma Qarori bilan 
tasdiqlangan “Mutaxassisliklar va kasblar ro’yxati”ga asosan imkoniyatlari 
cheklangan o’smir va yoshlarga kasb-hunarga ega bo’lishlarida teng huquqini 
ta’minlaydi. “Imkoniyati cheklangan ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kasbga 
yo’naltirishni tashkil etish masalalari” metodik qo’llanmasi imkoniyatlari 
cheklangan o’smir va yoshlarni kasbiy tayyorgarligi jarayonida ishtirok etuvchi 
sub’ektlar – barcha maxsus maktablar va maktab-internatlar defektologlari, 
oligofrenopedagoglar, surdopedagoglar, tiflopedagoglar hamda, hududiy xalq 
ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi 
o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va pedagogic-psixoligik diagnostikasini 
metodik ta’minlash kichik guruhlari defektloglari, shuningdek, imkoniyati 
cheklangan bolalar bilan shug’ullanuvchi barcha mutaxassislar, imkoniyati 
cheklangan farzandlari bo’lgan ota-onalar va keng jamoatchilik uchun 
mo’ljallangan. Tadqiqotning maqsadi: maxsus yordamga muhtoj, xususan, aqli zaif 
o’quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslari va samarali 
tizimini ishlab chiqish. Tadqiqotning obyekti – maxsus maktablarning 4-9 sinf 
o’quvchilari. 5 Tadqiqotning predmeti – maxsus yordamga muhtoj o’quvchilarni 
kasbhunarga tayyorlash yo’llari, mazmuni, shakl va metodlari. Tadqiqotning 
vazifalari: 1) maxsus yordamga muhtoj o’quvchilarni: a) kasb-hunarga 
tayyorlashning nazariy va amaliy asoslarini o’rganish; b) kasb-hunarga tayyorlash 
tizimini va amaliyotdagi mavjud ahvolni o’rganish va tahlil qilish; 2) maxsus 
maktablar mehnat ta’limi o’qituvchilarining kasbiy-metodik tayyorgarligi 
darajasini aniqlash: 3) maxsus yordamga muhtoj o’quvchilar uchun metodik 
kompleks ishlab chiqish va pedagogik tavsiyalar tayyorlash. Tadqiqotning ilmiy 
farazi: - maxsus yordamga muhtoj o’quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash 
muammosi nazariy-metodologik asosga ega bo’lsa; - ularni mehnat va kasb-
hunarga yo’naltirishda o’quv fanlari mazmunining psixologik, pedagogik asoslari 
aniqlansa; - ular milliy kasb-hunarlarga ta’lim-tarbiya jarayonida o’rgatilsa va 
o’quvchilarni tarbiyalashda mehnat an’analari tajribalaridan samarali foydalanilsa; 
- maxsus ta’lim muassasalari mehnat ta’limi o’qituvchilarining kasbiymetodik 
tayyorgarligi talab darajasida bo’lsa; - maxsus maktablar va ixtisoslashtirilgan 
sanoat kasb-hunar kollejlari mehnat va kasb ta’limi o’qituvchilari uchun ilmiy 
asoslangan pedagogik tavsiyalar ishlab chiqilsa, respublikamizda aqli zaif bolalarni 
kasb-hunarga tayyorlash samaradorligi oshadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 1. 
Maxsus maktablar, maktab-internatlaridagi aqli zaif o’quvchilarni kasb-hunarga 
tayyorlash ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berildi. 2. Maxsus yordamga muhtoj aqli 


zaif o’quvchilarning kasb-hunarni tanlashga bo’lgan qiziqishining yuzaga kelishi 
va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar aniqlandi. 6 3. Maxsus ta’lim 
muassasalarining mehnat ta’limi o’qituvchilari uchun aqli zaif o’quvchilarni kasb-
hunarga tayyorlashga doir, ta’limning uzviyligini ta’minlash borasida pedagogik 
tavsiyalar ishlab chiqildi va maxsus yordamga muhtoj o’quvchilarni kasb-hunarga 
tayyorlashning samarali tizimi yaratildi. Tadqiqotning metodlari: - pedagogik 
tajriba-sinov; - savol-javob, suhbat, so’rovnoma, kuzatish; - natijalarni 
umumlashtirish. Tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati: Maxsus yordamga muhtoj 
o’quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashning ilmiynazariy jihatlari asoslandi, qiyosiy 
tahlil asosida bunday o’quvchilarning psixologik xususiyatlari aniqlandi hamda 
kasb-hunarga tayyorlashning ijtimoiypedagogik shart-sharoitlari belgilandi. 
Tadqiqotning metodologik asosi: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I.A.Karimovning ta’lim-tarbiyaga oid asarlari, O`zbekiston Respublikasining 
«Ta’lim to`g`risida»gi Qonuni «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», maxsus maktab 
o’quvchilari ta’lim faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan me’yoriy hujjatlar 
hamda mavzuga oid ilmiy psixologik va pedagogik, metodik manbalar. Ishning 
tarkibiy tuzilishi: Ish kirish, 2 bob, 6 ta paragraf, tajriba-sinov natijalari, xulosa, 
ilova va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
7 I. BOB. AQLI ZAIF O’QUVCHILARNI KASB-HUNARGA MALAKASINI 
SHAKLLANTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 1.1. Aqli zaif 
bolalarni – aqliy ijtomoiy rivojlanishida mehnatning roli Imkoniyati cheklangan 
shaxslar bo’lgan o’quvchilarni chuqurlashtirilgan ixtisosli, tabaqalashtirilgan 
o’qitish, intellectual rivojlantirishni ta’minlash va ularning jismoniy kamol topishi 
xususiyatlariga muvofiq tanlangan kasblar bo’yicha mutaxassislikni egallash soha 
mutaxassislarining maqsadi hisoblanadi. Imkoniyatlari cheklangan shaxslar 
mutaxassislik bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi, ularning kasbiy-ta’lim 
xizmatlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondiridh uchun shart –sharoitlar yaratish 
pedagog xodimlarning asosiy vazifasi. Shunday ekan davlat ta’lim standartlari 
doirasida umumta’lim va kasb-hunat dasturlarini amalgam oshirishda 
o’quvchilarning tanlangan kasbga muvofiq o’qishni ta’limning navbatdagi 
bosqichlarida davom ettirish va mehnat faoliyati bilan shug’ullanish uchun zarur 
va yetarlicha bo’lgan bilimlari va kasb tayyorgarligi darajasini chuqurlahtirish 
talab etiladi. Ta’limning mazmuni, ta’lim jarayonini tashkil etish (o’qish muddati, 
o’quv jarayoni jadval) Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan 
kelishilgan holda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus , 
kasbhunar ta’limi markazi tomonidan tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari 
asosida ishlab chiqiladigan maxsus o’quv rejalari va dasturlari bilan belgilanadi. 
Ta’lim jarayoni kasbiy va amaliy ko’nikmalar bilan birga o’quvchilar shaxsning 


shakllanishiga, ularning ijtimoiy moslashuviga va jamiyatga uyg’unlashuvuga 
ko’maklashadi. Imkoniyati cheklangan o’quvchilarni tanlagan kasblari bo’yicha 
o’qish muddati o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limningining tegishli mutaxassisliklari 
va kasblari bo’yicha imkoniyatlari cheklangan shaxslar o’qishi uchun zarur va 
yetarli o’quv yuklamasining umumiy hajmi hisobga olingan holda belgilanadi. 
Bunda tanlangan kasblarning soni va murakkabligi e’tiborga olinadi. 8 
O’quvchilarni kollejga qabul qilish ularning o’qish yo’nalishlarini ixtiyoriy 
tanlashi hisobga olingan holda umumiy o’rta ta’lim negizida amalgam oshiriladi. 
O’qishga qabul qilishda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun mutaxassisliklari va 
kasblar ro’yxatiga muvofiq tibbiy tavsiyalar hisobga olinadi. Turli darajadagi aqli 
zaif shaxslar uchun tavsiya etiladigan kasblar. Kasallik turi bo’yicha nogironlik: 
Oligofreniya. Oligofreniya tashxisi qo’yilgan shaxslarga-yuqori harorat va 
balandlikdagi ishlar, har qanday xavf-xatar bilan bog’liq ishlarda ishlash tavsiya 
etilmaydi. Ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan bitiruvchilar uchun 
mutaxassislik kodi, mutaxassislik va kasblar turi. Mexanik yig’ish ishlari. Mexanik 
yig’ish ishlari mexanigi. Kesish asboblari charhlovchisi. Yog’ochga ishliv berish 
va mebel’ ishlab chiqarish. Yog’ochga ishlov berish va mebel’ ishlab chiqarish 
ustasi, mebellarni yig’uvchi, mebellarni qoplovchi-pardozlovchi. Matbaa ishlab 
chiqarish jihozlari va texnologiyasi. Fal’slash, qotirma, tikuv qo’shma va kesish 
agregatlari texnigi, broshyuralar-muqovalsh ishlab chiqarish operatori. Matbaa 
mashinalari va jihozlarini ishlatish. Matbaa mashinalari mexanigi, ta’mirlovchi –
chilangar. Bosish jarayoni texnologiyasi. Ofset bosma bosuvchi, Yuqori bosma 
bosuvchi. Terish texnoligiyasi va matn qoliplarini tayyorlash. Bosma qoliplar 
tayyorlash texnologi, matbaada kom’yuterda terish operator-dizayneri. Tikuvchilik 
ishlab chiqarish. Keng turdagi kiyimlar tikuvchisi. Poyafzal va charm galantereya 
ishlab chiqarish. Poyafzal va charmgalantereya buyumlari tikuvchisi. Ortopedik 
oyoq-kiyimlarini tikish va ta’mirlash poyafzalchisi. Qurilish ishlari. Umum 
qurilish ishlari ustasi, Po’lat vat emir-beton konstruksiyalarini o’rtanish ustasi. 9 
Qurilish –pardozlash ishlari. Qurilish-pardozlash ishlari ustasi. Qoplash, 
koshinkorlik, mozaikalash va marmarlash ishlari ustasi. Duradgorlik va parket 
ishlari. Duradgorlik ishlari ustasi. Parket ishlari ustasi. Bog’-park qurilishi. Bog’-
park qurilishini tashkil etuvchi. Ko’kalamzorlashtiruvchi. Gulchi, o’simliklarni 
himoya qilish laboranti. Suv ta’miloti va kanalizasiya tizimlarini montaj qilish va 
ta’mirlash. Suv ta’minoti va kanalizasiya tizimlarini montaj qilish va ta’mirlash 
texnigi. Umumiy ovqatlanishni tashkil etish. Umumiy ovqatlanish texnologi. 
Milliy taomlar oshpazi. Chet el taomlari oshpazi. Qandolatchi. Nonvoy. 
Fotografiya. Retushyor. Foto-labarant. Bu masalalarda mintaqa xususiyatlarini, 
milliy an’analarini va tarixiy tajribasini xisobga olish lozim bo’ladi. Shuningdek, 
fan –texnika taraqqiyotining xozirgi talablari asosida yoshlarga mehnat tarbiyasi 


berish va ularni turli kasblarni egallashga yo’naltirish shakl va metodlarni 
takomillashning yangi yo’llarini qidirish lozim. Sharq mutafakkirlari ta’limotida 
o’g’il va qizlarga ta’lim tarbiya berish, ularga kasb-hunar o’rgatish g’oyasi muhim 
o’rin egallaydi, buni biz o’zbek xalq maqollaridan bilib olishimiz mumkin. 
Maqollarda bilim va kasb korliklarning inson hayotidagi o’rniga yuksak baho 
berib, farzandlarining barkamol bo’lib o’lg’ayishini orzu qilganliklarini 
ko’rishimiz mumkin. O’quvchilarning kasb tanlashi o’qiga xos murakkab va qat’iy 
ketma ketlikda jarayon bo’lib bu, jarayonga jiddiy yondashilsa ko’proq 
anglashilmovchilikni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari kasb tanlashda barcha 
tanlovlardagi singari vaqt o’tib borishi bilan afzallikning o’zgarib borishi masalasi 
turadi. Ya’ni avval afzal deb topilgan tanlov vaqt o’tishi va ijtimoiy 
rivojlanishnatijasida o’zining qimmatini o’zgartirib boradi. Har bir insonning yoshi 
ulg’ayishi sari uning qiziqishlari o’zgarib boradi, natijada kasbga nisbatan tanlov 
ham vaqt o’tgan sari o’zgarishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, ishlab chiqarish 
xalq xo’jaligining barcha sohalarida mamlakatimiz rivojlanishini ta’minlovchi 
yetuk kadrlarni tayyorlash har bir pedagogning oldida turgan dolzarb vazifadir. 10 
Yordamchi maktablardagi mehnat nuqsonli bolalarni kelajakda ijtimoiy 
moslashuvda mehnatning o’rni beqiyosdir. Maxsus maktablarda mehnat alohida 
tashkil etilishi lozim. Chunki mehnat faoliyatida nuqsonli bolalardagi psixofizik 
yetishm,ovchiliklar ko’proq tuzatiladi va bartaraf etiladi. Mehnat jarayonlari 
yordamchi maktab bolalarini atroflicha rivojlantirish va hayotga, mehnatga 
tayyorlashning asosidir. Bu maktablardagi mehnat tarbiyasining vazifalari 
o’quvchilarni mehnat malakasi va ko’nikmalari bilan qurollantirish ijtimoiy 
hayotda o`z o’rnini topishiga yordam beruvchi omil hisoblanadi nuqsonli bolalarni 
tarbiyalshda ijtimoiy mehnat, mehnat darsini ahamiyati beqiyosdir. Ijtimoiy foydali 
mehnatga o’z-o’ziga xizmat qilish, turli kechalarni tashkil etish va o’tkazish, 
ko’rgazmalar, tanlovlar, maktabni obodonlashtirish ishlari, hosilni yig’ishtirib 
olish, to’garak ishlari va boshqa qator mehnat turlari kiradi. Bu mehnat turlari 
mazmunining turli –tumanligi nuqsonli bolalarning keng hajmda bilim 
egallashlariga imkoniyat yaratadi. Maxsus maktablarda mehnat tarbiyasi ishlab 
chiqarish mehnatlarida samarali natija beradi. Mehnat orqali bolalar turli fanlarga 
nazariy bilimlar olish bilan birga, ularda shaxsiy sifatlar shakllanib borishi asosida 
mehnat davolash vazifalarini ham o’taydi. Barcha mehnat jarayonidagi 
hattiharakatlar oqibatida fiziologik jarayonlar yaxshilanib boradi, ruxiyatga ijobiy 
ta’sir etadi. Ularning ijobiy hislatlari shakllanadi. Ularda irodaviy sifatlar namoyon 
bo’la boshlaydi. Ular faoliyatiga tashkiliy ma’no beradi, asosiysi, mehnat tufayli 
aqli zaif bolalar o’z kasalliklari oid fikrlardan chalg’iydilar. Mehnat orqali 
bolalarni kelajakda jamiyat uchun xavfli inson bo’lib shakllanmasligi uchun 
immunitet shakllanadi. Bolalar kelajakda ijtimoiy hayotda o’z o’rnini topa olishi, 


o’z-o’zini boqa olishi, mehnat darslari, mehnat tarbiyasi orqali kasbga 
yo’naltirishda amalgam oshiriladi. Bu bir omil hisoblanadi. Yordamchi 
maktablarda o’quv qo’llanmalarini va maktab jihozlarini ta’mirlash, sinfda gul 
o’stirish, “jonli burchak”da jonivorlarni parvarish qilish, chiqindi qog’oz va metal 
to’plash, maktab yer maydonidagi ishlar, o’quvchilar va tarbiyalanuvchilar uchun 
mehnat va to’garaklarda o’yinchoqlar yasash, sinfda, maktabda, oshxonada 
navbatchilik qilish ishlari qilishi kiradi. 11 Ana shunday topshiriqlarni bajarish 
asosida o’quvchilarda axloqiy tushunchalar mustahkamlanadi, ular jamoatchilik 
faoliyatiga qiziqa boshlaydilar. Ular bunday mehnat natijasida odat, ihtiyoj 
shakllanadi, maqsad sari intilish rivojlanib boradi. Berilgan barcha topshiriqlar 
bolalarni xususiyatiga, nuqsoniga mos bo’lib ma’lum vaqt beriladi. Aqli zaif 
bolalarni amalda ishlatib tarbiyalash muhim pedagogic korreksion masala 
hisoblanadi. Bolalarni mehnatga tarbiyalash jarayonida: - bola mehnatga qanchalik 
jalb etilsa, uning mehnat tarbiyasi shunchalik muvaffaqiyatli o’tadi. - Bolalarni 
mehnati ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lishi kerak. - Charchoq, horish hissini 
to’g’ridagigan sevimli mehnatgina bolalarga quvonch bag’ishlaydi. Jismoniy va 
aqliy kuch talab etmaydigan yengil mehnat samara bermaydi. - Kattalat bolaning 
mehnatini odob doirasida nazorat qilish, boladagi o’z kuch g’ayratiga ishonchini 
qo’llab –quvvatlashi kerak. Agar yordamchi maktab o’quvchisi topshiriqni 
bajarganidan keyin o’z muvaffaqiyatidan quvonsa, qilgan ishi bilan faxrlansa, 
haqiqiy inson sifatida kamol topadi, baxtiyor bo’ladi. - Yordamchi maktab 
o’quvchilarini mehnati dam olish bilan almashtirib borishi kerak. Mehnat turlarini 
navbat bilan bajarilishi ham charchoqni bosadi. - Har qanday mehnat topshirig’I 
foydali, imkon boricha natijali bo’ishi kerak. Bu natija jamoat uchun va o’zi uchun 
qanchalik ahamiyatga ega bo’lsa, mehnatning tarbiyaviy ta’siri shuncha kuchli 
bo’ladi. Sharq mutafakkirlari, pedagoglar xo’ja ko’rsinga qilinadigan yoki 
bolaning vaqtini oladigan qatiy e’tiroz bildirganlar. - Unumli mehnatda bolaning 
shaxsiy, moddiy manfaatdorligini rad etmasligi kerak. Tajribalarning 
ko’rsatishicha faqat shaxsiy manfaatdorligi orqali bola to’la kuchi bilan ishlashi 
o’rganishi, jamoaga singib ketishi va shu tarzda to’la qimmatli mehnatkash 
darajasiga ko’tarlib, shu asosda burch 12 va sharafga binoan ishlash imkoniyatini 
beradigan yuksak ong hosil qilish mumkin. - Mehnat faoliyatini tashkil qilish 
ahloqiy tarbiya, intizom bilan bog’lanishi lizim. Zero insonning kundalik turmush 
tarzi mehnat va faoliyati bilan bog’liqdir. Shi sababli mehnat butun moddiy va 
ma’naviy boylklarning ijtimoiy taraqqiyoti mezodidir. Mehnat tarbiyasi shaxsni 
har tomonlama shakllanish vositasi, uning shaxs sifatida ulg’ayishi omili hamdir. 
Muntazam qilingan mehnat jarayonida bola o’z aqlini, irodasini hissiyotini 
xarakterini rivojlantirishi mumkin. Pedagogika fanida yosh avlodni 
shakllantirishda mehnat tarbiyasi juda katta rol o’ynashini rus pedagogi 


D.K.Ushenskiy bunday deb yozgan edi; “Tarbiyaning o’zi agar u kishini baxtiyor 
bo’lishini istar ekan, uni baxt uchun tarbiyalash kerak emas, balki turmush 
mehnatiga tayyorlash lozim”. Mehnat tarbiyasi bolaning tevarak atrofdagi muxitni, 
real buyumlarni anglab olishining mustahkam vositasi bo’lib, unga nazariy 
bilimlarni qo’llash imkoniyatini yaratib beradi, uning ongini xissiy tasavvurlar 
bilan boyitadi. Mehnatning ijtimoiy axloqiy ahamiyatiga e’tibor berishi, mehnat 
o’quvchning yoshi, hayot tajribasi va imkoniyatlariga to’la mos bo’lishi, ularning 
mehnat faoliyatlari ijodiy xarakatda bo’lishi, o’z vaqtida turli kasblar haqida 
ma’lumotlar berib borilishi, mehnat ahllari bilan doimo suhbat va uchrashuvlar 
tashkil qlish kabilar. Umuman olganda mehnat tarbiyasi ijtimoiy tarbiyaning 
tarkibiy qismidir. Mehnat tarbiyasining bosh g’oyasi shaxsda mehnat faoliyatini 
tashkil etish, ko’nikma va malakalarni hosil qilish, ijtimoiy mehnatni qadrlash, 
mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash sanaladi. Mehnat, mehnat qilishga ruhiy 
tayyorgarlik zarur. Bunda; -Mehnatning inson faoliyatidagi ahamiyatini anglash -
Mehnatning maqsadi va vazifalarni anglash; -Mehnat faoliyatini tashkil etish 
rag’batini qaror toptirish; -Mehnatga ongli munosabatda bo’lishlikni qaror 
toptirish; -Mehnatni tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirish; -Mehnat 
kishilik taraqqiyotidagi bosqichlardagi roli va o’rnini anglash; 13 -O’tmish 
ajdodlarimizning ulug’lovchi qadriyatlarni anglash va shu kabilar; Mehnat 
tarbiyasining vazifalari qo’yidagilardan iborat:
1. Mehnatning mohiyatini anglash orqali o’quvchilarga mehnatning shaxs kamoloti 
va jamiyat taraqqiyotidagi rolini yoritib berish;
2. Inson mehnati hamda mehnat vahsuli bo’lgan voddiy va ma’naviy ne’matlarni 
qadrlash, asrab avaylashga o’rgatish;
3. Mehnat qilishga rag’batni, shuningtdek, muxabbatni uyg’otish; - mehnat 
faoliyatini jamoa asosida tashkil etish; 
4. Muayyan kasb sirlarini o’zlashtirishga erishishdir. Zero, imkoniyati cheklangan, 
rivojlanishida nuqsoni bor bolalar va o’smirlar orasida aqli zaif bolalar anchagina 
miqdorni tashkil etadi. 
Aqli zaif bolalar juda yoshligidan boshlab nafaqat tibbiy yordamga, balki tarbiya 
va ta’limning mahsus sharoiti hamda usullariga muhtoj bo’ladilar. Ularning 
jamiyat hayotiga moslashuvi darajasi ko’pchilik mutaxassislar, birinchi navbatda, 
pedagog-defektologlarning kuch g’ayrat bilan ishlashlarini talab qiladi. Aqli zaif 
bolalarda ta’lim va tarbiya jarayonida zaruriy axloqiy tushunchalar, madaniyat 
xulqi malakasi shakllanadi, shaxs shakllanadi, rivojlanishdagi kamchlik 
to’g’irlanadi va natijada ijtimoiy moslashuv uchun zamin yaratiladi. Biroq 


o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki, aqli zaif bolalar uchun mahsus 
bitiruvchilarning mehnat, maishiy va psixologik moslashuvi har doim ham 
muvaffaqiyatli ketavermaydi. Ishni tez-tez almashtirish tendensiyasi, ish haqidan 
qoniqmaslikning har doim ham asoslanmaganligi, jamoaning boshqa a’zolari bilan 
aloqa o’rnatishda qiyinchiliklar tug’ilishi, korxonaning jamoatchilik va ma’daniy 
hayotida ishtirok etishdan chetlashtirishlar seziladi. Ota-onasi bilan yashaydigan 
bitiruvchilarda esa boqimandalik kayfiyati aks etadi. Ijtimoiy moslashuv shaxsni 
turlicha ijtimoiy muhitning strukturaviy elimentlariga faol kirishishiga imkon 
beruvchi ya’ni jamoaning jamiyatchilik hayoti va faoliyatida baholi qudrat ishtirok 
etuvchi, jamiyatning ijtimoiy va maishiy hayitiga qatnashuvchi, yotoqxonaning 
miyorlari va qoidalariga muvofiq o’z hayotini qura oluvchi sosializasiyaning 
mexanizmlaridan birinchi o’zida aks ettiradi. Ijtimoiy moslashuv – bu shaxs va 
jamiyat o’zaro ta’sir ko’rsatuvchi 14 uzluksiz jarayon. Aqli zaif bolalar o’z 
xususiyatlariga ko’ra mustaqil ravishda ma’lumot va bilim ololmaydilar. Bunda 
ularni o’rab turgan olam, katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan muloqatning 
kamligi ham qisman rol o’ynaydi. Shunga bog’liq holda maktabda amalga 
oshiriladigan maqsadga yo’naltirilgan tarbiyaning o’rni alohida ahamiyatga ega. 
Bu hammadan oldin o’quvchilar uchun yagona ko’p omilli ta’sir tizimi bo’lishi 
kerak. Uni ijtimoiy maishiy mo’ljal bo’yicha, mehnat ta’limi, umumta’lim 
predmetlari va darsda hamda darsdan tashqari vaqtdagi tarbiyaviy ish tashkil etadi. 
- Ijtimoiy –maishiy bilim va ma’lumotlarini to’plash sekin-astalik bilan, muntazam 
ravishda doimiy ketishi kerak. Ijtimoiy –maishiy mo’ljalning amaliy 
yo’naltirilganligi, uning mazmuni va shaklini takomillashtirishda o’quvchilarning 
shxsiy va umumiy xususiyatlarini hisobga olish majburiy shart bo’lib hisoblanadi. 
Mehnat faoliyatining har qanday turida bo’lgani kabi maishiy mehnat ham oldinda 
turgan ishni tahlil qlishni uddalashni, o’z-o’zini nazoratni amalga oshirishni talab 
qiladi. O’qituvchi maktab o’quvchilarini umummehnatga o’rgatarkan ularda 
nafaqat ro’zg’or mehnatida mustaqillikni shakllantiradi, balki mehsus maktabning 
muhim masalalaridan bo’lmish aqliy faoliyat etishmovchiligini korreksiyalaydi. 15 
1.2. Aqli zaif bolalarni ongli kasb tanlashda maktab va oilaviy muhitning ijtimoiy 
–psixologik ta’siri Ishonchli manbalardagi ma’lumotlarga ko’ra “Avesto”ga 
bizning vatanimizda asos solingan. Bu dalil ta’lim-tarbniya faoliyatimiz va 
aqidalarimiz qadimiyligidan dalolat beradi. Bolalar yoshligida har bir kasbga 
qiziquvchan bo’lishadi, lekin ularning ma’lum bir kasbga layoqatdan aniqlashdan 
ko’zlangan maqsad, bolalarga ularning qiziqish va qobiliyatlariga muvofiq mehnat 
faoliyatining turiga doir bilim va ko’nikmalarini, malakalarini tarkib toptirishdir. 
Ularga kasbga yo’naltirishning asosiy yo’nalishlari esa kasbiy ma’lumot berish, 
kasbiy tarbiya, kasb diagnostikasi haqida kasbiy maslahatlarni faol yo’sunda olib 
borishdan iborat. Bolaga kasbiy ma’lumot berish dastlab oilada amalgam oshirilsa 


samarasi yaxshi bo’ladi. Ular kasbga doir bilimlarni keyinchalik maktabda, 
to’garak va klublarda kengaytiradi va chuqurlashtiriladi. Mehnatning 
korreksiyalovchi va rivojlantiruvchi vazifasi aqli zaif o’quvchilarning 
psixofiziologik rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatishda, ularda ijtimoiy mehnat 
va maishiy ko’nikma hosil qilish uchun zarur bo’lgan shaxsiy sifatlarni 
tarbiyalashda ifodalanadi. 1-3 sinflardagi qo’l mehnati aqli zaif bolalarga kasb- 
mehnat ta’limi berishning proektiv (kirish) bug’ini hisoblanadi. Qo’l mehnati 
darslarida kasb –mehnat tayyorgarligini bog’liqligini yordamchi maktab 
o’quvchilarida mehnat ta’limiga hozirlikni shakllantirishdan iborat. Yordamchi 
maktab o’quvchilari dastlabki mehnat ko’nikmalarini hosil qiladilar. O’zlariga 
qulay bo’lgan turli materiallar bilan ishlash usullarini o’zlashtiradilar, ularning 
xususiyatlari, asboblar bilan ishlash usullarini o’zlashtiradilar, ularning 
xususiyatlari,asboblar bilan tanishadilar. Buyumlar tayyorlashda ulardan 
foydalanish mahoratini egallaydilar. To’g’ri ish holatini o’zgalarning ishga bo’lgan 
g’ayratlarini boshqaradilar. Oligofrenopedagog qo’l mehnati darslarida doimo 
o’quvchilarga turli shakllagi mehnatga qiziqishni singdirib borishi lozim. 
Ta’limning yakunlovchi bosqichida muayyan ixtisosliklarga qiziqish uyg’otish 
ishlarini kuchaytirish va o’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishlarini boshlash 
mumkin. 16 Keyincha o’quvchilar maktabda o’rganishi lozim bo’lgan barcha 
kasblarning muhimligi, zarurligini qulay va qiziqarli shaklda ochib berishi zarur. 
Ana shu maqsadda maktab ustaxonalariga, korxonalarga ishlab chiqarish 
ekskursiyalari uyushtirish tavsiya etiladi. O’quvchilar bu yerda ommaviy ishlab 
chiqarish ishlari, o’z ota-onalarining mehnati bilan dastlabki tarzda tanishadilar. 
Ota-onalar bolalarga ta’lim berishning muvaffaqiyati o’quvchilarning o’zlariga 
taklif etiladigan mehnat topshiriqlarini o’zlashtirishga, olingan bilimlar asosida 
mashqlar bajarishga qanchalik tayyorgarligi bog’liq bo’ladi. Bunday bolalar o’z 
psixologik rivojlanishlari xususiyati tufayli barcha ish bosqichlarini zarur darajada 
chuqur o’zlashtirmasligi mumkin. Yordamchi maktabning o’ziga xos xususiyati 
ta’limning kirish yo’nalishi yaqqol ifodalanishi bilan ajralib turadi, bunda har bir 
yangi bosqichdan oldin tayyorgarlik darajasi amalgam oshiriladi. Masalan, aqli zaif 
bolalar buyumning tayyorlashning butun jarayonini esda saqlab qololmasligi 
mumkin. Shu sababli ish tushuntirib beriladi, ayrim usullar operasiyalar bo’yicha 
namoyish qilinadi. Bundan maqsad bola butun ish jarayonini yaxlit va har bir 
detalni alohida tasavvur qila olsin. Tuzatish va yo’naltirish vazifasini hal qilishda 
o’qituvchi yetakchi rol o’ynaydi. O’quv –tarbiya jarayoni metodik jihatdan to’g’ri 
yo’lga qo’yilgan taqdirdagina aqli zaif o’quvchila rning psixofiziologik 
rivojlanishdagi kamchiliklarini muvaffaqiyatli tuzatish mumkin. Defektolog 
o’qituvchi o’z fanini o’z o’quvchilarini yaxshi bilishi, o’quv materialini, ta’lim 
metodlarini, ko’rgazmali qurollarini, bolalarning har tomonlama rivojlanishiga 


yordam beradigan didaktik materialni sinchiklab tanlashi lozim. O’qituvchi 
o’quvchiga o’z shaxi bilan ham ta’sir ko’rsatadi. Tarbiyalanuvchilarga hurmat 
bilan o’yg’unlashtirib borishga talabchanlik, pedagoglik nazokati aqli zaif 
bolalarga ta’lim va tarbiya berishga alohida ta’sirchanlik bag’ishlaydi. Shunday 
qilib, qul mehnati darslari orqali o’quvchilarni har tomonlama rivojlanishiga va 
ularni kasb-mehnat ta’limiga tayyorlashga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ishonchli 
manbalarga ko’ra “Avesto” bizning Vatanimiz xududida asos solingan. Bu dalil 
ta’lim-tarbiya faoliyatimiz va aqidalarimizning nihoyatda qadimiyligiga kafolat 
beradi. 17 Shuningdek, musulmon dunyosining muqaddas kitobi Qur’oni Karimda 
ham Muxammad alauhissalom Hadislarida ham din va tasavvuf asoschilari 
davomchilari o’git va asarlarida ham, xullas, mumtoz fan va madaniyat 
arboblarining ma’daniy-ma’rifiy meroslarida ham ta’lim-tarbiya, xususan bolalarga 
kasb –kor o’rgatish masalasi birinchi o’ringa qo’yiladi. Har bir oilada ota-ona 
sevimli farzandlari tarbiyasi bilan mashg’ul ekan, ulardan albatta ertaga sog’lom 
komil inson, yaxshi kasb-kor egalari chiqishini hohlaydilar. Chunki bolaning 
bilimli, ilmli, o’quvchi yaxshi kasb egasi bo’lishidan avalo oila manfaatdor, 
qolaversa solih farzand tarbiyalab borish ota-onaning burchidir. Shunday ekan bola 
ulg’ayib borishi bilan biror kasb-hunarga yo’nalish berishda bosh-qosh bo’lish, 
maslahatlar berib borish, fikrini bildirish, mazkur yo’nalish bo’yicha shartsharoit 
va imkoniyatlar yaratib berish ota-ona tarbiyasining bir qismi hisoblanadi. 
Dunyoda minglab kasblar bor. Mana shu rang-barang kasblar olamida bola qanday 
qilib muljal olish kerak? Hayot yo’lining mehnat faoliyatining to’g’ri boshlash 
uchun qaysi kasbni tanlagn maqul? Bolaning ichki dunyosida shu kabi savollar 
g’ujg’on o’ynar ekan, shu asnoda albatta, birinchi yordam sevimli oilasidan, 
otaonasidan bo’lmog’I lozim. Ota-ona esa o’z navbatida esa albatta bolaning 
qiziqishlari, Mayllari va qobiliyatlariga tayangn holda ish ko’rishlari muhim 
ahamiyatga ega. Xush bular nima? U bolada qanday aks etadi? Qiziqish – bu 
odamning muayyan mehnat sohasidagi ijobiy munosabatlarda bo’lib, uning 
bilimga va faoliyat ko’rsatishga bo’lgan intilishdir. Qiziqishlarning mazmuni va 
ko’lami bolaning bilim darajasini hamda muayyan narsaga qiziquvchanligini aks 
ettiradi. Bunday qiziqishlar ko’pincha o’sib ulg’aya borib, maylga, bolaning 
muayyan faoliyat bilan shug’ullanishga bo’lgan intilishida hamda mazkur faoliyat 
turiga munosib keladigan mahorat va malakalarni takomillashtirib doimiy ravishda 
o’z bilimini oshirib borishi uchun intilishga aylanadi. Qobiliyat esa odamning biror 
faoliyati sohasida muvaffaqiyat qozonishga yordam beradigan indibudual 
psixologik xususiyatdir. Demak, ota-ona shularning barchasini hisobga olgan holda 
bu masalaga to’g’ri yondoshishi kerak bo’ladi, chunki boshlang’ich tarbiyani bola 
oiladan oladi. 18 Menimcha bolaga juda erta vaqtlardanoq turli kasb –hunarlar 
haqida baholi qudrat ma’lumot va tushunchalar berib boorish joiz. Sababiki ular 


o’zlarini qiziqtirgan kasb sirlariga, ularning yaxshi tomonlariga barvaqt e’tibor 
bilan qaraydigan bo’lishadi. Bundan tashqari bolaga kasblarning yomon 
bo’lmasligini albatta o’qtirish lozim (aksincha ma’lum kasb egalarining hulq-
atvori, xarakterlari, turlicha bo’lishi mumkin). Bolani kasb-hunarga yo’llashga 
dastavval o’yinlar va o’yinchoqlar vositasida kechadi. Shu asosda bolada kasb-
hunarga bo’lgan mehr shakllanib boradi. Shu barobarida bolani mehnatga ham 
o’rgatib boorish muhim ahmiyat kasb etadi. Bog’cha davrida ota-onaga bog’cha 
tarbiyachilari hamkorlik qilishsa, o’qish davrida esa bunga muallimlar, 
tarbiyachilar va tugarak rahbarlari qo’yiladi. Har jihatdan bolani nazorat qilib esa 
alohida ahamiyatga ega. Ma’lumki, o’qishni yaxshi o’zlashtirgan bola o’zini 
qiziqtirgan kasb-hunarga ham tez ko’nikib ketadi. Yana shuni alohida ta’kidlash 
joizki, oilada ota-ona (yoki bobobuvi)lar bolaning kelajagini oldindan belgilab 
qo’yishi mutloqo noto’g’ri hisoblanadi. Bolalar yoshligida ham kasbga 
qiziquvchan bo’lishadi. Lekin uning ma’lum bir kasbga layoqatini aniqlashdan 
ko’zlangan maqsad, bolalarda ularning qiziqishi va qobiliyatlariga muvofiq mehnat 
faoliyatini turiga qarab bilim, kunikma va malakalarini tarkib toptirishdir. Ularning 
kasbga yo’naltirishning asosiy yo’nalishlari esa kasbiy ma’lumot berish, kasbiy 
maslahatlarni faol yo’sinda olib borishdan iborat. Bolaga kasbiy ma’lumot berish 
dastlab ailada amalgam oshirilsa samarasi yaxshi bo’ladi. Ular kasbga doir 
bilimlarni kiyinchalik bog’cha maktabda tugarak va klublarda oladilar. U yerda o’z 
bilimlarini amalda sinab ko’radi. Ota-onaning bola bilan kasb haqidagi suhbatlari 
bolada kasbiy burch, kasb sha’ni, kasb ma’suliyati va kasb etikasi singari 
fazilatlarni shkllantirish imkonini beradi. Bolaning kasbiy maqsadlari aniqlangach, 
ular erishayotgan yutuqlarni muntazam nazorat qilib, ularning o’zini o’zi 
tarbiyalashni rag’batlantiriladi va o’z maqsadlariga erishishlarida o’z vaqtida 
yordam beriladi. Keyinchalik ular tugarak, klublardagi mashg’ulotlari jarayonida 
bu kasbga kunikib qoladilar. 19 Binobarin “Kasbga yo’naltirish bo’yicha” oiladagi 
tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari, maqsadi, vazifalari va uning beqiyos 
ahamiyati mavjud. Kasb tanlashning tegishli motivlari shakllanishiga tarbiya 
vositalari (adabiyot, san’at, matbuot, kino, radio, televideniy, kutubxona, klub va 
hakozalar) ta’siri samaradorligini oshirish yanada yaxshi natija beradi. Shu asnoda 
sevimli farzandlari uchun ota-ona yaratib berishi kerak bo’lgan oddiy shart-
sharoitlarni bir nechta kasblar misolida ko’rib chiqishimiz mumkin. Yog’och 
ustachiligiga qiziqayotgan bolani avval keraksiz, mayda –chuyda taxta 
bo’laklaridan qanday foydalanishi kuzatilsa yaxshi bo’ladi. Keyinchalik 
qo’shimcha yaroqli taxta materiallar, chizish va rejalash asboblari, so’ngra mix, 
bolg’acha, arra, bolta, randa kabi asboblardan foydalanishiga ruxsat etilsa malakasi 
oshgan sari zaruriy jiddiy asboblar va materiallar bilan ta’min etib boorish 
mqsadga muvofiq bo’ladi. Duradgorlik to’garagida esa bu ishlari yana davom 


ettiriladi va nazorat qilib hamda rag’batlantirib boriladi. Shu bilan birga bola kasb-
hunarning murakkab va salbiy tomonlaridan avvaldan xabardor bo’lishi shart, 
chunki borib bir kuni kutilmagan shu arzimas jihati uchun kasbidan ko’ngli sovib 
ketishi ham ehtimoldan holi emas. Har bir kasb –kor yo’nalishida va unga 
o’rinishda oddiydan boshlab murakkab sari harakatda bo’linadi. Kasbga 
yo’naltirish ishlarida kasb tanlashning nazariy va amaliy vazifalarini bajaradigan 
ruhshunos, pedagog va shifokor mutaxassislar bilan maslahatlashish yaxshi foyda 
beradi. Chunki ba’zi bir kasb turlariga sog’lig’I to’g’ri kelmasligi ehtimoli bo’lishi 
mumkin, yoki boshqabir kasbga jur’at va irodasi yetishmayotganini aniqlash, 
mumkin bo’ladi. Kasbiy maslahatlarda bola voyaga yetgan o’qish uchun boradigan 
o’quv yurtlari va korxonalar haqida ma’lumotlarni berish, kasbning ahamiyati, 
ishlab chiqarish tizimidagi o’rni, kasb bo’yicha mehnatning mazmuni haqida 
hikoya qilish foydali bo’ladi. Suhbat vaqtida mazkur kasb egalarining ish 
sharoitlari, mehnat faoliyatining ijobiy va salbiy jihatlari, ish kuni, ta’til, ish haqi, 
imtiyozlar haqida va ayniqsa malaka oshirish imkoniyatilari alohida ta’kidlanadi. 
20 Farzandlarimizni kasb tanlashidan bir necha mativlar: Birinchi guruhga – 
farzandlarining kasb tanlashiga faol ta’sir etuvchi oilalar (59,5 %) kiradi. Bu 
guruhdagi ota-onalar farzandlarining I n d I v I d u a l - p s I x ol o g I I k 
xususiyatlari – xarakteri, qobiliyati, qiziqishi va sog’ligiga qarab, bolalariga aniq 
maslahatlar berishadi, har bir kasbning o’ziga xos tomonlari, talablari, mamlakat 
taraqqiyotidagi ahamiyati haqida so’zlab beradilar. Bunday oilalarda bolalarning 
kasb tanlashi va rivojlanishi uchun barcha sharoit etarli. Ota-onalar o’z 
farzandlarida hali bolalik davridan boshlaboq mehnat ko’nikmalarini hosil qiladi, 
mehnat qilishga o’rgatadi. Darhaqiqat, ota-ona to’g’ri tarbiya mehnat tarbiyasidan 
boshlanishini doimo yodda tutib, bolalarni kuchi yetadigan ish bilan band 
qilishlari, bu borada o’zlari ibrat namuna bo’lishlari lozim. Ota-ona uy ishlarida 
kuchi etadigan ish bilan o’z bilganicha qarasha boshlagan bolalarning yordamini 
ma’qullashi va maqtashi zarur. Bola ham ko’pgina hatti –harakatlarini qilingan 
mehnat bilan o'lchaydi, uni qadrlaydi. Bu esa ular qalbida e’tiqod va ishonch 
to’yg’ularini o’yg’otadi. Ota-ona nafaqat bolalarning kiyinishi, kundalik turmushi 
haqida, balki ularning kelajagi, ma’naviy shakllanishi, iqtidoriga mos kasb 
tanlashi, hayotga, faoliyatga tayyorlash haqida ham o’ylaydilar. Ikkinchi guruhga 
mansub oilalar (25%) farzandlarining kasb tanlashga e’tiborsiz qarashadi, ularga 
amaliy yordam berishmaydi va qo’yidagicha hukm chiqaradilar: “Qaysi kasb 
yaxshi bo’lsa, ushal kasbni tanla” va ularning hayot kasb haqidagi tasavvurlari ham 
yetarli bo’lmaganligi tufayli o’z qobiliyatiga mos kasb topguncha ancha yillar o’tib 
ketadi. Uchunchi guruhdagi (15,5%) ota-onalarni – avtoritar ota-onalar deb atash 
mumkin. Bu guruhdagi ota-onalar farzandlarining hayotiy rejalariga aralashadi. 
Bunda bolalarning qiziqishi, imkoniyatga olinmaydi. Barcha rejalar ota-onalar 


tomonidan tuziladi va hal etiladi. Ota-ona tomonidan qo’llaniladigan ushbu 
tarbiyaviy usul natijada hayotdan, tanlagan kasbidan, o’z faoliyatidan qoniqmaslik 
xissini keltirib chiqaradi. 21 Boladagi biron bir narsaga bo’lgan havasni bo’g’ib 
qo’yish, bola qiziqqan narsa bilan shug’ullanishni man qilish ularga nisbatan 
bo’lgan adolatsizlikning bir ko’rinishidir. Bu yo’l bilan bola tarbiyasining yoki 
ularning o’qishga, kasbga bo’lgan qiziqishini o’zgartirib bo’lmaydi. O’sib 
kelayotgan yosh avlodni kasbga yo’llash – ko’p qirrali, ko’p yo’nalishli 
muammodir. Ota-onalarning shaxsiy ibrati, kasblar haqida yetarli bilim va tajriba 
egaligi, kasbiy tarbiyaning mohiyatini tushunishi, oila pedagogikasidan 
xabardorligi, ularning ma’naviy saviyasi, bilimi, ma’daniyati, ijtimoiy faolligi – 
kasb tanlash ishlarining muvaffaqiyatli bo’lishi garovidir. Shuni alohida ta’kidlash 
joizki, kasb tanlash ishining muvaffaqiyatli bo’lishida oilaning o’rni beqiyosdir. 
Chunki, birinchidan, ota –ona katta hayotiy tajribaga,ikkinchidan, ular o’z 
bolalarining psixofizlologik xususiyatlarini boshqalarga qaraganda yaxshi biladi., 
uchunchidan faqatgina oilada mehnat tarbiyasining asosi shakllanadi. 22 1.3. 
Yordamchi maktab o’quvchilarini kasb-hunarni egallashning o’ziga xos 
xususiyatlari Yordamchi maktabda o’quvchilarni kasbga yo’naltirishga o’quv 
dasturining asosiy tarkibiy qismidir. Ma’lumki, agar kasb to’g’ri tanlansa inson 
uchun mehnat quvonchi, ijodiy ilhom manbaiga aylanadi, bu esa inson uchun ham 
jamiyat uchun ham foydalidir. Jamiyatning intelektual, ma’naviy imkoniyatlari 
rivojlanishida hozirgi sharoitda mamlakatning barcha bulg’usi mutahasislarini 
tayyorlab beruvchi maktab oldida muhim vazifalar turadi. Yordamchi 
maktablarning umumiy vazifasi o’quvchilarni mustaqil hayotga va ishlab chiqarish 
korxonalarida mustaqil mehnat qilishga tayyorlashdir. Aqliy zaif o’quvchilarni 
ijtimoiy reabilitasiya masalasini hal qilishda kasb –hunarga yo’naltirish muhim 
o’rin egallaydi. Jahon pedagogik hamjamiyatidagi ishlab chiqarish va 
o’quvchilarni kasbga yo’naltirishni o’rta umumta’limni yaxshilashning muhim 
omili sifatida tan oldi. Ta’lim masalalari bo’yicha Yuniskoning halqaro 
Konferensiyasining tavsiyalarida asosiy sohalarida qo’llaniladigan asosiy ilmiy 
qoidalarni tushunishga yordam berishi o’quvchilarni jismonan va aqliy 
qobiliyatlarini hamohang kamol toptirishga xizmat qilishi, ishlar sharoitida stanok 
va boshqa jihozlar bilan ishlash, ko’nikmalar, malakalarini egallashda yordam 
berishini ta’kidlab o’tganlar. Yoshlarni kasbga yo’naltirishda o’quvchilarning 
alohida qobiliyatlari va mehnat resurslarini jamiyat manfaatlariga mos tarzda 
taqsimlanishini hisobga olish lozim. Kasbga yo’naltirish har bir shahsning alohida 
fzilatlari mamlakat halq xo’jaligining iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqib, mehnat 
bozorining to’laqonli hisobga olib yorqin v mustaqil kasb tanlashga tayyorlashga 
asoslangan tizimidir. Ishchi kasblarni o’rganishning imkoniyatlari mavjud, 
jumladan, Respublikada ishchi –kadrlar tayyorlashga jiddiy e’tibor berilmoqda. 


Kasb hunar kollejlarida yoshlar turli kasblarni o’rganishmoqda. O’quvchilarni 
yordamchi maktabda aniq ixtisos bo’yicha kasbiy tayyorgarlik berish lozim. 
Maktab tizimida tugaraklar muxim o’rin tutadi. 23 Fan tugaraklari, elektrotexnika, 
radiotexnika traktor, tillachilik, o’simlikshunoslik, duradgorchilik, kosibchilik, 
tikuvchilik, bog’bonlik to’garaklarida bolalar bilimlarini kengaytirish bilan barcha 
kasb tanlashga amaliy tayyorgarlik ko’riladi. O’quvchilarni kasbga yo’naltirishda 
ularning maktabdagi ko’zda tutilgan unumli mehnati va ijtimoiy foydali ishlaridan 
ham foydalanish zarur. Masalan, o’quvchilarni qishloq xo’jaligi ishlarida jalb 
qilish ko’rgazmali qurollar yasash, shanbalik obodonlashtirish ishlari shular 
jumlasidandir. Kasbga yo’naltirishda maktab jamoasining barcha a’zolari ishtirok 
etadi. O’quvchilarni kasbga yo’naltirishda maqsad, maktabda kasbga yo’naltirish 
kengashi tuziladi. Kengashning asosiy vazifasi pedagogic jamoada va ommaviy 
korxonalarda o’quvchilarning kasbga yo’naltirish ishini tubdan yaxshilash uchun 
birlashtirish va yo’llashdan iborat. Maktab kasbga yo’naltirish kengashi har bir 
o’quv yili uchun maktabdi direktori buyrug’I bilan tasdiqlanadi. Kengash ishiga 
qo’yidagi pedagogik talablar qo’yiladi; -kasbga yo’naltirish ishlarini 
rivojlannishidagi turli kasb egalari ilg’orlari bilan uchrashuvlar o’tkazish; -
maktabda kasbga yo’naltirish o’quv metodlari kabinti ashkil etish, uni jihozlash, 
rivojlanishini tasdiqlash; -ota-onalar bilan aloqa o’rnatish; -o’quvchilar uchun 
kasbga yo’naltirish bo’yicha konsultatsiyalar uyushtiriladi; kasbga yo’naltirishda 
ma’ruza va suhbatlarda kasb mazmuni istiqboli, ishning tahkil etish shakllari va 
metodlari, mehnat qurollari, imkoniyatlari, moddiy ahvolini o’rganish yo’llari 
haqida fikr yuritish lozim. -o’quvchilar diqqatini kasb tanlash masalalarida jalb 
etish va ularga kasblar haqida tushuncha berish uchun maktablarda kasbga 
yo’naltirish kabinet burchaklari tashkil etiladi. Tajribalar hamda ilmiy 
izlanishlarning ko’rsatishicha yordamchi maktab o’quvchilari mehnat faoliyatining 
turli jabhalarida muvoffaqiyatli ishtirok etish mumkin. 24 Jamoa bo’ib mehnat 
qilish asosida o’quvchilar aqliy, estetik jismoniy rivojlanib, ularni dunyo 
qarashlari, axloqiy sifatlari, harakteri shakllanib boradi. Aqli zaif bolalarni mehnat 
tarbiyasisiz korreksion rivojlanishini tasavvur etish mumkin emas. Yordamchi 
maktablarda mehnat tarbiyasini amalgam oshirishda mehnat haqida suhbatlar, 
ayrim mehnat jamoalari haqida hikoya qilib berish, mashhur, ilg’or kishilar 
to’g’risida ma’lumot berish, qishloq mehnatkashlari haqida savoljavoblar tashkil 
etish yaxshi natijalar beradi. Turli mavzularda qiziqarli suhbatlarda o’tkazish, aqli 
zaif bolalardagi qator salbiy sifatlarni to’g’rilanishiga olib keladi. “Barcha kasblar 
kerak”, “Bizning rejalarimiz –bizning sevgan ishimiz”, “Barcha mehnat faxrlidir”, 
“Usimliklarni asrang”, “Nonni tayyorlash jarayoni” va boshqa mavzular bolalar 
tomonidan sevib o’rganiladi. Dars jarayonida va to’garaklarda o’yla, izla top, 
kasbiy daqiqa o’tkazish kabi mashg’ulotlar o’tkaziladi. O’yla, izla, top 


mashg’ulotlarida bolalar aylana bo’lib o’tiradilar. O’qituvchi turli topishmoqlarni 
aytadi: o’quvchilar topishmoq javobiga qo’shib kasb nomini ham aytadi. O’yin 
oxirida g’olib aniqlanib, rag’batlantiriladi. Bu o’yin o’quvchilarni zehnini 
o’tkirlaydi, nutqini kasbiy tasavvurini rivojlantiradi. 1.Kulga o’xshar, mayindir, 
qotirmog’I tayindir (sement, quruvchi). 2.Ortida tishi, yer haydash ishi (traktor, 
haydovchi) shular jumlasidandir. Har bir o’yinda avvalo qo’l va meya ishlatiladi, 
o’yin bolalarga shodlik bag’sh etiladi. Ko’plab taniqli pedagoglar o’yinni 
mehnatga, mustaqil hayotga tayyorgarlik deb hisoblaydilar. A.S.Makarenkoning 
aytishicha, bola o’yinda o’yinda qanday tarzda o’zini tutsa, hayotda o’sib katta 
bo’lgandan keyin, ishda ham o’zini shunday tutadi. Boshlang’ich sinf 
o’quvchilarini asosiy faoliyati o’yin bilan bog’liq. Demak, ularning har bir 
o’yinlarda o’zlari his etmagan holda mehnat elementlari tarkib topgan bo’ladi. 25 
“Ishlab chiqarish korxonalariga sayohat uyushtirish orqali maktab mehnat 
ustaxonalaridagi, mehnatga boshqa munosabatda bo’ladilar” –deb ta’kidlaydi 
Ya.Ya.Karvales. Demak sayohat faqat tomoshja uchun o’tkazilmaydi, balki 
ijtimoiy ongni shakllantirishga xizmat qiladi. Buning uchun maxsus tayyorgarlik 
ishlari turli korxonalarga, jamoa xo’jaliklariga ikskursiyalar uyushtirish asosida 
aqli zaif o’quvchilarda o’ziga xos ishonch hosil qiladi. Hayotda asosiy narsa vijdon 
mehnat qilish kerak, degan fikr paydo bo’ladi. Mehnatdagi yutuqlar uchun berilgan 
turli mukofotlar tanqidiy sur’at ko’rish yordamchi maktab internatlari 
o’quvchilarini qanday yashash, ishlash kerakligi haqida o’ylay boshlaydilar. Har 
bir sayohat oxirida suhbat uyushtiriladi. Yordamchi maktablarda bolalar vaqtini 
shunday tashkil qilish kerakki, ularni miyasi fikrlashsiz, qo’li ishsiz qolmasin, aks 
holda qator noxush holatlar kungil voqeyalar xuddi shi bekorchi vaqtda yuz berishi 
mumkin. 
26 II. BOB. YORDAMCHI MAKTAB O’QUVCHILARINI KASBHUNARGA 
YO’NALTIRISHNING TA’LIMIY NAZARIYASI 2.1. Yordamchi maktab 
“mehnat ta’limi dasturi”ni mazmuni va vazifalari Yordamchi maktab 
o’quvchilarini kasb –hunarga yo’naltirish maktabning asosiy va bosh vazifasi. 
Chunki ular ertangi hayotida jamiyatda o’z o’rnini topishlari uchun bu zarur vosita 
hisoblanadi. Yoshlarni kasbga yo’naltirishda o’quvchilarning alohida qobiliyatlari 
va mehnat resurslarini jamiyat manfaatlariga mos tarzda taqsimlanishini hisobga 
olish lozim. Kasbga yo’naltirish tizimi – individga kasblarni va uning shaxsiy 
sifatlarini o’rganishga yordam beruvchi maqsadlar mohiyat hamda qoidalar 
uslublar va vositalar birligidir. Kasbga yo’naltirish barcha o’quv tarbiya ishlari 
bilan uyg’un tarzda olib boriladi. O’quvchi yetarli darajada umumiy tayyorgarlikka 
ega bo’lgan taqdirdaginaongli ravishda kasb tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. 
O’quvchilarni biror kasbga maqsadli yo’naltirishdan avval uning shaxsini 


o’rganish lozim. Buning uchun uni ko’zatish (bevosita, bilvosita) o’quvchining 
maktabdagi, jamoat joylaridagi oila va mehnatdagi amaliy harakatlarini tahlil qilib, 
so’rovnoma o’tkazish, suhbat, test, interval olish mumkin. Kasb-hunarga 
yo’naltirishd turli kasblar, ularga qo’yiladigan talablar, bu kasbni qayerda 
egallashlari mumkinligi to’g’risida o’quvchilarga ma’lumot berish katta 
ahamiyatga ega. Bu esa o’quvchilarni aniq kasbni tanlashga ongli munosabatda 
bo’lishga tayyorlaydi. O’quvchilar kasblar to’g’risida ma’lumotlar, bilimlar faqat 
maktabda emas balki ommaviy axborot vositalaridan, tanishlari, qarindoshlaridan 
oladilar. Yoshlarni kelajakdagi hayot yo’llarini to’g’ri belgilab olishlari uchun o’z 
iqtidoriga muvofiq holda ko’ngillariga yoqqan jamiyatga zarur va foydali kasbni 
tanlashlari zarurdir. Talim berishda o’quvchilarga mehnat inson hayotining asosiy 
va birinchi sharti, mehnatkash esa jamiyatning bosh ishlab chiqaruvchi kuchi deb 
tushuntiriladi. 27 Mehnat jismoniy va aqliy kuch sarflanadigan xarakatgina emas, 
balki avvalo odamning biror maqsadga qaratilgan ijtimoiy foydali faoliyati hamdir. 
Hozirgi jamiyatda mehnat tarbiyasi bolalar, o’smirlar va yoshlarni mustaqil mehnat 
faoliyatigata’lim bilan bog’langan holda tarbiyalash jarayonidir. O’quvchilar 
mehnat tarbiyasi natijasida jamiyat foydasi uchun zarurligini yanada chuqurroq 
anglab yetishi mehnat qilish ehtiyojini sezishlari lozim. Mehnat jarayonida 
o’quvchilarni jamiyatchilik, ongli intizom, mehnat sevarlik, tejamkorlik, ijtimoiy 
mulkka xo’jayinlarcha munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalash uchun qulay 
shartsharoitlar ham vujudga keladi. O’quvchilarning mehnatga bo’lgan 
munosabatlari maktabda mehnat ta’limi darslarida o’tkazladigan amaliy darslarda 
singdirib boriladi. Mehnat ta’limi darslarida amaliy ishlarga ko’proq vaqt ajratish 
zarur. O’quvchi qizlar bilan olib boriladigan amaliy ishlarda o’quvchilar 
pazandachilik, gazlamalarga ishlov berish, tikuv mashinasidan foydalanish, uy-
ro’zg’or tutimini, kiyimlarni ta’mirlash kabi bilim va malakalarga ega bo’ladilar. 
Pazandachilik bo’yicha o’tkaziladigan amaliy darslarda har xil sabzavot va 
mevalarga birinchi ishlov berish, ulardan har xil taomlar, salatlar tayyorlashni
ularni did bilan dasturxonga tortish pazandachilik sir-asrorlaridan puxta bilim hosil 
qiladilar. Gazlamalarga ishlov berishda gazlamalarning hossalari, ularning 
chidamliligi, bichish tikish ishlari o’rganiladi. Qizlar mustaqil ravishda o’zlari 
ko’ylak, xalat, nimcha, ish fartugi, lozimlar tikadilar. Amaliy darslarda 
o’quvchilarning mehnat jarayoniga qiziqishi o’rtoqlaridan orqada qolmaslikka 
intilish tabiiy intilishi boshqalarga qaraganda ko’proq yutuqlarga erishish istagi 
tug’iladi. Shaxsning kasbiy shakllanishi o’zoq davom etadigan jarayon u kasbiy 
faoliyat turlari, yo’nalishlari, mativlari, maqsad va mazmuni hamda bu faoliyatning 
ta’minlash vositalari, usul va shakllari bilan uzviy bog’liq. Shu bois kasbiy 
tarbiyaga pedagoglar noyob mutaxassis tayyorlash tizimi sifatida qarashlari kerak. 
Kasbiy tarbiya bir necha bosqichda amalgam oshiriladi. Birinchi bosqich o’z ichiga 


kasbga yo’naltirish ishlarini qamrab oladi. 28 Ikkinchi bosqich kasbiy tashxis 
qo’yish va o’quvchining kasbga bo’lgan mayili, kasbiy maqsadi, kasbiy qiziqishi, 
kasbiy imkoniyatini aniqlash asosida kasb tanlashga yo’naltirish ishlarini ta’minlab 
boradi. Pedagogik jamoaning tarbiyaviy vazifalari qo’yidagilardan iborat 
bo’lmog’I lozim. -ta’lim oluvchining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, qiziqishi 
va mayiliga qarab o’zini namoyon etishiga imkoniyat yaratish, ularni shaxs va 
individ sifatida psixologik pedagogic jihatdan qo’llab-quvvatlash: -ta’lim 
oluvchilarda o’z-o’zini rivojlantirishga bo’lgan ehtiyojini, ijtimoiy muhitga 
moslashish, raqobatbardoshlik qobiliyatini, o’zini mehnat bozorida taqdim eta 
olish malakalarini shakllantirish: -o’quvchilarda salomatlik asosiy qobiliyat 
qadriyatlardan biri ekanligini tushuntirish ularni sog’lom hayot tarziga o’rgatish: 
Bugungi kunda ta’lim muassasasi faoliyati natijalari faqat bilim, ko’nikma va 
malakasini belgilamaydi. Chunki bilim ko’nikma va malaka maqsadli vazifalarni 
bajarishga emas, ko’proq o’quvchilarning mutaxassis sifatida rivojlanishi uchun 
xizmat qiladi. O’quvchilar duradgorlik va parket ishlari, kesish asboblarini 
charxlovchisi, qurilish, pardozlash ishlari ustasi, umumqurilish ishlari ustasi va 
vahokozo kasblarga oid bilimlarga ega bo’lishi lozim. O’z ishining ustasi bo’lish 
mashaqqatli mehnat va o’zluksiz kasbiy tarbiyani talab etadi. Aqli zaif bola 
o’zlashtirgan ijtimoiy tajribalar asosida faoliyatning murakkab turlarini amalgam 
oshirish qobiliyati, o’z ishining ustasi bo’lishi uchun ijtimoiy tajribalarning 
qo’yidagi turlarini o’zlashtirishi lozim. -bilish faoliyati (uning natijasi 
o’zlashtirilgan bilim hisoblanadi). -ma’lum bo’lgan faoliyat turlarini amalgam 
oshirish (namunaga qarab faoliyat ko’rsatish huquqini). -hissiy qadriyatiy 
munosabatlarni yo’lga qo’yish (shaxsiy yo’nalishlar shakli). -faoliyatni ijodiy 
tashkil etish (shaxsni yo’nalishklar shakli. Mommali vaziyatlarda samarali 
yechimlarni qo’llay bilish o’quvi). 29 Pedagogik ko’zatish natijalari shuni 
ko’rsatadiki, reja va dasturlar ishlab chiqishda kasbiy tarbiya masalasiga kam 
e’tibor beriladi. Xolbuku kasbiy tarbiya aqli zaif bolani uzluksiz ta’limning 
ajralmas qismidir. Kasbiy tarbiyani tashkil etish uchun alohida uslubiy ishlanma va 
tavsiyalar zarur. Aqli zaif bolalar juda yoshligidan boshlab nafaqat tibbiy 
yordamga, balki tarbiya va ta’limning maxsus sharoiti hamda usullariga muhtoj 
bo’ladilar. Ularning jamiyat hayotiga moslashuv darajasi ko’pchilik mutaxassislar, 
birinchi navbatdan pedagog –defektologlarni kuch-g’ayrat bilan ishlashlarini talab 
qiladi. Aqli zaif bolalarda ta’lim va tarbiya jarayonida zaruriy ahloqiy 
tushunchalar, ma’daniyat xulqi malakasi shakllanadi, shaxs shakllanadi, 
rivojlanishdagi kamchilik tug’irlanadi va natijada ijtimoy moslashuv uchun zamin 
yaratiladi. Nogiron va alohida yordamga muxtoj bolalarni kasb-hunarga 
tayyorlashning avvalo O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” Qonun 
talablaridan kelib chiqqan holda hozirgi zamon ishlab chiqarish asoslari xalq 


xo’jalik tarmoqlari haqida yetarli darajada cguqur bilim berishda pedagoglik 
texnologiyaga asoslanish ham talab etiladi. “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” 
ijrosi ham ana shundan kelib chiqadi. Ayni paytda nogiron va alohida yordamga 
muhtoj o’quvchilarni kasbhunarga tayyorlashda yorqin, mustaqil fikrlashga 
o’rgatish ularni o’z kuchiga – o’ziga xos qobiliyatiga ishonish kabi xislatlarni 
shakllantirish kabi masalalar ham dolzarbdir. Yordamchi maktab o’quvchilarini 
kasb-hunarga tayyorlashda oligofreno pedagoglar mutaxassislar oldida nogiron va 
alohida yordamga muhtoj bolalarni psixik va jismoniy nuqsonlarini inobatga olgan 
holda yangi dastur va darsliklar o’z vaqtida ishlabchiqarish tugaraklar ishi 
samaradorligini oshirish, turli kasblarga oid axborotlar, kasblar bo’yicha 
konsultatsiyalar ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish kasbga yo’llash markazlarini ishini 
takomillashtirish orqaligina erishish mumkin. Karimov I.A. asarlarida davlat 
ravnaqi va taraqqiyoti mutaxassislarga ishbilarmonlarga, umuman insonga o’z 
imkoniyatlarini namoyon qilish shartsharoit yaratib berish muhim ahamiyat kasb 
etadi. 30 Ruhiy va jismoniy nuqsonga ega bo’lgan nogiron bolalar kasb-hunar 
o’rganishda biron –bir kasb egasi bo’lishiga chaqqondirlar. O’zbek xalqi azaldan 
mehnatkashdir. Ajdodlarimiz “Mehnat –mehnatning tagi rohatdir”, “Mehnatning 
ziynati”, “Mehnat qilsang yasharsan, katta –katta olarsan” kabi xalq hikmatlariga 
to’la amal qilgan holda mehnat qilib yashagan, chunki ijtimoiy –iqtisodiy 
muammolar birinchi navbatda mehnat orqali yechiladi. O’zbekiston Mustaqillikga 
erishdi deb qayta-qayta gapiramiz. Albatta har bir inson bundan faxrlanish 
g’ururlanishga haqli, lekin uning gullab yashnashiga, ravnaqiga taraqqiyotiga, 
mustahkamlanishiga, uni suvini, osmonini, o’simlik, hayvonat olamini-tabiatni 
asrash bilan o’z mehnati bilan hissasini qo’shish lozim ekanligini maxsus maktab 
o’quvchilari ongiga har soniya singdirib boorish lozim. Ana shundagina yordamchi 
maktab o’quvchilarining mustaqillikdan g’ururlanishi to’la oqlanadi. Yordamchi 
maktab o’quvchilarini mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash ya’ni ularda mehnat qilish 
odobini istagini shakllantirish va ko’nikmalarini hosil etishning juda ko’p shakllari 
mavjud. Mehnat mavzusi yaxshi tasvirlangan badiiy asarlarnii jamoa bo’lib 
mutoolo qilish, ularni sinfda yoki sinfdan tashqari mashg’ulotlarda masalan, asar 
qahramonlarini muhokama qilish. Mehnat qahramonlarini muxim ahamiyat kasb 
etadi. Bu o’rinda Zardushtiylarning muqaddas kitobi, Qur’oni Karim, xadislaridan 
foydakanish ham kutilgan natijalar beradi. Avestoda Zardushtiylarning 
chorvachilik va dehqonchilik bilan mashg’ul bo’lganligini, uning doimiy mehnat 
bilan shug’ullanganligini, shuningdek mehnat tufayli baxt saodatga erishish, bog’-
rog’lar yaratish mumkinligi haqidagi fikrlari misol qilib keltiriladi. Xuddi 
shuningdek Qur’oni Karimda atrof-olamni asrash, mehnatga munosabat yaxshi 
mavzular yoritilgan. Ayniqsa nogiron kishilarni joylardagi mehnat qahramonliklari 
va ular bilan uchrashuv kechalari uyushtirish ular bilan mehnat mavzusida 


suhbatlar tashkil qilish yordamchi maktab o’quvchilari yanada samaraliroq ta’sir 
etadi. Umuman olganda yordamchi maktablarda 1-sinfdan 9-sinfgacha yordamchi 
maktab o’quvchilarini mehnat va turmushga tayorlash birinchi galdagi vazifasidir. 
31 Hayot va turmushni mehnatsiz tasavvur etish also mumkin emas. Maxsus 
maktablarda mehnat tarbiyasini faqat mehnat darslarida emas balki boshqa fanlar 
darslarida ham hal etish ularni ya’ni kelgusi hayotga ongli mehnatga tayyorlashda 
muhim ahamiyat kasb etadi. Mahsus ta’limda mehnat tarbiyasining hech bir turini 
nazardan qochirmaslik kerak. Uy ro’zg’or mehnatlari (ishlari), qo’ni –qo’shnilarga 
yordam, hashar, otaonaga barcha ishlarida qarashish, tomarqasidagi mehnat, 
chorvachiligidagi mehnat, qishloq xo’jaligidagi mehnat, korxonadagi mehnat, 
shahar obodonchiligidagi mehnat – bularning barchasiga jismoniy mehnat mavjud. 
Yordamchi maktab o’quvchilari 40 ortiq mehnat (turmush) turlarini bajara oladilar, 
bu ilmiy asoslangan. O’qtirilgan fikrlarni amalda sinab ko’rib mehnatni malaka va 
ko’nikmaga aylantirishga yordam berish yordamchi maktab o’qituvchi va bevosita 
mehnat o’qituvchilari. Korxona, muassasa va tashkilotlar jamoatchilikning 
birgalikdagi faoliyati muhim ahamiyatga egadir. Demak, yordamchi maktabda 
mehnat tarbiyasi ham kechiktirib bo’lishmaydigan kundalik va doimiy bajarilishi 
shart bo’lgan muhim variantlardir. Yangi Mustaqullik O’zbekiston davlatning olib 
borayotgan siyosati va ilgar surilayotgan ilmiy g’oyalar negizida umum ta’lim 
bilan bir qatorda maxsus ta’lim hamda yordamchi maktab o’quvchilarini kasb-
hunarga tayyorlash borasidagi sayharakatlarda mehnat qilishga diqqat e’tibor 
qaratilishi ham taqqozo etadi. Bu borada defektolog olimlar (G.M.Dulnev, 
K.M.Mirskiy, S.S.X.Ayetmetova, D.A.Gordiyenko, K.H.Mamedov, P.M.Pulatova 
va boshqalar) takidlashicha yordamchi maktabda o’quvchilarni kasb - hunarga 
tayyorlashda o’quvchilarning yosh tanlash kutilgan natijalar berishi haqida fikr 
bildirganlar. Bunda ular yordamchi maktab o’quvchilariga differensial 
yondashuvga bir muncha e’tibor beradilar. 32 Bunda yordamchi maktab 
o’quvchilarni intellektual, jismoniy va emotsional iroda xususiyatlar, qiziqishlari, 
ularning matorikasi harakat koordinatsiyasining o’ziga xos xususiyatini nuqson, tur 
hususiyatlarini inobatga olgan holda mehnat ta’limi berishi kasb hunarga 
o’rgatilishi taqoza etadi. Yordamchi maktabda o’quvchilarni kasb-hunarga 
tayyorlashning tayyorlovchi maxsus kollejlarga tanlagan kasbini mukammal 
o’rganish uchun o’qishni davom ettirishga yuboriladi. Chunki yordamchi maktab 
o’quvchilari 9-sinfni tugatgach ularning yoshi yetishmaganligi sababli kasb –
hunarni chegaraganligi tufayli ishga joylashish muammo bo’ladi. Aynan 
anashuning uchun ham yordamchi maktab o’quvchilari kasb-hunarga oid 
bilimlarini maxsus kollejlarda davom ettirishga to’g’ri keladi. Shundagina 
yordamchi maktab o’quvchilari kuchada ishsiz bekor qolmaydilar. Hayotda o’z 
o’rinlarini topa oladilar. Jamiyatimizga ishchi kuchi sifatida foyda keltirar edilar. 


Kuchadagi ba’zi yomon ta’surotlar ta’siriga tushib qolmaydilar. yordamchi 
maktabda o’quvchilarni iloji boricha ko’proq ijtimoiy mehnatga ishtirok ettirish 
kerak. Ma’lumki yordamchi maktabda ijtimoiy- foydali mehnat ga faol ravishda 
tayyorlash har xil yo’nalishlar (ekologik, huquqiy, mehnat, axloqiy) bo’yicha olib 
boriladi. Yordamchi maktab o’quvchilarini ijtimoiy foydali mehnat jarayonida har 
tomonlama diagnostic nuqtai nazardan yondashish shaxsning bundan keyingi 
rivojlanishini prognozlashni nazarda tutadi. Shu maqsadda biz yordamchi 
maktablarda ijtimoiy foydali mehnat jarayonida o’quvchilarning milliy g’oyaviy 
jixatdan tarbiyalashga doir tavsiyalar ishlab chiqildi. Masalan: 1.Tanlagan ixtisosi 
bo’yicha mehnat qilish jarayoninig asosiy qonuniyatlarini bilishi kerak. Mazkur 
kasb bo’yicha tajriba orttirish yo’llarini mustaqil ishlashga zarur malaka va 
ko’nikmalarini egallashga o’rgatish. 2.Burch va ma’suliyat yordamchi maktab 
o’quvchisi jamiyat va kollektiv oldidagi burchini anglab yetish malakasini 
shakllantiradi, jamoat ishlari va xodisalariga qiziqish bildiradi : ularda faol ishtirok 
etishga o’rgatish. 33 3.Ongli intizom o’rgatish maktab o’quvchisi har doim va har 
tomonlama intizomli va bunga boshqalarni jalb qilishga o’rgatish. 
4.Bahamjihatlikka birodarlik. Yordamchi maktab o’quvchilar muomala qilishda 
dilkash va andishalik ularga sidqidildan beg’araz yordam berishga o’rgatish. 
5.Mehnatsevarlik, insonparvarlik boshqalarning halol mehnatlarini hurmat qilishni 
ongiga singdirib borishdan iboratdir. Yuqorida aytib o’tilganlarni amalgam 
oshirishga axloqiy tarbiya bilan birga mehnat tarbiyasi barcha tarbiya turlaridan 
ustunligi bilan ajralib turishi kerak. Ayni paytda mehnat yordamchi maktab 
o’quvchilaridagi psixofizik yetishmovchiliklarning korreksiyalaydi. Yordamchi 
maktabda o’quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashning asosiy vazifasi maktabni 
tamomlayotgan o’quvchilarni o’z mayllari hamda qobiliyatlariga muvofiq 
qiladigan kasbni to’g’ri, ongli ravishda anglashlariga erishishdan iboratdir. Bu 
borada ya’ni bolalarni mehnatga o’rgatish borasida Az –zamaxshariyning 
aytganlari juda o’rinlidir. U mehnatning tarbiyaviy tomonlari haqida fikrlar bildirar 
ekan shunday deydi “Mehnat insonni 3 bolodan asraydi; bezorilikdan, o’g’irlikdan, 
qashshoqlikdan asraydi” zamaxshariy aytganlarini yordamchi maktab o’quvchilari 
uchun shior qilib olsa arziydi, chunki yordamchi maktab o’quvchilari maktabni 
tugatgach mustaqil hayotga qadam quyar ekanlar ularga hayotda o’z yo’llarini 
topishda ana shu olgan kasb-hunarlarigina, mehnat malakalarigina as qotadi. 
To’g’ri adashmay halol non topib yeydi. Qo’llarida hunarlari bor ekan nojuya ish 
qilishga o’rin qolmaydi. Yuqorida aytib o’tilganlardan xulosa qilgan holda aynan 
yordamchi maktablarda shu kecha kunduzda kechikmay jamiyatimizga foyda 
keltiradigan mehnatsevar kishilarni yetishtirish, bolalar qiziqishga monand holda 
kasb-hunarga o’rgatishning samarali usullarini zamon talabiga mos holda 
talablardan kelib chiqib takomillashtirib borishi yordamchi maktab 


oligofrenopedagoglarining muqaddas burchidir. 34 Yordamchi maktabda mehnat 
ta’limida kasbga tayyorgarlikni aniqlash va unga nisbatan mehr o’yg’otish va 
diagnostic metodlarini amaliyotga tatbiq qilish va moslashtirish; kasb –hunar 
kabinetlarini jihozlash professionallashtirish ishlarini o’tkazish va boshqalar 
muhim jarayondir. Shuning bilan bilan birga o’quvchilarda tug’ma qobiliyat, 
ishtiyoq, o’qishga va kasbga qiziqish hamda bularning yordamchi maktab 
o’quvchilaridan barqarorligini amaliy ifodasini va ko’rinishi singari ijobiy 
fazilatlar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishi muhimdir. Yuqorida sanab o’tilgan 
eng zarur jihatlar yordamchi maktabda korreksion – pedagogik yo’nalishlar 
zamirida amalgam oshiriladi. Kasb –hunar maorifi, kasb tanlashga yo’llash, kasb 
konsultatsiyasi, kasbni saralash, kasbga moslashish, kasb tarbiyasi kabilardir. 
Hozirgi davr talabiga binoan kasb-hunarning boshqa turlaridan yordamchi maktab 
o’quvchilariga o’rgatish taqozo etmoqda. Masalan, chorvachilik, qishloq – xo’jalik 
ishlarini, obodonchilik, kosibchilik. Yordamchi maktab o’quvchilar shaxsininh 
jismoniy rivojlanishi, salomatligi, moyilligi, aqliy taraqqiyotning umumiy darajasi, 
u yoki bu kasbga nisbatan qobiliyati kabilarni esa kasb konsultatsiyasi orqali 
amalgam oshiriladi. Ayni paytda aniqlangan natijalar ma’lumotlardan kelib chiqib 
kasb –hunar egallashga doir maslahatlar beriladi. Yordamchi maktab 
o’quvchilarini kasb –hunarga tayyorlashda oligofren – pedagoglardir. Psixologlar, 
vrach –terapevt va boshqa mutaxassislar hamkorlikda ish olib borishi lozim. 
Yordamchi maktab o’quvchilarini kasb –hunarga tayyorlashda o’quvchilarning ota 
–onalari kasbiga, avlodlar kasb koriga ham e’tibor beriladi. Bolalarda ota kasbiga 
qiziqish bo’lsa kasbga o’rgatish oson kechadi. Yordamchi maktab o’quvchilarini 
kasb hunarga tayyorlashda hunarga tayyorda ularni kasbga yaroqliligi darajasini 
ko’rsatuvchi jismoniy hamda psixik sifatlarini aniqlash muhim rol o’ynaydi. 35 
Yordamchi maktab o’quvchilarini o’z ko’chiga ishontirish mehnat natijalari 
jamiyatimiz uchun ahamiyatli, o’z mehnatidan zavqlanish kabi, psixologik – 
pedagogik ish tizimini amalgam oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Yordamchi 
maktab o’quvchilarni kasb-hunarga o’rgatishning qimmatliligi shundaki. Mehnat 
orqali ular turli fanlarga oid bilimlar olish bilan birga ularda shaxsiy ijobiy sifatlar 
shakllanib boradi. Mehnat orqali esa davolovchi – korreksion ish hm amalgam 
oshiriladi. Yordamchi maktab o’quvchilari uchun to’g’ri tanlashgan mehnat, 
mehnat jarayonlarda ularda fiziologik jarayonini yaxshilaydi. Ularning ruxiyatiga 
ijobiy ta’sir etadi. Ular faoliyatiga tashkiliy ma’no beradi. Asosan yordamchi 
maktab o’quvchilari mehnat tufayli o’z kasalliklariga, nuqsonlariga oid fikrlardan 
chalg’iydilar, taskin topadilar. Lekin bunda mehnat topshiriqlari bolalarning 
individual xususiyatlariga, nuqson darajasiga qarab boradigan samarali natijaga 
olib keladi. 36 2.2. Yordamchi maktab ta’lim jarayonida o’quvchilarni kasb-
hunarga yo’nltirishning omillari Yordamchi maktablarda o’quvchilar mehnat 


ta’limi va kasb yo’naltirishdan chuqur va puxta bilim olishlari lozim. Ta’lim 
muassasalarida o’quvchilarning o’quv, umummehnat, umummilliy, umummadaniy 
bilimlari, boshlang’ich kasbiy ma’lumotlari, dastlabki ijtimoiy va mehnat 
munosabatlari shakllanib boradi. O’quvchilarni mehnat jarayoniga tayyorlashda 
ularning mehnat jihozlari, kishilar ongli va ishchan munosabatda bo’lishi talab 
etiladi. O’quvchilar mehnat mahsulotlarini iste’molga chiqarish mazkur jarayonda 
tejamkorlik,uddaburonlik, ishbilarmonlik kabi fazilatlarni shakllantirilishi, 
ishbilarmonlik kabi fazilatlarni shakllantirilishi, ularning mehnatga tayyorlashning 
asosini tashkil etadi va qo’yidagilarni amalgam oshirishni maqsad qilib qo’yadi: - 
O’quvchilarda mehnat jarayonida hamda mehnatni yuzaga keltiruvchi kishilarga 
hurmatni shakllantirish; - O’quvchilarni zamonaviy ishlab chiqarish, xalq 
xo’jaligiga xizmat ko’rsatish, qurilish, mashinasozlik va xalq hunarmandchiligi 
asoslari bilan tanishtirish; - O’quvchilarni umummehnat bilim, ko’nikma va 
malakalarini shakllantirish hamda ularni oddiy mehnat jarayonida ishtirok etishga 
tayyorlash; - O’quvchilarni ta’lim jarayonida va uni bitirgandan so’ng turli xil 
yo’nalishlardagi kasb –hunarlarga tayyorlash kabilardir. 9-16 yoshli 
o’quvchilarning mehnatga tayyorgarlash yordamchi maktablarida, maktabdan 
tashqari ta’lim muassasalarida oila, mahalla, ishlab chiqarish va mustaqil 
faoliyatda amalga oshiriladi hamda qator vazifalarni bajarishni nazarda tutadi. 
Mehnat tayyorgarligining vazifalarini amalga oshirishda ta’lim va tarbiyaning 
rivojlantiruvchilik, ta’limiylik, amaliylik, yaratuvchanlik, kasbiy yo’nltirilganlik, 
ishlab chiqaruvchilik kabi jihatlari qo’yidagilar nazarda tutiladi. 37 Hozirgi davrda 
o’quvchilarni mehnatga tayyorlashning vazifalari qo’yidagilardan iborat; - 
O’quvchilarda va mehnatga bo’lgan munosabatlarini shakllantirish, uning aqliy va 
jismoniy rivojlanishini korreksiyalash va ta’minlash; - O’quvchilarda, ahloqiy, 
mehnatsevarlik, tejamkorlik, fuqarolik, ijodkorlik kabi fazilatlarni tarbiyalash 
hamda ular faoliyatida mehnatni doimiy ehtiyojga aylantirib boorish; - 
O’quvchilarda bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardoshlik xususiyatlarini 
shakllantirish; - Tabiat zahiralari, moddiy buyumlar, narsalar va materiallarga 
bo’lgan tejamkorlik munosabatlarini shakllantirish; - Fikrimcha, o’quvchi – 
yoshlarni mehnat tayyorgarligi hozirgi davrda mehnat tarbiyasi, ma’limni, kasbga 
yo’naltirishlari, ishlab chiqarishda ishtirok etish, turli kasblarni egallash kabi 
jarayonlarni qamrab oladi. Mehnat ta’limida kasb –hunarga yo’naltirish omillari 
qo’yidagilar deb hisoblayman; - Mehnat ta’limi darsida bolalarga kasb –hunarlar 
to’g’risida boshlang’ich ma’lumotlarni berib boorish; - Bolalarni qo’l motorikasini 
rivojlantirib boorish; Yordamchi maktablarning umumiy vazifasi o’quvchilarni 
mustaqil hayotga va ishlab chiqarish korxonalarida mehnat qilishga tayyorlashdir. 
Aqli zaif o’quvchilarni ijtimoiy realibitatsiya masalasini hal qilishda kasb –hunarga 
yo’naltirish muhimi omil hisoblanadi. Yordamchi maktablarda kasb-hunarga 


yo’naltirish psixologik –pedagogik va tibbiy chora-tadbirlar tizimidan iborat bo’lib 
maktab bitiruvchisiga jamiyat ehtiyojlari va uning qobiliyatlarini inobatga olgan 
holda kasb tanlashga yordam beradi. Ko’zatishlar natijasiga ko’ra aqli zaif 
o’quvchilar juda kam hollarda o’zlariga kasb tanlashadi. Ularning kasbiy 
qiziqishlari asosan mehnat ta’limi sohasi ta’sirida shakllanadi; o’quvchilar 
ko’pincha maktabda tayyorgarlik ko’rgan mutaxassislikni tanlashadi yoki 
aksincha, bu mutaxassislik bo’yicha ishlashni istashmaydi. 38 Yordamchi maktab 
bitiruvchilarining katamnezini tahlili shuni ko’rsatadiki, ular ishlab chiqarish 
korxonalarida, maishiy xizmat va qishloq xo’jaligida turli hil majburiyatlarini 
bajarib, mehnat qilmoqdalar. Biroq o’sha ma’lumotlar yordamchi maktab 
bitiruvchilari uchun yuqori intilektual talablar qilinmaydigan kasblarni tanlashlari 
mumkinligini ko’rsatadi. Odatda ular pult boshqaruv operatori kabi murakkab 
ishchi mutaxasisliklarni tanlay olmaydilar. Yordamchi maktablarda kasbiy mehnat 
ta’limi ularning aqliy va jismoniy imkoniyatlarini hisobga olgan holda quriladi. 
Maktabda hunarga yo’naltirish masalasiga ham ahamiyat berilgan hollarda 
o’quvchilarning kasbiy yo’naltirilganligi ularning qobiliyatlarini berilgan mehnat 
turiga mos kelmaslik holatlarning sonini o’sishiga sabab bo’ladi. Odatda bu vaziyat 
o’quvchilarni kasbiy qobiliyatlarini o’rganish va mehnat ta’limi turlari bo’yicha 
saralash ishlari yetarli darajada tashkil qilinmasa yoki butunlay bo’lmasa yuzaga 
keladi. O’quvchilarni mustaqil kasbni tanlash imkoniyatlari saviyasining pastligi 
sababli yordamchi maktabda kasb –hunarga yo’naltirish ishlari eng avvalo ularning 
kasbiy qobiliyatlari va mayilliklarini aniqlash, shuningdek rivojlanish dinamikasini 
o’rganish vazifalarini hal qilishni taqozo etadi. Bu ishdagi 2-yo’nalish 
o’quvchilarda ulardagi real qobiliyati, imkoniyati va maishiy sharoitlarni hisobga 
olgan holda kasbga turg’un qiziqishini shakllantirishdan iboratdir. O’quvchining 
mehnat ta’limi yo’nalishini tanlashda uning intilektual darajasi, asosiy va 
ikkilamchi nuqsonlari xarakteri, jismoniy taraqqiyoti xisobga olinadi. Berilgan 
mehnat turiga o’quvchining qobiliyatlarini baholashda kasblar 
professiogrammalari qo’llaniladi. Professiogramma insonga u yoki bu kasb 
tomonidan qo’yiladigan talablar tizimidan iborat. Mehnat turini tanlashda 
o’quvchining taraqqiyoti davomida olingan ma’lumotlarga asoslanish ham muhim 
ahamiyatga egadir (masalan, mehnatda nutqdan foydalanish, amaliy ishda fazoviy 
munosabatlarni idrok etish malakalari). 39 Kasb hunarga yo’nltirish ishlarining 
katta qismini boshlang’ich sinf o’qituvchilari va tarbiyachilari bajaradi. 
“Umumta’lim predmetlari bo’yicha ta’lim jarayonida qo’l mehnati darslari va 
sinfdan tashqari mashg’ulotlar davomida o’quvchilarni kuzatish orqali o’qituvchi 
va tarbiyachi o’quvchilarning ilk mehnati qobiliyatlarining turli ta’lim 
bosqichlarida o’tkaziladigan ko’zatishlar natijalarini qiyoslash orqali ularning 
mehnatga bo’lgan qobiliyatlarini rivojlanish dinamikasiga baho beriladi. 


Boshlang’ich sinf o’ituvchilari o’quvchilarni yuqori sinf o’quvchilarini sinf 
o’quvchilarining mehnat faoliyati bilan tanishtiradi. Ona tili darslarida bu 
mutaxassiliklar haqida ma’lumot beradilar. Maktab o’quv ustaxonalarida 
ekskursiyalar tashkil qiladilar, shuningdek, o’quvchilarni kasbga yo’naltirish 
xonasi (burchagi) ayrim materiallari bilan tanishtiradilar. O’quvchining mehnat 
yo’nalishi belgilash uning ota-onalari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi. Ota-
onalar o’quvchilar tanlagan mehnat turiga ijobiy munosabatni tabiyalashda 
maktabga faol yordam berilishi lozim. Kasb-hunarga yo’naltirish va mehnat 
ta’limiga oid masalalar muntazam ravishda ota onalar majlislarida yoritib borilishi 
kerak. O’quvchilarda mehnatga, o’rgatilayotgan kasbga ijobiy munosabat, mehnat 
ahliga hurmatni tarbiyalashda kasb-hunarga yo’naltirish xonalari katta rol 
o’ynaydi. Kasb –hunarga yo’naltirish xonalarida maktab o’quvchilariga 
berilayotgan mutaxassisliklar bo’yicha ishlab chiqarish korxonalari haqida 
ma’lumotlar, zavod (fabrika) mehnat jamoasining mehnati, dam olishi, ommaviy – 
ma’daniy chora tadbirlarni aks ettiruvchi fotosuratlar bilan jihozlangan stendlar, 
tumandagi ishchi mutaxassisliklarga bo’lgan ehtiyoj haqidagi ma’lumotlar 
saqlanadi. Bundan tashqari kasb-hunarga yo’naltirish xonalarida maktab 
bitiruvchilari bilimlari lozim bo’lgan hujjatlarning na’munalari bo’lishi kerak. 
Kasb-hunarga yo’naltirish xonasining materiallarini muntaz m yangilab turish, 
fotosuratlarni almashtirish, kutubxonani mehnat mavzusidagi kitob va broshyuralar 
bilan to’ldirib borishi zarur. Maktabda olib borilayotgan o’quv –tarbiya ishlarining 
natijalarini natijalari ko’p jihatdan kasb –hunarga yo’naltirish xonasining 
materiallaridan o’qituvchi va tarbiyachilar qay tarzda unumli foydalanishlarga 
bog’liq. 40 2.3. O’quvchilarni kasb –hunarga yo’naltirishda sinfdan tashqari va 
maktabdan tashqari olib boriladigan ishlarning o’rni Sinfdan tashqari ishlar 
yordamchi maktabdagi o’quv-tarbiyaviy ishlarning tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, 
nuqsonli bolalarni har tomonlama rivojlantirishga, ijtimoiy foydali faoliyatda 
ishtirok etishga tayyorlashga xizmat qilishdan tashqari, ishlar asosan ta’lim –
tarbiyani davom ettirib, aqli zaif bolalardagi ruhiy kamchiliklarni yumshatishga, 
tuzatishga sharoit yaratadi. Sinfdan tashqari ishlardan ko’ra ijtimoiy, ta’limiy, 
ijtimoiy foydali, jismoniy tarbiya va sog’lomlashtirish san’atining turli sohalari, 
o’quvchilarning ma’daniy dam olishlari bo’yicha tashkil etishlari mumkin. Sinfdan 
tashqari va maktabdan tashqari ishlarning mazmuni turlicha bo’lishiga qaramay, 
bo’larning barchasida asosiy e’tibor o’quvchilardagi nuqsonni korreksiyalah 
ishlarini qaratiladi. Bolalardagi turli ruhiy jismoniy nuqsonli korreksilash ishlariga 
qaratiladi. Bolalardagi turli ruhiy, jismoniy nuqsonlar xarakteri ish mazmunini 
tanalshga yordam beradi. Sinfdan tashqari ishlar darsdan tashqari o’tkaziladi. 
Ularning tizimi izchil bo’lishi aqli zaif bolalarning psixofizik imkoniyatlarini, 
ularning qiziqishlarini, qobiliyatlarini hisobga olgan holda tashkil qilinishi darkor. 


Sinfdagi o’quv – tarbiyaviy ishlar bilan sinfdan tashqari ishlar orasida uzviy 
mintaqaviy bog’lanish bo’lishi kerak. Shuningdek, ularda sinfdan tashqari ishlar 
davomida sinfda olgan bilimlarini amalda qo’llay olish malakalari shakllanadi. 
Sinfdan tashqari ishlarga asosan o’qituvchi va tarbiyachi rahbarlik qiladi. Sinfdan 
tashqari ishlarda kasb – hunarga yo’naltirishdan tashqari o’zlarini boshqarish 
malakalari ham shakillantirib boriladi. Maktabdan tashqari ishlar shaklan, 
mazmunan, vazifalari bo’yicha sinfdan tashqari ishlarga o'xshab ketadi. Maktabdan 
tashqari ishlar asosan maktab rahbarlari tomonidan amalgam oshiriladi. Turli 
toifadagi bolalarga kasb –hunar o’rgatishda turli kechalar, musobaqalar, 
ustaxonalar tashkil etadi. Sinfdan, maktabdan tashqari ishlar nihoyatda muhim 
ahamiyatga ega. Ularni to’g’ri tashkil etish maktabning aqli zaif bolalarga bo’lgan 
ta’lim tarbiyasini oshiradi. 41 Sinfdan tashqari ishlar bolani mehnat darsida 
o’rganganini mustahkamlash uchun yarashadi. Shu bilan birga bolada kasbiy etika, 
ma’daniyat, jamoa bilan ishlash, ijtimoiy moslashuv, mehnatsevarlik kabi tuyg’ular 
shakllanishiga yordam beradi. Shu o’rinda tugarak ishi faoliyatini ham kiritib 
o’tishni lozim deb topdim. Tugarak ishlariga asosan 4-9 sinf o’quvchilari qabul 
qilinadi. Ba’zan esa yoki katta 3-sinf o’quvchilari ham qabul qilinishi ham 
mumkin. To’garak ishlari haftada bir marta ma’lum soatlarda o’tkaziladi. Sinfdan 
tashqari ishlarga to’garak ishlari kirar ekan to’garak ishlari ,aktabda ma’lum soatda 
o’tkaziladi. Ba’zan o’quvchilar to’garak ishlarining og’ir yengilligiga qarab 
mashg’ulotni tayyorlashdan oldin tayyorgalik vaqti, tanaffus belgilanadi. 
O’quvchilarni to’garak ishlariga kirishib ketishlari uchun mashg’ulot jarayonida 
ularni ruhini ko’taruvchi, qiziqishlarini orttiruvchi mehnat faoliyatida ularning 
qiziqishini orttiruvchi materiallardan kuproq foydalanish kerak. Har bir bolaning 
aqliy rivojlanishi mashgulotlarga tayyorgarligi charchash kabi xislatlarga etibor 
beriladi. Ba’zan o’quvchilar 2 ta to’garakka ham qatnashishlari mumkin. To’garak 
ishlarining og’ir, yengilligiga qarab, mashg’ulotning boshlashdan oldin 
tayyorgarlik vaqti tanaffus belgilanadi. To’garakka o’quvchilar o’z hohishi bilan 
qatnashadilar. Bolalarning qiziqishlari, imkoniyatlari, qobiliyatlari hisobga olinadi. 
To’garak ishlari bir yilga rejalashtiriladi. To’garak rahbarlari qaysi materialni 
qachon, qanday o’rganish kerakligini hisobga olinadi. Mashg’ulot uchun 
tayyorlangan mavzu o’quvchilarning tafakkurini rivojlantiradigan, chamalash 
xususiyatlarini o’stiradigan nutqdagi kamchiliklarni tuzatadigan bo’lishlari kerak. 
Mashg’ulot jarayonida kasb nomlari to’g’risidagi lug’at ustida ishlanadi. Kasblar 
to’g’risidagi yangi so’z va atamalarga duch kelsalar, o’qituvchi shu so’z haqida 
tushuncha berib, mashg’ulot uchun lug’at daftarga yozib boriladi. To’garakda har 
bir o’quvchilarning muvoffaqiyatini yoritib boruvchi alohida jurnal tutiladi. 
Yordamchi maktabda sinfdan tashqari ishlarda kasb hunarga yo’naltirishgan 
tashqari bolani nuqsonini bartaraf etish inobatga olinadi. 42 Turli hayotiy hisoblash 


ishlari aqli zaif bolalar nutqining rivojlanishiga, lug’atning boyishida, muljal olish 
ishlarida, savdo ishlarida mehnat qilish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga, 
estetik did, muomila ma’daniyatini, odamlar bilan ishlashga yordam beradi. 
Sinfdan tashqari ishlarga badiiy kechalar, tabiatni o’rganishga oid tadbirlar, maktab 
yer maydonida mehnat qilish, gigiyenik tarbiyaga oid tadbirlar, navbatchilik, 
o’lkani o’rganish, bayram tadbirlari, jonli burchakda mehnat qilish, to’garaklar, 
ijtimoiy foydali mehnat, texnika vositalari bilan ishlash, olimpiada, kuzatish, o’quv 
qurollari tayyorlash, qo’shimcha adabiyot o’qish, kutubxona, boshqa maktablar 
bilan aloqa, ko’rgazma tayyorlash, kecha va o’yinlar, sayohat va ekskursiyalar 
kiradi. Sinfdan tashqari ishlarda to’garak ishlari rahbari ishlarini bir yilga 
rejalashtiradi. Qaysi materialni qachon, qanday o’rganish kerakligini yaxshilab 
ko’rib chiqib, rejalashtiradi. Mashg’ulot uchun tanlagan mavzu o’quvchilarni 
tafakkurini rivojlantiradigan, chamalash xususiyatini o’stiradigan nutqdagi 
kamchiliklarni tuzatadigan bo’lishi kerak, mashg’ulot jarayonida lug’at ustida ish 
olib boriladi. O’quvchilar kasb haqida yangi so’z va atamalarga duch kelsa 
o’qituvchi shu so’z haqida tushuncha berib, mashg’ulot uchun yangi so’zlar yozib 
boriladi. Mashg’ulotda har bir o’quvchining muvaffaqiyatini yoritib boruvchi 
jurnal tutiladi. Sinfdan –sinfga ko’chirish, tavsifnoma berishda shu jurnaldan 
foydalaniladi. O’quvchilarni to’garak ishlariga kirishib ketishlari uchun mashg’ulot 
jarayonida individual ishlash lozim. Maktabda bolalar mehnat ustaxonalarida turli 
stanoklarda ishlash jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish qatiyan 
belgikanadi. Qizlar tikuvchilik, tuquvchilik, pazandachilik, o’g’ibolalar yog’och 
o’ymakorligi, duradgorlik, silesirlik kabi to’garaklarda o’z mahsulatlarini 
ko’rsatishi mumkin. Maktabdan tashqari ishlarda turli toifadagi bolalar yozgi 
umumiy va maxsus lagerlar tashkil etilganda turli xil klublar, to’garaklar ham 
tashkil etiladi. Bundan ko’zlangan maqsad bolani bo’sh vaqtini mazmunli tashkil 
etish. Xulosa qilib aytganda sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ishlar 
o’quvchilarni kasb –hunarga yo’naltirishning samarali bir omili sifatida qaraladi. 

Download 196,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish