“DIGITAL TRANSFORMATION OF INDUSTRY AND SERVICES: TRENDS, MANAGEMENT,
STRATEGIES”
146
ulushini 2 baravarga ko‘paytirishni nazarda tutilgan. Iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi
xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, tadbirkorda tashabbuskorlikni kuchaytirish,
moliyaviy resurslar bilan ta'minlash kabi omillarga asoslanadi. Iqtisodiyotda chuqur tarkibiy
o‘zgarishlarni amalga oshirish hisobiga 2035 yilga borib, mamlakat yalpi ichki mahsuloti
122 milliard dollarga yetkaziladi. O‘sish sur'atining bunday ko‘lamini belgilashda
YaIMning nominal o‘sishi, iqtisodiyot samaradorligi, aholi jon boshiga daromadlar oshishi
hisobga olingan.
Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda mehnat bozori hisobiga inson kapitalini
rivojlantirish, aholining barcha qatlamlarini sifatli xizmat ko‘rsatish bilan qamrab olish,
ushbu sohada ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish orqali aholiga xizmat ko‘rsatishni
yaxshilash ko‘rsatkichlarini oshirish, ilg‘or fikrlaydigan yangi avlodni shakllantirish,
mamlakatning milliy turizm va xizmat ko‘rsatish brendini xalqaro miqyosda ommalashtirish
kabi maqsadlar bayon etiladi.
O‘zbekistonni 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi Harakatlar strategiyasining
mantiqiy davomi bo‘lib, yurtimiz taraqqiyotida yangi sahifa ochishi bilan ahamiyatlidir.
Strategiya loyihasida belgilangan marralarga erishish xizmat ko‘rsatish sohasida islohotlarni
bosqichma-bosqich, aniq muddatlarda ro`yobga chiqarish prognozlari ishlab chiqilishi zarur.
Harakatlar strategiyasini 2035 yillarda amalga oshirishda raqamli iqtisodiyot muhim rol
o‘ynaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasida ta'kidlaganidek: “...raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli
infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq,
qanchalik qiyin bo‘lma-sin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda
kech bo‘ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor
vazifalarimizdan biri bo‘ladi. Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini
oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi”[3].
O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi 2019 yil 29
oktyabrdagi 576-sonli qonuniga asosan ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning
ustuvor yo‘nalishlari milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi hamda samaradorligiga erishish,
mehnat unumdorligini oshirish, yangi tarmoqlarni yaratish, aholi turmush darajasi, ilm-fan
va ta'lim tizimlarini sifat jihatidan yuksaltirib borish bilan bog‘liq muammolarning ilmiy
yechimini ta'minlash maqsadida ishlab chiqiladi[1].
Xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsiya, zamonaviy texnika va texnologiyalar qo‘llashni
amalga oshirish uchun raqamlm iqtisodiyotdan keng foydalanish zarur. Xizmat ko‘rsatish
sohasidagi iqtisodiy jarayonlarni raqamlashtirish nafaqat bevosita axborot-kommunikatsiya
tarmog‘ini, balki mamlakat xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarini ham qamrab oladigan
keng qamrovli tendensiyaga aylanib bormoqda.
Xizmat ko‘rsatish sohasida internet-savdo, raqamli turizmlar, «aqlli» elektr-tarmoq
tizimlari, uchuvchisiz transport, shaxsiylashtirilgan xizmat ko‘rsatish sohasida raqamli
iqtisodiyot inqilobi kuchli his qilinmoqda.
Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 noyabrda qabul
qilingan qarorida ta'kidlanishicha: «Raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar yaratish, davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, undan foydalanish
imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy infratuzilmani qo‘llash muhim ahamiyatga ega»[2]
deb ko‘rsatilishi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish infratuzilmasini amalga oshirish ko‘zda
tutilgan.
Xizmat ko‘rsatish sohasida biznes-jarayonni raqamli o‘zgartirishning mazmuni
vazifalarni jarayon ko‘rsatkichlari o‘rtasida uzatish jarayonini avtomatlashtirishdan iborat
bo‘lib, buni allaqchonlar BPMC (Business Process Management Suite) sinfidagi tizimlar
yordamida bajarish mumkin bo‘lgan. Raqamli o‘zgartirishning ikkinchi bosqichi alohida
operatsiyalarni bajarishni avtomatlashtirish hisoblanadi. Masalan, mijozning ishonchliligini
baholash, xuddi o‘quv kursi tinglovchilari orasida test sinovi o‘tkazish kabi, avtomatik
Do'stlaringiz bilan baham: |