A. A. Omonov, Т. М. Qoraliyev kredit va banklar


 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining



Download 10 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/210
Sana13.07.2022
Hajmi10 Mb.
#786835
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   210
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T.M. Pul, kredit va banklar (2)

4.4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
naqd pul muomalasi bo‘yicha asosiy vazifalari
0 ‘zbekiston Respublikasining « 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki to‘g‘risida» qonuniga muvofiq Markaziy bankning bosh maqsadi 
milliy valutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat va davlat monetar 
siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish hamda Markaziy bank 
to io v vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko‘rinishdagi naqd pul 
belgilarini muomalaga chiqarish va muomaladan qaytarib olish bo‘yicha 
mutlaq huquqga ega.
Shunga muvofiq, muomalaga naqd pul chiqarish, ulami saqlash, 
muomaladan qaytarib olish. va muomala uchun yaroqsiz holatga kelgan 
pul belgilarini yangi pul belgilariga almashtirish vazifalarini bajaradi. 
Shuningdek, muomalaga chiqarilmagan pul belgilarini saqlash 
maqsadida Markaziy bank Rezerv fondlarini tashkil etadi va ular 
bo‘yicha pul mablaglarining tarkibiy qismlarini, ya’ni banknot va 
tangalar ko‘rinishidagi qoldiq limitlarini belgilaydi. Tijorat banklari 
aylanma kassalarining qoldiq limitlari ham Markaziy bank tomonidan 
o‘matiladi.
Markaziy/bank respublika banklarida pul muomalasini va kassa 
ishlarini tashkil etish hamda ulaming buxgalteriya hisobini yuritish bilan 
bogliq barcha me’yoriy hujjatlami ishlab chiqadi.
Markaziy bank o‘zining asosiy maqsadini tolaqonli bajarish, ya’ni 
pul muomalasini barqaror saqlab turishga hamda milliy valutaning 
barqarorligini ta’minlash uchun pul muomalasi holatini muttasil 
o‘rganadi va tahlil qiladi hamda uni mustahkamlash uchun amaliy 
choralar ko‘radi. Asosiy naqd pul oqimlari tijorat banklari kassalari 
orqali olganligi sababli, Respublikada faoliyat yuritayotgan tijorat 
banklarining naqd pul muomalasi bilan bogliq faoliyatini tartibga soladi 
va nazorat qiladi.
Markaziy bank tomonidan naqd pul muomalasini tartibga solish 
maqsadida tijorat banklari va ulaming mijozlari uchun majburiy boigan 
quyidagi talablar o‘matilgan:
• kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi;
90


• tijorat banklari kassalariga naqd pullami topshirish va olish 
tartibi;
• tijorat banklari aylanma kassalariga limit o‘matish tartibi;
• tijorat banklari aylanma kassalan mustahkamlash uchun zaxira 
pullarini tashkil qilish tartibi;
• tijorat banklari kassa aylanmalarini hom cho'tqilish tartibi;
• xo‘jalik subyektlari naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmati 
tomonidan tijorat banklari kassalariga topshirish tartibi;
• banknotlar va monetalami tolovga yaroqlilik qobiliyatini 
aniqlash tartibi;
• xo‘jalik subyektlari kassalari qoldig‘iga limit o‘matish tartibi;
• naqd pul bilan hisob-kitob qilish tartibi;
• kassa operatsiyalarining buxgalteriya hisobi;
• chakana savdo korxonalariga naqd pulsiz hisob-kitob qilish 
tartibi.
Markaziy bank va uning hududiy Bosh boshqarmalari (HBB) 
zimmasiga Qoraqalpoglston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahrida pul muomalasini tashkil etish, tijorat banklari naqd pul bilan 
bogiiq faoliyatini muvofiqlashtiradi va monitoring yuritadi.
Bank muassasalariga kelib tushgan pul birliklari va tangalaming 
qayta sanalishi, to‘lovga yaroqli, eskirgan hamda yaroqsiz, ya’ni to‘lov 
qobiliyatini yo‘qotgan pul birliklarini toifalarga ajratilgan holda 
saralash, taxlash, tegishli ravishda o‘rab boglash va qayta muomalaga 
chiqarilishi kabi ishlaming sifatini yanada oshirish yuzasidan Markaziy 
bankning barcha muassasalari va tijorat bank bolimlariga doimiy 
ravishda tegishli ko'rsatmalar berib boriladi. Pul birliklarining 
«yaroqli», «eskirgan» va «tolovga yaroqsiz» toifalar bo‘yicha 
mezonlarim ishlab chiqadi.

Download 10 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish