hukumatning banki
funksiyasini bajarishda asosiy
e’tibor hukumatning oltin va valuta zaxiralarini saqlash va ulami
tasarruf qilish, shuningdek,
davlat budjeti taqchilligini qoplash
maqsadida tegishli moliyaviy yordamni (kredit) berishga qaratiladi.
Xulosa qilib aytganda, Markaziy banklaming vujudga kelishi va
ulaming faoliyatini tashkil etilishi ijtimoiy - iqtisodiy jarayon bo‘lib,
dastlabki Markaziy banklar tijorat banklari bazasida tashkil topgan,
ulaming faoliyati va bajaradigan funksiyalari doimiy ravishda
takomillashib kelmoqda.
11.2. O‘zbekiston Markaziy banki, uning
maqsadi va vazifalari
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, sobiq ittifoq
davlat banki bazasida 0 ‘zbekiston Respublikasining ikki pog‘onali bank
tizimi tashkil etildi. Shu davrdan boshlab, uning birinchi pog‘onosida
Markaziy bank, ikkinchisida esa kredit muassasalari (tijorat banklari,
kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar) faoliyat yurita
boshladi.
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Markaziy
banki
mustaqillikning
dastlabki yillarida o‘z faoliyatini «Banklar va bank faoliyati
to‘g‘risida»gi Qonun asosida amalga oshirdi. Shuni alohida ta’kidlash
joizki, yetmish yildan ortiq markazdan rejalashtirish sharoitida faoliyat
yuritib kelgan bank tizimining maqsadi, majburiyati, vazifalari va
ishlash tartibi yangidan tashkil etilgan ikki pog'onali bank tiziminikidan
tubdan farq qilar edi. Shu jihtdan ham uning bazasida tashkil etilgan
bank tizimi oldida juda katta va mas’uliyatli vazifalar turar edi. Xususan,
mamlakatda iqtisodiy jarayonlami to‘xtatmagan holda bozor iqtisodiy oti
sharoitiga asoslangan kredit muassasalari tizimini tashkil etish,
muomalaga milliy valutani joriy etish, sobiq ittifoq respublikalari bilan
203
uzoq yillardan beri davom etib kelgan hisob-kitoblami amalga oshirish
va boshqa qator vazifalar shular jumlasidandir.
Shuning uchirn ham mamlakatimiz Markaziy bankining tashkil
etilishi, uning mamlakatda pul muomalasini tartibga solish va kredit
muassasalari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishi bilan bog‘liq
vazifalari doimiy ravishda takomillashib, rivojlanib zamonaviy xalqaro
bank andozalariga o‘tib bormoqda.
Markaziy bank iqtisodiy jihatdan mustaqil boigan, yuridik
maqomga ega tashkilot hisoblanadi. Markaziy bank o‘z daromadlari
hisobidan xarajatlami amalga oshiradi. Agar uning xarajatlari
daromadlarga nisbatan ko‘p boisa, ushbu farq (zarar) davlat budjeti
hisobidan qoplab beriladi. Hisobot yilining oxirida Markaziy bank
ixtiyorida qolgan ortiqcha mablag‘ (foyda) to‘lig‘icha davlat budjeti
hisobiga o‘tkazib beriladi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Markaziy banki tashkil topganidan
buyon hisobot yilini moliyaviy zarar bilan qoplamagan, aksincha hisobot
yilning so‘nggida juda katta miqdordagi mablag‘ni davlat budjetiga
o‘tkazib kelmoqda.
Markaziy bankning asosiy daromad manbalari sifatida tijorat
banklariga beriladigan qayta moliyalash hisobidan oladigan foizlar,
hukumatning oltin va valuta zaxiralarini tasarruf etishdan oladigan
foizlar, tijorat banklari dan iqtisodiy me’yorlami buzganligi uchun
undiradigan jarimalari, tijorat banklari elektron to io v tizimidan
foydalanganliklari uchun toiaydigan toiovlari va boshqa manbalami
keltirish mumkin.
Mustaqillikning dastlabki yillarida tashkil etilgan 0 ‘zbekiston
Markaziy banki qisqa muddat ichida banklaming banki sifatida juda
katta ishlami amalga oshirdi, shuningdek, uning faoliyati takomillashib
va rivojlanib bordi. Buning natijasida uning faoliyatini amalga oshirish,
huquq va majburiyatlarini belgilaydigan alohida huquqiy hujjatni qabul
qilish zaruriyati vujudga keldi. Natijada 1995 yil 21 dekabrda
« 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonun qabul
qilindi. Ushbu qonun 9 ta boiim va 60 ta moddadan iborat boiib,
Markaziy bankning maqsadi, majburiyat va huquqlarini belgilaydi,
shuningdek, Markaziy bankning barcha faoliyat turlari mazkur qonunda
aniq va ravshan qilib belgilab qo‘yildi.
Mazkur qonunga ko‘ra, Markaziy bank tijorat faoliyati bilan
shug‘ullanishi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga moliyaviy yordam
204
ko‘rsatishi va ulaming kapitaJini shakllantirishda ishtirok etishi
taqiqlanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 30 - moddasiga asosan
Markaziy bank va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahridagi bosh boshqarmalari, shuningdek 0 ‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining muassasalari barcha soliqlar va
boshqa majburiy to‘lovlami to‘lashdan ozod qilinadi, yagona ijtimoiy
to‘lov bundan mustasno.
Markaziy bank mamlakat banklarining banki hisoblanib, to‘g ‘ridan
- to‘g ‘ri aholi va mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatmaydi. «Markaziy
bank to‘g‘risida»gi Qonunning 31 - moddasida belgilangan holatlar
bundan mustasno. Unga ko‘ra Markaziy bank, qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan tartibda va shartlarda davlat hokimiyati va boshqaruv
organlari, ayrim davlat qo‘mitasi va muassasalari, shuningdek, o'zining
huzundagi
korxonalar,
muassasalar va tashkilotlaming
asosiy
hisobvaraqlariga xizmat ko'rsatish bo‘yicha bank operatsiyalaiini
amalga oshirishi mumkin.
Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valutaning barqarorligini
ta’minlashdan iborat bo‘Iib, ushbu maqsadni amalga oshirish uchun
quyidagi vazifalami amalga oshiradi:
• monetar siyosatni hamda valutani tartibga solish sohasidagi
siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;
• 0 ‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblaming samarali tizimini
tashkil etish va ta’minlash;
• banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va
garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar,
kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalami nazorat
qilish, qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;
• 0 ‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin - valuta rezervlarini,
kelishuvga binoan hukumat rezervlarini qo‘shgan holda, saqlash va
tasarruf etish;
• mamlakatda yagona emission organ vazifasini amalga oshiradi.
Markaziy bank o‘tgan yil faoliyatini mustaqil auditor tashkilotlar
tekshiruvidan
keyin
hisobotni
keyingi
yilning
15
mayidan
kechiktirmasdan Oliy Majlis Senati ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi
va hisobot beradi.
Markaziy bankning oliy organi uning Boshqaruvidir. Boshqaruv
Markaziy bank siyosati va faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab
205
beradi, bankni boshqaradi. Boshqaruv o‘n bir kishidan iborat boiadi.
Boshqaruv tarkibiga Markaziy bank Raisi, uning o‘rinbosarlari,
shuningdek, bankning asosiy boiinm a rahbarlari kiradi.
Boshqaruvning majlislari oyiga kamida bir marta o'tkazib turiladi,
boshqaruv majlisida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi va hal etiladi: /
• monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlarini, shu jumladan.
Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari koiami, Markaziy
bankning hisob va ssuda berishdagi foiz stavkalari hamda banklaming
Markaziy bankdagi majburiy rezervlari normasini belgilaydi;
• Markaziy bankning nomiativ hujjatlarini tasdiqlaydi;
• Markaziy bankning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki masalasini
hal qiladi;
• banknotlar va tangalaming nominal qiymati va namunalarini,
shuningdek, pul belgilarini muomaladan chiqarish shartlarini belgilaydi;
• 0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga beriladigan ssudalar
miqdori va shartlarini tasdiqlaydi;
• banklar uchun iqtisodiy normativlami va kredit uyushmalari,
mikrokredit tashkilotlari hamda garovxonalar uchun moliyaviy
operatsiyalar o‘tkazish qoidalarini tasdiqlaydi, shuningdek, ularga rioya
etilishini ko‘rib chiqadi;
• bank faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalar berish va
ulami chaqirib olish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, kredit uy ushmalari,
mikrokredit tashkilotlari va garovxonalar faoliyati, shuningdek,
qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarish litsenziyalanishini amalga
oshiradi;
• Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasini belgilaydi;
• Markaziy bank muassasalari hamda korxonalarini tashkil etadi,
qayta tuzadi va tugatadi;
• Markaziy bank xarajatlari va daromadlari smetasini tasdiqlaydi;
• Markaziy bankning yillik va moliya hisobotlarini ko‘rib chiqadi;
• Markaziy bankning tarkibiy boiinmalari, muassasalari va
korxonalari rahbarlarini tasdiqlaydi;
• Markaziy bank tarkibiy boiinmalari, uning muassasalari va
tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari hamda maruzalarini tinglaydi;
• Markaziy bank xodimlarini ishga yollash, ishdan bo‘shatish,
ulaming mehnatiga haq toiash shartlarini, shuningdek ulaming kreditlar
206
I olishi va aksiyalar sotib olishi tartibini qonun hujjatlariga muvofiq
belgilaydi;
•
Markaziy bank vakolati doirasidagi boshqa masalalami ko‘rib
chiqadi va hal qiladi,
Xulosa qilib aytganda, 0 ‘zbekiston Markaziy banki mamlakat
banklarining banki hisoblanib, milliy valutaning barqarorligiga, kredit
muassasalarining moliyaviy jihatdan barqaror faoliyat yuritishiga mas’ul
bo‘lgan davlatning moliyaviy tashkiloti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |