A. A. Omonov, Т. М. Qoraliyev kredit va banklar


11 - bob. MARKAZIY BANK



Download 10 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/210
Sana13.07.2022
Hajmi10 Mb.
#786835
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   210
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T.M. Pul, kredit va banklar (2)

197


11 - bob. MARKAZIY BANK
11.1. Markaziy banldarning vujudga
kelishi va funksiyalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat bank tizimi ikki bo‘g‘indan 
tashkil topadi. Bank tizimi - bu ma’lum tarixiy davr ichida shakllangan 
va tegishli qonun hujjatlari asosida mamlakatda pul - kredit 
munosabatlarini tashkil etadigan va tartibga soladigan muassasalar 
majmuidir. 
Bozor iqtisodiyoti 
sharoitida faoliyat yuritayotgan 
davlatlaming deyarli barchasida bank tizimi ikki pog‘onadan iborat 
boiib, ushbu banklar mamlakatning ijtimoiy - iqtisodiy sharoiti va 
tarixiy shakllanishiga qarab o‘ziga xos xususiyatlar asosida faoliyat 
yuritadi.
0 ‘zbekistonda ham bank tizimi ikki pog‘onadan iborat bo‘lib, 
ulaming faoliyati tegishli qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi. Ikki 
pog‘onali bank tizimi da banklar - emission bank (Markaziy bank) va 
emission bo'lmagan (tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikrokredit 
tashkilotlar, lombardlar) banklardan tashkil topadi.
0 ‘zbekistonda ikki pog‘onali bank tizimining shakllanishi 1987 -
1990-yillarda, sobiq Davlat bankini isloh qilish davriga to'g‘ri keladi. 
0 ‘sha davrda asosiy e’tibor monopol emission bank hisoblangan Davlat 
bankining tashkiliy tuzilmasini keskin o‘zgartirish orqali, iqtisodiyotni 
rivojlantirish va mijozlar bilan ishlaydigan ixtisoslashgan banklami 
tashkil etishga qaratildi.
Bank tizimida mustaqillikkacha bo‘lgan davrda amalga oshirilgan 
islohotlarning asosiy konsepsiyasi sifatida quyidagilami keltirish 
mumkin:
• Ikki pog‘onali bank tizimini tashkil etish.
• Davlatning ixtisoslashgan banklarini xo‘jalik hisobi va o‘zini- 
o‘zi moliyalashtirishga o‘tkazish.
• Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yangi bank xizmatlarini taklif 
etish, zamonaviy hisob-kitob shakllarini va kredit munosabatlarini 
amaliyotga joriy etish masalalari shular jumlasidandir.
198


Bank tizimida 1987-yilda boshlangan iqtisodiy islohotlar va 
banklami qayta qurish natijasida ulaming mulkchilik shaklida, xizmat 
kcfrsatishida, kredit va hisob-kitob munosabatlarida ayrim o‘zgarislilar 
sodir bo‘ldi. Lekin, bank tizimida prinsipial ahamiyatga ega bo'lgan 
ijobiy o‘zgarishlar yuz bermadi. Davlat banki kredit resurslarini 
markazlashgan holda monopol taqsimlovchi muassasa sifatida o‘z 
mavqeyini deyarli yo‘qotmadi. Natijada, sobiq ittifoq tuzumi davrida 
1988 - 1989-yillarda banklami isloh qilishning ikkinchi bosqichi 
boshlandi. Ushbu davrda dastlabki aksiyadorlik tijorat banklari vujudga 
kela boshladi.
0 ‘zbekiston 
1991-yilda 
mustaqillikka 
erishgandan 
so‘ng, 
mamlakatda 
xalqaro bank amaliyotidagi kabi haqiqiy ikki pog‘onali 
bank tizimi tashkil topishi yo‘lida qat’iy qadamlar qo‘yildi. «1991- 
yilning o‘zidayoq «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida» gi qonun qabul 
qilindi. Ushbu qonunga ko‘ra, eski Davlat bankining respublika idorasi 
bazasida mustaqil 0 ‘zbekistonning Markaziy banki tashkil etildi va unga 
respublika davlat, emission va rezerv banki mavqeyi berildi»61.
Mamlakat bank tizimining asosiy bo‘g ‘ini Markaziy bank 
hisoblanadi. Markaziy bank bevosita mijozlarga bank xizmatlarini 
ko‘rsatmaydi, ayrim davlat tashkilotlari bundan mustasno. Barcha 
mamlakatlarda Markaziy banklaming bajaradigan vazifalari va 
funksiyalari deyarli bir xil bo‘lib, ular turli mamlakatlarda turli nomda 
yuritilishi mumkin. Xususan, hozirgi kunda, bizga ma’lumki, dunyoning 
turli mamlakatlarida ushbu banklar «markaziy bank», «xalq banki», 
«emission banki», «milliy banki», «zaxira banki», «davlat banki» tarzida 
yuritiladi.
Masalan, AQSH da Federal zaxira tizimi, Angliyada Angliya 
banki, Yevropada Yevropa Markaziy banki, O'zbekistonda Markaziy 
bank, Qozog‘istonda Milliy bank va hokazo. Markaziy banklaming 
vujudga kelish tarixiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ular mamlakatda pul 
muomalasini tartibga solib turuvchi moliyaviy muassasa sifatida 
vujudga keldi.
Ma’lumki, dastlabki banklar, yanada aniqroq qilib aytadigan 
bo‘lsak, tijorat banklari mustaqil ravishda qog‘oz pullami emissiya 
qilgan. Albatta, bu ma’lum davr davomida mamlakatda pul muomalasini 
tashkil qilish, hisob-kitoblami amalga oshirish va muomala jarayonini
61 УзбекистанРеспубллкаси банк ттнимп, Ф.Муллажонс® таЬрири остада. —
Т.: «^эбекистою> нашриёти, 2001й. 34 —
бет.
199


tashkil etishda o‘zining ijobiy natijasini berib kelgan. Biroq, vaqt o‘tishi 
bilan tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan qog‘oz 
pullaming hajmi va turi juda ko‘payib ketgan. Bu, o‘z navbatida, 
pullaming qadrsizlanishini, ayrim hollarda tijorat banklarining bankrot 
holatiga tushib qolishi iqtisodiyotda pul muomasalasini buzilishiga va 
boshqa qator salbiy holatlami vujudga kelishiga sabab boigan.
Bulaming barchasi mamlakatda pul emissiyasini markazlashgan 
holda amalga oshirish va pul muomalasini tartibga solish zruriyatini 
keltirib chiqaradi. Bu o‘z navbatida tijorat banklari bazasida Markaziy 
banklaming vujudga kelishiga sabab bo‘ldi, Markaziy banklaming 
vujudga kelishi davlatga pul emissiyasini markazlashgan holda amalga 
oshirish va pul muomalasini tartibga solish imkoniyatini berdi.
Masalan, AQSH da 1836- va 1860-yillarda 2500 dan ortiq shtat 
banklari tashkil etilib, ulaming 100 dan ortig‘i birinchi o‘n yil ichida 
yopilib ketgan. Shu davrda banklar mustaqil ravishda muomalaga pul 
chiqarish huquqiga ega boiib, muomalada ulaming 5500 dan ortiq turli 
pul belgilari amal qilgan. Banklaming stixiyali ravishda pul 
muomalasini tashkil etishi, umumiy nazoratning mavjud emasligi ulami 
inqirozga yuz tutishiga, aholining ishonchini pasayishiga, muomaladagi 
pullaming qadrsizlanishiga sabab boigan, shuningdek, pulning toiov 
vositasi funksiyasini bajarmaslik holatlari tez - tez sodir b o iib turgan. 
Bu kompaniya va firmalaming moliyaviy yo‘qotishlariga sabab boigan. 
Jumladan, 1862-yilda banklaming inqirozga yuz tutishi natijasida 
AQSHning yirik kompaniya va firmalari 100 mlrd. AQSH dollaridan 
ortiq zarar ko'rgan. Bulaming barchasi AQSH hukumati tomonidan 
tijorat banklari va pul muomalasi ustidan tegishli nazoratni amalga 
oshirish zaruriyatini keltirib chiqargan, natijada 1913-yilda AQSH 
Federal zaxira tizimi tashkil etilib, ushbu bankka yagona emissiya 
huquqi va tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash vazifasi yuklatilgan62
Iqtisodiy adabiyotlarda, dastlabki Markaziy bank 1650-yilda 
Shvetsiyaning Stokgolm shahrida tashkil etilganligi qayd qilingan63 
Ushbu bank oltin tangalar asosida depozit sertifikatlarini muomalaga 
chiqargan, mazkur depozit sertifikatlari butun shvetsiya hududida toiov 
vositasini bajargan boiib, taqdim qiluvchiga oltin tanga berilishi bilan 
kafolatlangan.
62 
Ccsnpton, EricN. Principles of banking. Library of Congress. Printed in the USA. Fomth edition, 1991. pp 8 - 9 .
153 Деньги, кредит, банки: учебник, /кол. авт.. под ред.аасл.делт. науки РФ, д.э.н. проф. О.И. Лавру шина. - 5 - е изд., 
стер. -М.: КНОРУС, 2007. -С 403.
200


Dastlabki emission bank 1694-yilda Angliya banki sifatida tashkil 
etilgan bo‘lib, ushbu bank muomalaga pullami emissiya qilish va 
banklaming tijorat veksellarini ro‘yxatga olish bilan shug‘ullangan64.
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi, mamlakatlar o‘rtasida xalqaro 
savdo va hisob-kitoblaming rivojlanishi Markaziy banklar zimmasiga 
qo‘shimcha vazifalami yuklash zaruriyatini keltirib chiqardi. Endi 
Markaziy banklar emission bank vazifasini bajanshdan tashqari 
mamlakatda kredit muassasalari faoliyatini tartibga solish, iqtisodiyotda 
pul - kredit siyosatini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.
Davlat mamlakat milliy valutasini muomalaga chiqarish, uni 
tartibga solish, kredit muassasalari faoliyatini nazorat qilish, hisob- 
kitoblami tashkil etish bilan bog‘liq qator qonunlami qabul qildi. Shu 
tarzda davlat kredit muassaslari faoliyatini tashkil etish va pul 
muomalasini amalga oshirish bo‘yicha barcha ishlami to‘liq o‘z qo‘liga 
oldi.
Markaziy banklaming tashkil topish shakliga e’tibor qaratadigan 
bo‘lsak, ular davlat kapitali asosida tashkil topgan markaziy banklar 
(Buyuk Britaniya, Yevropa ittifoqi, Rossiya), aksiyadorlik shaklidagi 
markaziy banklar (AQSH, Italiya), aralash kapital ishtirokida markaziy 
banklar (Yaponiya, Belgiya) ko‘rinishida vujudga kelgan.
Ayrim markaziy banklar dastlab aksiyadorlik shaklida tashkil 
topib, keyinchalik davlat tomonidan milliylashtirilgan. Ta’kidlash joizki, 
markaziy banklar qanday shaklda tashkil topgan bo'lishidan qat’iy 
nazar, ular o‘z vazifalarini davlat bilan o‘zaro kelishuv va uning 
siyosatiga hamohang tarzda olib boradi. Ayniqsa, ulaming o‘zaro 
yaqinligi mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy aloqalaming rivojlanishining 
zamonaviy bosqichida juda chuqurlashdi.
Markaziy bank davlat bilan juda yaqin aloqada faoliyat yuritsada, 
mamlakatda pul - kredit siyosatini amalga oshirishda davlatdan mustaqil 
bo‘lishi muhim hisoblanadi. Agar davlat Markaziy banklaming pul -
kredit siyosatiga bevosita aralashsa, ularga pul - kredit siyosatini amalga 
oshirish bo‘yicha zarur darajadagi mustaqillikni bermasa mamlakat 
milliy valutasi va pul muomalasi barqarorligini ta’minlashda qator 
muammolar vujudga keladi. Shu jihatdan, Markaziy banklar iqtisodiy va 
huquqiy jihatdan mustaqil hisoblanadi, ulaming davlatga bog'liqligi 
yoki mustaqilligi turli mamlakatlarda turlichadir. Odatda mamlakat
64 
Деньги, кредит, башси: учебник, /кол. авт.: под ред.засл.деят. науки РФ, д э.и. проф. ОНЛаврушина. - 5 - е изд., 
стер. -М.: КНОРУС, 2007. -С. 403.
201


parlamentiga hisobdor boigan Markaziy banklar ko‘proq mustaqil 
hisoblanadi 
(AQSH, 
Rossiya, 
0 ‘zbekiston), 
mamlakat Moliya 
vazirligiga hisobdor bo‘lgan Markaziy banklar mustaqilligi nisbatan 
pastroq hisoblanadi, dunyoda bunday banklar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Markaziy bank pul - kredit siyosatini amalga oshirishda u yoki bu 
darajada davlatdan mustaqil bolgani bilan o‘zining pul - kredit siyosati 
orqali hukumatning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish rejasini, siyosatini 
qollab - quvvatlashga bevosita va bilvosita mas’ul hisoblanadi. 
Shunday ekan, Markaziy bank tomonidan amalga oshirilayotgan pul -
kredit siyosati hukumatning makroiqtisodiy darajadagi siyosatini amalga 
oshirish nuqtayi nazaridan ishlab chiqilishi va amaliyotga joriy etilishi 
lozim boladi.
Markaziy bank mazkur jarayonida amalga oshirishda o‘zining 
qator funksiyalarini bajarish orqali ishtirok etadi. Shuni alohida 
ta’kidlash joizki, Markaziy banklaming asosiy maqsadi mamlakat milliy 
valutasining barqarorligini ta’minlashdan iborat. Ular ushbu vazifani 
bajarish uchun qator funksiyalami bajaradi, ushbu funksiya va 

Download 10 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish