91
kichik obyektlar bo’lib, odatda radiomanbalar tumanliklarining markaziy oblastida
joylashgan bo’ladi. Hozirgi paytda radiomanbasi bo’lgan krabovid tumanligiga
o’xshagan yuzlab obyektlar borligi aniqlangan. Pulsarlar
nurlanishini tebranish
chastotasi juda baland, 2 dan 200Gs gacha bo’ladi. Bundan pulsarlarning radiusi
kichik (10-30km), massasi esa Quyosh massasi tartibida ekanligi kelib chiqadi.
Pulsarlarning yuzida magnit maydon kuchlanganligi juda katta ~10
12
Gs tartibida
bo’ladi. Pulsarlarning aylanuvchi bunday magnit maydonlari zarralarni katta
energiyalargacha tezlashtiradi.
Kvazarlar va radiogalaktikalar.
Ko’pgina astronomik obyektlar elektromagnit to’lqinlarni
optik diapazonida
nurlanish bilan birgalikda radiodiapazonda ham nurlaydilar. Bizning galaktikamiz
ham bunday xususiyatga egadir. Shunday obyektlar mavjudki, ular elektromagnit
nurlanishi quvvatini asosiy qismi radiodiapozonga to’g’ri keladi.
Odatdagi galaktikalarning radiodiapozonda nurlanish quvvati 10
38
erg/s ga
yetib, bu optik diapozonda nurlanishidan million marotiba kichikdir va nurlanish
galaktikaning diskidan ham galosidan ham hosil bo’ladi. Ko’pchilik
radiogalaktikalarda nurlanish manbaning kichik sohasidan vujudga keladi,
umuman olganda radiogalaktikada nurlanuvchi oblastning
tuzilishi murakkab
bo’lishi mumkin (masalan, ikkilangan radiomanbalarda).
Radiogalaktikalarning nurlanishi sinxrotron tabiatga ega bo’lib, magnit
maydonlarda V=(10
-5
10
-4
)Gs, harakat qiluvchi elektronlarni
nurlanishi tufayli
hosil bo’ladi. Elektronlarning to’la energiyasi 10
58
-10
60
erg bo’lishi kerak. Bunday
zarralarning to’planishiga va nurlanishiga olib keluvchi jarayonlar tabiati hali
noma’lumdir. Lekin radiogalaktikalarning energiyasini
juda kattaligi bunday
jarayonlar zarralarning o’ta yuqori energiyalargacha tezlashtirishi bilan bog’liq
bo’lgan jarayonlar ekanligiga o’ylashga majbur etadi.
Radionurlanishlarni o’rganish natijasida,
odatdan tashqari obyektlar,
kvaziyulduzlar yoki kvazarlar borligi aniqlangan. Kvazarlarning hammasi bizdan
juda uzoqda joylashgan bo’lib, juda kam uchraydilar. Ular odatdagi
galaktikalardan 10
7
marotiba kamdir. Kvazarlar
nurlanishining asosiy qismi
o’lchami 10
15
sm bo’lgan sohasidan chiqib, nurlanishini quvvati 10
47
erg/s ga yetadi.
Kvazarlar to’g’risida mavjud bo’lgan natijalar ularning yuqori aktivligi yuz ming
yillar davom etishini ko’rsatadi. Bundan ajraladigan energiya 10
60
erg ga yetishini
ko’rsatadi. Kvazarlar kosmik nurlarning potensial generatori hisoblanadi. Fanning
oxirgi yillardagi taraqqiyoti, kvazarlar galaktikalarning
yadrosi ekanligini
ko’rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: