90
yulduzlar bir necha oy davomida so’nsa ham, ularnig qoldiqlarini 100 lab yillar
davomida kuzatish mumkindir.
O’ta yangi yulduzlar spektrlarini o’zgarishiga ko’ra aniqlanishicha, ularning
yorqinligining oshishi, uning fotosferasi yuzini oshishi hisobidan vujudga keladi.
Uning yorqinligi eng katta bo’lganda, uning tashqi qavati undan ajralib kosmik
fazoda ~1000 km/s tezlik bilan sochilib ketadi. O’ta yangi yulduzning markaziy
qismi gravitasion kuch ta’sirida siqilib, pulsarga aylanadi. Temperaturasi nihoyat
darajada katta bo’lgan, yorqinligi o’rta bo’lgan yulduzlargina o’ta yangi
yulduzlardan portlab yarqiraydilar. Bu jihatdan Quyosh bunday portlashdan
uzoqdir. Izlanishlarning ko’rsatilishicha, o’ta yangi yulduzning koinotda
sochilayotgan tashqi qavati magnit maydoniga ega bo’lib, shuning uchun optik
nurlar va radionurlar manbai hisoblanadi. Bunday nurlanishlarning qutblanganligi
buni oxirigacha isbot etgan. Krabovid tumanligi va boshqa tumanliklarning
qoldiqlari kosmik nurlar manbai hamdir.
Faraz qilinadiki, yulduzning markaziy qismida vodorodni yonishi orqali
o’tuvchi termoyadro reaksiyasi natijasida temperatura
9
10
3
K ga yetadi va nisbatan
og’ir elementlarni sintezi vujudga kelishi uchun sharoit yaratiladi. Shuning bilan
termoyadro energiyasini manbai tug’iladi va gravitasion va yorug’likning bosim
kuchi orasidagi muvozanat buziladi. Natijada yulduzning markaziy qismi
gravitasion kuch ta’siri ostida siqilib, avval neytronli yulduzga, keyin pulsarga
aylanadi. Bunday jarayonga gravitasion kollaps jarayoni deyiladi. Gravitasion
kollaps jarayoni davomida bosimni oshishi bilan protonlar tomonidan elektronlarni
yutish quyidagi reaksiyasi vujudga keladi:
e
n
e
p
(2.2)
Natijada temir marganesga aylanadi.
e
Mn
e
Fe
(2.3)
Natijada yulduz muhitini markaziy qismida muhit neytronlardan iborat
bo’lib, tashqi qobig’i temirdan iborat bo’ladi, ya’ni temirdan qilingan qobiq hosil
bo’ladi. Neytronizasiya jarayoni davomiyligi 0,01-0,03 sekund bo’lgan kuchli
neytrinoli dasta hamrohlik qiladi. Shuning uchun bunday neytrinolar dastasini qayd
qilib, gravitasion kollapsning muhim xususiyatlarini o’rganish mumkindir.
23 fevral 1987 yilda Magellan galaktikasida yuz bergan o’ta yangi yulduz
yarqirashi davomida Alp tog’ida Baksan neytrinoli stansiyasida va Yaponiyadagi
neytrinoli stansiyalarda bir vaqtli neytrinolar dastalari qayd etilgan. Agar
neytrinolar noldan farqli massaga ega bo’lsa, u holda turli neytrinolarni qayd
qilishda farq hosil bo’ladi. Shuning uchun ularning qayd qilish vaqtlarini farqiga
ko’ra massalarini baholash mumkindir.
Do'stlaringiz bilan baham: