Mavzu: biotexnologiyada odam va hayvon hujayralaridan foydalanish



Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana13.07.2022
Hajmi1,16 Mb.
#786700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
4 Biotexnologiyaga kirish Amaliy topshiriq

 
Gen mikroinjeksiyasi
. Hayvonlarda oldindan gormonal bilan in’eksiya qilib, 
superovulyasiyani (ko‘p miqdorda tuxum hujayralarni ishlab chiqarishni stimullash) keltirib 
chiqariladi va keyin urug‘lantirish amalga oshiriladi. Keyin embrionlar pronukleus bosqichida 
jarrohlik yo‘li bilan yoki donorlarni so‘yib bo‘lingandan keyin ajratib olinadi.
Embrionlarni mikroinjeksiya qilish uchun barqaror ish stoliga mikroskop, ushlab turiladigan va
boshqariladigan ikkita mikromanipulyator, in’eksiya pipetkalari va in’eksiya bosimini tartibga 
solish uchun moslama o‘rnatiladi.


Mikroskop stoli ustida parafin bilan qoplangan ozuqa muhiti bo‘lgan in’eksiya 
kamerasi o‘rnatiladi. Embrionlarni ozuqa muhitda solinadi. Embrionlar in’eksiyasi uchun 
ehtiyojga ko‘ra past bosim ostida ularni pipetkada shunday ushlab turiladiki, in’eksiya 
qilinadigan pronukleus aniq bilinib turadigan bo‘lishi kerak. In’eksiya pipetkasi uchi (ichki 
diametri taxminan 1 mm) DNK eritmasi bilan to‘ldiriladi. Operatsiyaning aniqligi 
pronukleusning bo‘rtishi bilan baholanadi. In’eksiyadan keyin ushlab turuvchi pipetkadan 
embrionlar bo‘shatiladi va retsipientga o‘tkazilgunga qadar (transplantatsiyagacha) o‘stiriladi 
(kultivatsiya qilinadi). 
Sichqon va quyonlarning urug‘langan tuxumlarida pronukleuslar aniq ko‘rinadi va ularni 
in’eksiya qilish oson. Qishloq xo‘jaligi hayvonlari embrionlari sitoplazmasida to‘q rangda 
ko‘rinadigan lipidlarni o‘z ichiga olgan donachalar mavjud. Ular pronukleuslarni ko‘rishni 
qiyinlashtiradi. SHuning uchun oldindan sentrifugalash amalga oshiriladi. Bunday holda, 
granulalar tuxum hujayraning bir qutbiga o‘tib, pronukleuslar ko‘rinadigan bo‘lib, 
mikroin’eksiya uchun yaroqli. Keyin embrionlar 
in vitro
da (bir necha soatgacha) o‘stiriladi va 
jarrohlik yo‘li bilan sinxronlangan qabul qiluvchilar (retsipientlar) ning tuxum yo‘llariga 
ko‘chiriladi.
Transgen hayvonlar liniyasini olishda ba’zi jinsiy hujayralarida transgenni bo‘lgan transgen 
hayvonlar olish muhim rol o‘ynaydi. Ba’zan mozaik ko‘rinishdagi - ikki yoki undan ortiq 
hujayra liniyasidan iborat hayvonlar, bitta zigotadan kelib chiqqan, ammo turli xil genotiplarga 
ega hayvonlar ham kelib chiqish ehtimoli bo‘ladi. Mozaikalarning ba’zilari shunday transgen 
liniyalarni keltirib chiqara olmaydi, chunki ularda transgenni irsiyat bo‘yicha berilishi imkoniyati 
mvjud emas. Genomiga transgen kiritilgan bitta transgen hayvonni olish va u tarnsgen nasl 
berishi uchun emrionlarning hayvonlarga transplantatsiyasidan so‘ng 100 dan kam 
homiladorlikni o‘tkazilish lozim bo‘ladi. Yirik uy hayvonlarida mikroinjeksiyalarning 
samaradorligi juda past bo‘ladi. 

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish