Zamin-M biopreparati
Bacillus subtilis
SKB 309
, Bacillus megaterium
SKB 310
va
Pseudomonas stutzeri
SKB 308
rizobakteriya shtammlari yagona
ozuqa muhitida raqobatsiz
munosabatda yashash va saqlanish xususiyatiga ega assotsiativ tuzilmadan iborat. Mazkur
rizobakteriyalar xlorid va sulfatli sho‘rlanishning 200 mM gacha konsentratsiyalariga
chidamli
kulturalardan tanlab olingan. Ularning sho‘rlanishga chidamliligi plazmid DNK sining
komponent tarkibini elektroforetik tahlillari asosida yirik o‘lchamdagi,
Bacillus subtilis
SKB
309 shtammida 13,3; 30 va 48,5 m.j.n;
B.megaterium
SKB 310 shtammida 23,1 m.n.j.
plazmidlarning mavjudligiga ko‘ra izohlangan. Preparat tarkibiga
kiruvchi shtammlar yuqori
darajada indolil 3-sirka kislotasini (ISK) sintez qiladi. Xromato-mass-spektrometrik usul
Pseudomonas stutzeri
SKB 308
shtammi
ISK sintezi jarayonida oraliq birikma sifatida kuchli
antagonistik faollikka ega bo‘lgan
birikma
1-brom-2-ftalimidetan
sintez qilishi aniqlangan.
Preparat tuproq mikroflorasiga va tuproq fermentlari (katalaza, invertaza, ureaza,
fosfataza,
peroksidaza, polifenoloksidaza) faolligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
5.21-rasm. “Zamin-M” biopreparati 3 xil mikroorganizmlar asosida
shakllantirilgan «Zamin-M» mikrobli ompozitsiyasini chigitga
ishlov berish uchun 2,5 l/t va vegetatsiya davrida 2,0+2,0 l/ga
me’yoridagi miqdoridan foydalanish tuproq sho‘rlanishiga qarab,
5,4 s/ga dan 7 s/ga gacha yuqori hosil olish imkonini beradi.
Zamin-M biopreparatini ishlab chiqarishning texnologik jarayonning bosqichlari.
Mikroorganizmlarni suyuq ozuqa muhitlarida o‘stirish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
-
Ozuqa muhitini tayyorlash, sterillash va sovutish;
-
Ekuv materialini tayyorlash;
-
Produtsent mikroorganizmlar shtammlarini o‘stirish;
-
Biopreparatlarni qadoqlash va saqlash.
Ekuv materialini laboratoriya sharoitida amalga oshirildi. Bu
bosqich ikki qismdan iborat
bo‘lib:
1)
liofil quritilgan shtammlarni faollashtirish va qattiq ozuqa muhitlari sirtida ko‘paytirish
(72±2 soat davomida 28±2
0
S haroratda);
2)
inokulyatni tayyorlash. Ekuv materialini suyuq ozuqa muhitiga ko‘chirib o‘tkazilib,
48±2 soat davomida 28±2
0
S haroratda o‘stirish.
Tayyor ekuv materialini tarkibida 5x10
9
huj/mldan dan kam bo‘lmagan produtsent-
mikroorganizmlar mavjud bo‘lishiga qadar o‘stirildi. Tayyor biopreparat
ozuqa muhiti bilan
birga mikroorganizmlarning kulturalaridan iborat bo‘ldi. Keyin mikroorganizmlarning 5; 10; 20 l
dan qilib qadoqlandi va saqlash uchun omborxonaga yoki ishlatish uchun yuborildi.