75
sifatida ishlab chiqilgandir. Uning tarkibida ma’lumotlarni uzatish
jarayonida kerak bo‘ladigan –
registrlar, turli xildagi kombinator
elementlar va mantiqiy sxemalar mavjud bo‘ladi.
3.1-rasmda kompyuterlarda ishlatiladigan shinalarning qanday xillari
bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatuvchi chizma keltirilgan. Unda protsessorning
ichida joylashgan shinalar -
ichki shinalar
, protsessordan tashqarida
joylashgan, uni kompyuterning boshqa qurilmalari bilan bog‘lovchi -
tashqi shinasi
,
xotira shinasi
va
kompyuterga
ma’lumotlarni kiritish-
chiqarishni amalga oshiruvchi shinalar
keltirilgan.
3.1-rasm. Kompyuterlarda ishlatiladigan shinalarning xillari.
Ichki shinalar protsessor tarkibiga kirgan - boshqarish qurilmasi,
arifmetik-mantiqiy qurilma va registrlar o‘rtasida ma’lumotlarni uzatib
berish uchun xizmat qiladi. Tashqi shina yordamida esa - protsessor, tezkor
xotira va ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari bilan bog‘lanishni
amalga oshiriladi.
Avvalgi kompyuterlarda va hozir ham shina orqali ma’lumotlarni
uzatish deganda, ko‘pincha ma’lumotlarni
parallel
tarzda uzatish
tushuniladi. Ammo keyingi ishlab chiqarilayotgan
kompyuterlarda
ma’lumotlarni
ketma-ket
tarzda
uzatuvchi
shinalardan
ham
76
foydalanilmoqda. Bunday shinalarga misol qilib tarkibida ma’lumotlarni
ham parallel, ham ketma-ket uzatib beruvchi PCI Express (5.10-rasmga
qaralsin) va hozirda keng qo‘llanilayotgan ma’lumotlarni ketma-ket
uzatuvchi USB shinalarini keltirish mumkin.
3.2-rasmda protsessorning tashkil etuvchi qismlari va uni tezkor
xotira bilan kanday bog‘langanligi qo‘rsatilgan. Ushbu rasm asosida
protsessor tarkibiga kirgan qurilmalarning bajaradigan
vazifalari haqida
qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
3.2-rasm. Protsessorning tashkil etuvchi qismlari va
uni tezkor xotira bilan qanday bog‘langanligi.
Boshqarish qurilmasi - buyruqlarni xotiradan chaqirish va ularni
qanday buyruqlar ekanligini aniqlash vazifalarini bajaradi.
Arifmetik-mantiqiy qurilma esa arifmetik - qo‘shish, ayrish,
ko‘paytirish va mantiqiy - mantiqiy qo‘shish, mantiqiy ko‘paytirish, inkor
kabi amallarni bajaradi.
Har qanday protsessor - Intel 8080 (K580), Intel 8088, Pentium 4,
UltraSPARС III, 8051, …, Intel Core i7 lar ham o‘zining ichki holatini aks
ettiruvchi muhim axborotlar to‘plamlariga ega bo‘ladi. Har bir protsessor
tarkibida ushbu axborotlar to‘plamlarini saqlash va ishlash, hamda ma’lum
77
bir vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan registralar to‘plamlariga ega
bo‘ladi.
Protsessor ichida joylashgan registrlar to‘plamlari - uning
ichki
xotirasi
deb ataladi. Ichki xotira - dasturlarni
bajarilishi davomida hosil
bo‘ladigan oraliq natijalarni va boshqarish buyruqlarini vaqtincha saqlash
vazifalarini bajaradi. Bu xotira har biri ma’lum bir vazifalarni bajarish
uchun mo‘ljallangan, bir-nechta registrlar to‘plamlaridan iboratdir. Odatda
ushbu registrlarning uzunliklari bir xil - 8, 16 yoki 32 razryadga ega
bo‘ladi. Registrlar protsessorning ichida joylashganligi sababli,
ularga
ma’lumotlarni yozish (o‘qish) juda tez amalga oshiriladi.
Protsessor tarkibidagi muhim registrlardan biri
Do'stlaringiz bilan baham: