72
80286
1982
8 - 12
134 000
16Mbayt Himoyalangan
xotiraga ega
protsessor
80386
1985
16 - 33
275 000
4 Gbayt Birinchi 32-razryadli
protsessor
80486
1989
25 - 100
1 200 000
4 Gbayt 8 Kbaytli kesh
xotiraga ega
protsessor
Pentium
1993
60-223
3 100 000
4 Gbayt
Ikkita konveyerga
ega protsessor
Pentium
Pro
1995
150 - 200
5 500 000
4 Gbayt Ikki sathli kesh
xotiraga ega
protsessor
Pentium II
1997
233 - 400
7 500 000
4 Gbayt Pentium Pro plyus
MMX buyruqlariga
ega protsessor
Pentium III
1999
650 - 1400
9 500 000
4 Gbayt Uch o‘lchamli grafik
ma’lumotlarni
tezkor ishlovchi SSE
buyruqlarga ega
protsessor
Pentium 4
2000
1300 - 3800
42 000 000
4 Gbayt Giperoqimlilik,
qo‘shimcha SSE
buyruqlarga ega
protsessor
Core Duo
2006
1600 - 3200
152 000 000 2 Gbayt Bitta asosga ikkita
yadro
joylashtirilgan
protsessor
Core
2006
1200 - 3200
410 000 000
64
Gbayt
64 razryadli 4-ta
yadroli arxitektura
Core i7
2011
1100 - 3300 1 160 000 000
24
Gbayt
Birlashtirilgan grafik
protsessor
Masalan: Intel Core i7 protsessorining ko‘rsatgichlaridan biri bo‘lgan,
unda ishlatilgan
tranzistorlarning soni, 1 160 000 000-ta ekanligi, ushbu
protsessorning qanchalik murakkab tuzilishga ega ekanligini anglatadi.
Uning
va
hatto
undan
avval
ishlab
chiqarilgan
32-razryadli
73
protsessorlarning ham qanchalik murakkab tuzilishlarga ega ekanliklarini
3.1-jadvalda keltirilgan, ularni tavsiflovchi izohlardan
ham tushinib olish
mumkin.
Hozirda ishlab chiqarilayotgan protsessorlarga tegishli bo‘lgan –
konveyer, giperoqimli, qo‘shimcha SSE buyruqlar, ko‘p yadroli va
integratsiyalangan grafik protsessor
kabi
iboralarining mohiyatini
tushunish uchun, avval ularning dastlabki modellari bo‘lgan protsessorlar
qanday tuzilgan va qanday qilib takomillashtirilib borilganligini qisqacha
tushuntirishlar asosida bo‘lsa ham, tushunib olish to‘g‘ri bo‘ladi deb
hisoblaymiz [1,24,30,31].
O‘quv qo‘llanmada dastlab o‘rganish uchun tanlab olingan birinchi
protsessor - Intel 8080 protsessori ko‘p maqsadlar uchun mo‘ljallangan
birinchi protsessor hisoblanadi, uning tarkibida bor yo‘g‘i 6000-ta
tranzistor ishlatilgan.
Tanlab olingan protsessorlarning ikkinchisi - Intel 8088
protsessori
asosida esa, hozirda keng tarqalgan shaxsiy kompyuterlarning dastlabkisi
hisoblangan va MS DOS operatsion tizimi asosida ishlagan IBM PC
shaxsiy kompyuteri ishlab chiqilgan edi. Ushbu protsessorning tarkibida
29 000-ta tranzistor mavjud bo‘lgan. Intel 8088 protsessori uchun ishlab
chiqilgan dasturlar, Intel Core i7 protsessorida ham ishlashi mumkin, ya’ni
ularning ichki tuzilishlari bir biriga o‘xshashdir. Boshqacha qilib aytadigan
bo‘lsak, bu - Intel Core i7 protsessori na faqat 32-razryadli, balki 16 va 8-
razryadli ma’lumotlar ustida ham amallarni bajara oladi degani bo‘ladi (rus
tilida bu – совместимость
deb ataladi).
Tanlab olingan protsessorlarning uchinchisi bo‘lgan - Pentium 4
protsessori 32-razryadli protsessorlarning anchagina takomillashgan xilidir.
Pentium 4 protsessori undan keyin ishlab
chiqarilgan protsessorlarga
nisbatan soddaroq bo‘lishiga qaramasdan, hozirgi 32 va 64-razryadli
protsessorlarning
ko‘pgina xususiyatlarini o‘zida mujassamlagan
protsessor hisoblanadi. Ushbu protsessor tarkibida 42 000 000-ta tranzistor
ishlatilgan.
Yuqorida ta’kidlab o‘tkanimizdek, avval Intel 8080 protsessorining
analogi hisoblangan, so‘z uzunligi 8-razryadga teng bo‘lgan K580BM80
protsessori asosida qurilgan «o‘quv kompyuteri» - УМПК-80 (rus
tilida -
учебный микропроцессорный комплект) elektron stendi asosida, 8-
razryadli protsessorning tuzilishi va uni qanday ishlashini batafsil ko‘rib
74
chiqamiz. УМПК-80 elektron stendi bu xildagi protsessorlar va ular
asosida qurilgan kompyuterlarning tuzilishini va qanday ishlashini
o‘rganishni ancha osonlashtiradigan ko‘rinishda qilib ishlab chiqarilgan.
Ushbu «o‘quv kompyuteri»ni o‘rganish bilan biz, hozirgi paytda - sanoat,
meditsina, televidenie va boshqa ko‘pgina
sohalarda, hamda kundalik
turmush uchun ishlab chiqarilayotgan turli xil maishiy texnika asboblarida,
qo‘llanilayotgan mikrokontrollerlar va ular asosida qurilayotgan
o‘rnatilgan tizimlar qanday tuzilganligi va qanday ishlashi haqida ham
tasavvurlarga ega bo‘lishimiz mumkin. Mikrokontrollerlarning ko‘pgina
ko‘rsatgichlari,
aynan
avvalgi
8-razryadli
kompyuterlarning
ko‘rsatgichlariga ancha yaqindir.
Do'stlaringiz bilan baham: