Favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish hamda tizimni takomillashtirish



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/153
Sana13.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#784707
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   153
Bog'liq
2 5197559303229150350

 
ADABIYOTLAR 
1. Министерство по чрезвычайным ситуациям Республики Беларусь, 
Гомельский инженерный институт. Бондарук В.Б., Вертячих И.М., Сазонов 
В.К., Пожарное и аварийно-спасательное оборудование. Пожарные насосы. 
Учебное пособие. Гомель 2011 г. 
2. Gidravlika va gidromashinalar. Q.Latipov, S.Ergashev, Toshkent
1986-yil. 
 
* * * 
 
YO‘L HARAKATI QATNASHCHILARINING HUQUQIY 
MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH 
kafedra professori N.Y.Maxkamov, G‘.O‘rinboyev
(O‘zbekiston Respublikasi FVVAkademiyasi)
 
amonaviy talablar darajasidagi dinamik va tezlik xususiyatlari yuqori 
bo‘lgan transport vositalarining soni va yo‘llarda harakat jadalligi yil 
sayin o‘sib bormoqda. Bu, o‘z
 
navbatida, harakat xavfsizligini 
ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, fuqarolarimizning hayoti va 
sog‘ligini, mol-mulklarini himoya qilish yuzasidan samarali tadbirlarni amalga 
oshirish, sodir etilayotgan hodisalarning oqibatlariga, ularning yuzaga kelish 
shart-sharoitlariga e’tiborni kuchaytirish lozimligini taqozo qiladi. Negaki, 
yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash - davlatning eng muhim 
vazifalaridan biridir. 
Respublikamizda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida hukumatimiz 
tomonidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli ijobiy ishlarga qaramasdan, 
afsuski, yo‘l harakati ishtirokchilarining huquqiy madaniyati yetarli emasligi 
tufayli sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalari salmog‘i yuqoriligicha 
qolmoqda. 
Jumladan, davlatimiz raxbari Sh.Mirziyoyev tomonidan Konstitutsiyamiz 
qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi 
ma’ruzasida “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning shakllanishi, 
avvalambor, tarbiya va muhit bilan bevosita bog‘liqdir. Birgina misol: 
Kanadaning 1 milliondan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan Kalgari 



73 
shahrida joriy yilning iyul oyida avtohalokatlar tufayli 10 nafar shaxs nobud 
bo‘lgan. O‘zingiz solishtirib ko‘ring: jami 2 yarim milliondan ziyod 
avtotransport mavjud bo‘lgan bizning yurtimizda esa, shu davrda 1 ming 600 dan 
ortiq kishi avtohalokat qurboni bo‘lgan. Bu - og‘ir kulfat, katta yo‘qotish 
emasmi?! Biz yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni 
kuchaytirdik. Lekin shuning o‘zi bilan muammoni to‘liq yechish mumkinmi? 
Menimcha, yo‘q! Buning sababi jamiyatda huquqiy madaniyatning yetarli 
darajada shakllanmagani bilan bevosita bog‘liq” deb ta’kidlagan edilar. 
Biz jamiyatimizda huquqiy madaniyatni lozim darajada shakllantirmas 
ekanmiz, huquqbuzarlikka chek qo‘ymas ekanmiz, qonunni buzish holatlari 
davom etaveradi. 
Qonunlarga hurmat odamlarimizning huquqiy ongi va madaniyati asosida 
shakllanadi. Ya’ni, ayrim kishilar jazodan qo‘rqib qonunga itoat etsa, boshqalar 
bolalikda olgan tarbiyasiga ko‘ra qonunni hurmat qiladi. 
Shu bois birinchi navbatda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida huquqiy tarbiyani 
keng yo‘lga qo‘yishimiz lozim. 
Oddiy qilib aytganda, farzandlarimizga bolalik paytidan “yaxshi” va 
“yomon”, “mumkin” va “mumkin emas” degan tushunchalar o‘rtasidagi farqni 
o‘rgatishimiz, o‘zimiz esa ularga doim shaxsiy namuna bo‘lishimiz kerak. 
Albatta, maktablarda “huquq” darslari o‘tiladi, lekin ularning mazmuni 
yuzaki o‘qitishdan iborat bo‘lib, huquqning tarbiyaviy ahamiyati ikkinchi o‘ringa 
tushib qolgani ham sir emas. 
Mutasaddi idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan qonunchilik targ‘iboti 
ham tizimli yo‘lga qo‘yilmagan. Shuning uchun huquqiy bilimlarni, 
qonunlarning mazmun-mohiyatini ta’lim maskanlari, ommaviy axborot 
vositalari, Internet resurslaridan, adabiyot, san’at, diniy muassasalar 
imkoniyatlaridan foydalangan holda, samarali usullar bilan targ‘ib qilishimiz 
zarur. 
Har kuni ertalab kimdir o‘qishga, kimdir ishga, yana kimdir esa farzandlarini 
bog‘cha, maktabga tezroq olib borishga oshiqadi. Bunda inson yo‘l harakati 
qatnashchisiga aylanadi. Ota-onalar qanchadir soniyalarni tejayman deb yo‘l 
qatnov qismini belgilanmagan joyidan kesib o‘tishlari,
 
farzandlarida yo‘l harakati 
qoidalariga amal qilmaslik yoki mensimaslik kabi yomon illatlarning 
shakllanishiga olib keladi. Bu hol kelajakda baxtsiz hodisalarning sababiga 
aylanishi mumkin. 
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan berilgan so‘nggi ma’lumotlarga 
ko‘ra, yo‘l-transport hodisalari natijasida har yili 1,35 millionga yaqin inson 
hayotdan erta ko‘z yumadi va 50 milliondan ortig‘i turli darajadagi tan jarohatlari 
olib, ularning ko‘pchiligi nogiron bo‘lib qolmoqda. Yo‘l-transport hodisalarining 
oqibatlari esa, jabrlanganlar, oila a’zolariga, umuman ular yashayotgan davlatga 
juda katta ma’naviy va iqtisodiy zarar yetkazmoqda. 
Respublikamizda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida hukumatimiz 
tomonidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli ijobiy ishlarga qaramasdan, 
afsuski, yoshlar bilan bog‘liq sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalari salmog‘i 
yuqoriligicha qolmoqda. 


74 
Jumladan, birgina 2020-yilda Toshkent shahrida 900 ga yaqin yo‘l- transport 
hodisalari sodir etildi. Unda yo‘l-transport hodisasi sodir etgan haydovchilarning 
yoshi bo‘yicha tahlil qilinganda foiz hisobida quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin: 
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, haydovchilar ichida “Eng xavfli 
gurux” 18-32 yoshgacha bo‘lganlar hisoblanib, umumiy sodir etilgan yo‘l-
transport hodisalarining yarmidan ortig‘i, ya’ni 57,5 % to‘g‘ri kelmoqda. Bu 
haydovchilarning aksariyati, haydovchilik guvohnomasini olganiga 3 yil 
bo‘lmaganlar hisoblanadi. 
O‘zbekistan Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi 
bosh boshqarmasi taqdim etgan ma’lumotlar ichida boshqa qoidabuzarliklar 
kamaygani holda piyodalar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar 
ko‘paygani qayd etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik 
to‘g‘risidagi kodeksining 138-moddasida piyodalarning yo‘l harakatini 
tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmasligi, yo‘lning harakat qismini 
belgilanmagan joylardan kesib o‘tishi eng kam ish haqining uchdan bir qismi 
miqdorida jarimaga sabab bo‘lishi belgilangan. Agar bu avariya holatini 
vujudga keltirsa, eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga 
olib keladi. Ammo fuqarolarimizning ko‘pchiligi bunday me’yor borligidan yo 
bexabar, yoki bilsa-da, ataylab qoidalarni buzaveradi. 
Ana shularni hisobga olib, eng avvalo, yo‘l harakati barcha ishtirokchilarining 
huquqiy savodxonligi va madaniyatini muntazam oshirib borish zarur. 
Albatta, yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda targ‘ibotning alohida 
o‘rni bor. Ommaviy axborot vositalarida yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga 
amal qilmaslikning sabab va oqibatlari, jumladan, yo‘l harakati doirasida 
piyodalar mas’uliyati masalasini ichki ishlar organlari mas’ul hodimlari 
tomonidan professional va tushunarli yoritish bu borada samarali vositalardan 
biri bo‘lib xizmat qiladi. 
Hozirgi kunda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalari 
profilaktikasi tizimini takomillashtirish, nazoratning yuqori samaradorligini, 
huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga barham berishni 
ta’minlaydigan yo‘l harakatini avtomatlashtirilgan tartibga solish tizimini 
kengaytirish bo‘yicha ichki ishlar organlari ishini tashkil etishning sifat jihatidan 
18-22 
yoshgacha 
13.4% 
43-47 yoshgacha 
4.6% 
23-27 
yoshgacha 
22,5 % 
48-52 yoshgacha 
4,5 % 
28-32 
yoshgacha 
21,6 % 
53-60 yoshgacha 
5 % 
33-37 
yoshgacha 
17,2% 
60 yoshdan 
kattalar 
4% 
38-42 
yoshgacha 
7,2 % 
Jami: 100 % 


75 
yangi tartibi joriy qilindi. 
“2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini 
ta’minlash konsepsiyasi” doirasida ishlarni amalga oshirishni kuchaytirish hamda 
bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarni kamaytirish maqsadida quyidagi 
tadbirlarni amalga oshirishni tavsiya etamiz: 

maktab o‘quvchilarida shaxsiy xavfsizlik va qonunga itoatkor xulq-atvor 
bo‘yicha bilim, maxorat va ko‘nikmalarni shakllantirish; 

maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga yo‘l harakati xavfsizligi 
asoslarini o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish; 

yo‘l harakati xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, shuningdek, favqulodda 
vaziyatlarda harakatlanish asoslarini o‘rgatuvchi dasturlarni o‘z ichiga olgan 
“Hayotiy faoliyat xavfsizligi” majburiy fanini umumta’lim maktablarida joriy 
etish, ichki ishlar organlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligida katta obro‘ va 
tajribaga ega bo‘lgan pensionerlarni jalb qilish imkoniyatini nazarda tutish; 

bolalarga yo‘l harakati qoidalarini, shu jumladan velosipedni boshqarish 
ko‘nikmalarini va yo‘llardan o‘tish tartibini o‘rgatish va tushuntirish; 

barcha maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablarda bolalar yo‘l 
harakati qoidalari o‘rgatilishini tashkil etish uchun maxsus jihozlangan 
avtoburchaklar yaratish; 

umumta’lim maktablaridagi “Yo‘l harakati xavfsizligi” faniga doir o‘qitish 
uslubi bo‘yicha o‘quv kurslarini shu sohaga ixtisoslashgan oliy ta’lim 
muassasalarida o‘qituvchilar uchun tashkil etish; 

umumta’lim maktablari, kollejlar va akademik litseylar o‘quvchilari orasida 
«Yashil rang», «Yo‘l harakati qoidalari bilimdoni», «Eng namunaviy yo‘lovchi» 
kabi viktorinalarni har yili o‘tkazish. 
Shuningdek, barcha YTH larini kelib chiqishiga ta’sir etuvchi salbiy 
omillarga nisbatan huquqiy tartibotni qo‘llashda milliy va xalqaro darajadagi 
qonunchilikni muvofiqlashtirish va muntazam yangilab borish, o‘zaro tajriba 
almashish va mustahkam hamkorlik o‘rnatish orqali kutilgan natijalar samarasiga 
erishish mumkin bo‘ladi. 

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish