Favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish hamda tizimni takomillashtirish



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/153
Sana13.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#784707
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   153
Bog'liq
2 5197559303229150350

Аннотация
В статье отражены проблемы психологии чрезвычайных 
ситуаций, стресса, оказания экстренной психологической помощи, а 
также вопросы профессионального здоровья специалистов, работающих 
в экстремальных условиях, раскрывается значение предмета «Экстремальная 
психология» в решении задач по предупреждению и психологической 
подготовке личного состава.
 
ugungi kunda jahonda, shu jumladan mamlakatimizda jadal 
sur’atlardagi o‘zgarishlar va sodir bo‘layotgan favqulodda vaziyatlar 
sababli ushbu soha vakillari faoliyatida vujudga kelayotgan 
noan’anaviy holatlar, yangi muammolar ekstremal psixologiya fanini 
o‘qitilishiningzarurligi va dolzarbligini belgilab bermoqda. 
Dunyoda yuz berayotgan tabiiy ofatlar, texnogen halokatlar, ekologik 
xarakterdagi xavf-xatarlarni barataraf etish, talofotlar ko‘lamini kamaytirish, 
insonlar hayoti va ular tomonidan yaratiladigan moddiy va ma’naviy boyliklarga
yetadigan zararlarning oldini olishni ta’minlash o‘ta muhimligi bilan ahamiyatlidir. 
Yangi asr boshlarida insonlarning xavfsiz hayotini ta’minlash masalalari eng 
muhim masalaga aylandi. Chunki, ishlab chiqarish jarayonining misli ko‘rilmagan 
yuksak taraqqiy etgan texnologiyalar bilan ta’minlanishi, tabiiy rivojlanishdagi 
ayrim noxush vaziyatlarning murakkablashuvi aholi salomatligi, atrof muhit 
tozaligi va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga tahdid solib turibdi
2

2
Шойгу Ю.С.Психология экстремальных ситуаций. Учебник для вузов Питер, 2019. 14-стр. 



91 
Shuningdek, tabiiy ofatlar, ishlab chiqarishdagi turli xil baxtsiz hodisalar va 
halokatlar o‘zining to‘satdan yuzaga kelishi bilan hamda keltiradigan zararlari 
bilan ham o‘ta xavflidir. 

Inson mavjud ekan, u o‘z hayotiy tajribasiga asoslanib, u yoki bu holda 
idrok etish, olamni anglash, narsa va hodisalarni ajratish kabi ko‘nikmalarga ega 
bo‘ladi. Hozirgi vaqtda ruhiy faoliyatning barcha tamoiylarini o‘rganish testlari, 
insonning shaxsiy va umumiy ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari ko‘p darajada 
ishlab 
chiqilgan. 
Bunday 
tekshirishlar 
analitik 
usulda 
patopsixologiya 
tajribagohlarida olib borilib, ular juda murakkab va ko‘p vaqt talab qiladi, shu 
bilan amaliy psixologik tekshirishlarning nisbatan sodda usullari ko‘plab 
psixologlar tomonidan qo‘llanilmoqda. Ular favqulodda vaziyatlar xodimlarining 
psixologik holati va qutqaruv ishlarini olib borishga psixologik tayyorgarligini 
tekshirish uchun xilma-xil amaliy ruhshunoslik usullarini qo‘llamokdalar va 
olingan ma’lumotlarni qayd qiladilar. Shu bilan birga har bir qutqaruvchining 
kasbiy psixologik tayyorgarligini oshirish bo‘yicha ekstremal psixolog maxsus 
amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

Mazkur fanni o‘qitishning asosiy maqsadi kursant va tinglovchilarda 
favqulodda vaziyatlarni tasnifi, aholini va hududlarni tabiiy va texnogen 
xususiyatli, terrorchilik va harbiy harakatlar oqibatida yuzaga kelishi mumkin 
bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishni tashkil 
etishga doir bilim va ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. 

Ekstremal psixologiyaning predmeti, ya’ni uning o‘rganish sohasi 
ekstremal omillar ta’sirini aniqlovchi, ekstremal faktorlarning insonga ta’sir 
mexanizmini, ularning oqibatlari hamda korreksiya imkoniyatlarini o‘rganish 
hisoblanadi. 

Favqulodda, ekstremal va krizis holatlari tushunchalariga hali yakuniy 
aniqliklik kiritilmagan. Bu boradagi tadqiqotlar davom ettirilmoqda. 

Ammo shu narsa ayonki, favqulodda vaziyatlar insonni sarosimaga solib 
qo‘ymasligi uchun uni ushbu vaziyatlarga tayyorlash lozim. Bunda aholini ruhiy 
tayyorlash birinchi o‘rinda turadi. Qo‘yilgan vazifalarni sifatli amalga oshirish 
uchun aholi oldindan bo‘lishi mumkin bo‘lgan stress holatiga, uni yengib o‘tishga 
ruhan tayyor bo‘lishi hamda stressning oldini olish mashqlarini o‘tkazish lozim.

Insonning favqulodda vaziyatlar sharoitiga tushib qolishi hamisha uning 
ruhiyatiga og‘ir ta’sir qilinishi bilan bog‘liq. Tibbiy statistika ma’lumotlariga 
qaraganda, halokatli favqulodda vaziyatlardan so‘ng ko‘pchilik odamlar og‘ir ruhiy 
jarohat olishadi va keyinchalik ruhiy tiklanish (reabilitatsiya)ga muhtoj bo‘lishadi. 
Bunday sharoitda ulardan fuqaro muhofazasi tizimida o‘qish jarayonida olgan 
bilim va malakalarini oqilona va to‘la qo‘llay olishlarini kutish qiyin. Odamlarning 
favqulodda vaziyatlar chog‘ida o‘zlarini tutishlarini tahlil qilish natijalari 
ruhiyatning o‘zgarishi ko‘p hollarda tayyorgarlikdan o‘tmaganlar orasida bo‘lishini 
ko‘rsatmoqda
3
.

Demak, favqulodda vaziyatlar insonni sarosimaga solib qo‘ymasligi uchun 
uni ushbu vaziyatlarga tayyorlash lozim. Bunda aholini ruhiy tayyorlash birinchi 
3
Психология в чрезвычайных ситуациях- 7 книг. М., Наука 2015. 


92 
o‘rinda turadi. Qo‘yilgan vazifalarni sifatli amalga oshirish uchun aholi oldindan 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan stress holatiga, uni yengib o‘tishga ruhan tayyor bo‘lishi 
hamda stressning oldini olish mashqlarini o‘tkazish lozim. 

Ruhiy tayyorgarlik o‘zi nima?Psixologik tayyorgarlikning vazifalari. 

Ruhiy tayyorgarlik - bu odamlarda ruhan chidamlilikni shakllantirish yoki 
qo‘yilgan vazifalarni bajarish, xavfli vaziyatlarda fidokorona harakat qilish 
qobiliyatini kuchaytirishdagi xislatlarini hosil qilish demakdir.

Ruhiy tayyorgarlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

- Aholining turli toifalarida favqulodda vaziyatlarda harakat qilish 
chog‘ida yuqori ruhiy barqarorlikni ishlab chiqish. 

- Har bir fuqaroda favqulodda vaziyatlar yuz bergan damda 
jabrlanganlarga ixtiyoriy fursatda yordamga kelishga shaylikni tarbiyalash. 

- Aholining turli toifalarida sodir bo‘lishi ehtimol bo‘lgan barcha 
favqulodda vaziyatlardan muhofazalanishga iroda va malakani tarbiyalash. 

- Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarining jabrlanuvchilarga 
ko‘maklashishga, ularni qutqarib olishga doimiy shaylik, insonparvarlikni 
shakllantirish. 

-Rahbarlar tarkibida yuqori ma’naviy-ruhiy sifatlarni shakllantirish va 
aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga shaylik va o‘ziga bo‘lgan 
ishonchni tarbiyalash. 

Yirik tabiiy ofatlar va texnogen halokatlar, ularda ko‘p sonli aholining 
jabrlanishi, ekologik va psixopatologik oqibatlari bilan xarakterlanadi. 

Ruhiy jarayonlar ruhiy faoliyatning asosini tashkil etadi va faoliyatning 
dinamik tasviri hisoblanadi. Ularsiz bilimlar shakllanmaydi va hayotiy tajriba 
orttirilmaydi. Anglash, hissiy va irodaviy ruhiy jarayonlarga ajratiladi. 

Jahon tajribasida tabiiy va texnogen hodisalar tufayli favqulodda 
vaziyatlarga tushib qolgan aholiga psixologik jihatdan ko‘mak berish quyidagi 
yo‘nalishlarda amalga oshirilayotganligi kuzatilmoqda:

jabrlanuvchilarni qidirib topish va ularni qutqarish; 

vayron bo‘lgan, buzilgan, yong‘inli, suv bosgan, gazga, tutunga to‘lgan 
obyektlarda qolgan fuqarolarni qutqarish; 

jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va ularni davolash 
muassalariga evakuatsiya qilish. 

Turli falokatlar, halokatlar va ofatlarda inson psixologiyasini barqaror 
ravishda saqlash “Ekstremal psixologiya” fanining asosiy maqsadlaridan biridir
4


“Ekstremal psixologiya” fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

xavflarni psixologik identifikatsiya tomonidan o‘rganish. Bunda inson 
faoliyati jarayonida yuzaga keladigan ekstremal holatlarni kelib chiqish 
sabablarini, uning xususiyatlarini va ko‘ngilsiz oqibatlarini o‘rganish. 

ishlab chiqarish jarayonida va xizmat ko‘rsatish sohalarida xavfsiz mehnat 
sharoitlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘rganish; 
4
Стасенко В.Г., Хуторная М.Л. Экстремальная психология и психотерапия экстремальных состояний.
М.,Наука 2010. 28-стр.


93 

ishlab chiqarish jarayonlarida kasb kasalliklarini kamaytiradigan
uslubiyatlarni ishlab chiqish; 

fuqarolarni turli xavflardan, tabiiy ofat, avariya va halokatlardan 
psixologik jihatdan himoyalanish usullariga o‘rgatish; 

tabiiy, texnogen va ekologik shikastlanish o‘choqlaridagi fuqarolarni 
qutqarish hamda ularning psixologik holatining barqaror bo‘lishini ta’minlash 
choralarini ko‘rish; 

jarohatlangan odamlarga birinchi tibbiy yordam, shuningdek, psixologik 
jihatdan yordam ko‘rsatish. 

Texnosfera sohasida turli favqulodda holatlarga, ekstremal vaziyatlarga 
tushib qolgan odamlarning psixologik holatini barqarorlashtirish ekstremal 
psixologiya fani qonun-qoidalari, metod va metodikalarini o‘rganish orqali ijobiy 
hal qilinishi mumkin. Shuningdek, ushbu fanning nazariy va amaliy tamoyillarini 
o‘zlashtirish orqali texnosfera sohasini ekstremal va favqulodda vaziyatlardan 
himoyalash jarayonida yong‘in xavfsizligi tizimlarini o‘rni va ahamiyatini aniqlab 
olish imkoniyati tug‘iladi. 

Ekstremal psixologiya faniodamning turli xildagi ekstremal vaziyatlardagi 
o‘ziga xos hatti-harakat xususiyatlarining paydo bo‘lish sabablari va ularni oldini 
olish usullarini o‘rgatadi. Ushbu fan kursantlarda ekstremal vaziyatlarda o‘z 
faoliyatini samaradorligini oshiriish, ekstremal vaziyatni boshidan kechirgan yoki 
kechirayotgan odamga psixologik yordam berish borasidagi zaruriy bilimlarni 
shakllantiradi. amaliy psixologiyaning yo‘nalishlaridan biri sifatidagi ekstremal 
psixologiya kursantlarga turli xildagi ekstremal vaziyatlarni ajratish, ularni 
tasvirlash, vujudga kelishi va sodir bo‘lish sabablarini ko‘rib chiqish; ekstremal 
vaziyatlardagi turli hatti-harakat usullarini va ularni maqbullashtirish choralarini 
o‘rganish; asosiy usullar va maxsus uslubiyatlar; tang vaziyatni boshidan 
o‘tkazgan yoki uni kechirayotganlarga yordam berish; psixologik jarohat (ruhiy 
jarohatdan keyingi sindrom) oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha bilim va 
ko‘nikmalarni beradi
5


“Ekstremal psixologiya” fanini o‘zlashtirish jarayonida kursantlar 
quyidagilar bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar: 

Ekstremal vaziyatlar psixologiyasining o‘rganadigan sohasi: tadqi-qotning 
asosiy muammolari va yo‘nalishlari. Nazariy va amaliy vazifalari; 

Ekstremal vaziyat, uning asosiy turlari ta’rifi; ekstremal vaziyatlarni tahlil 
qilishdagi asosiy tushunchalar;

Odamning 
ekstremal 
vaziyatlar 
(kognitiv, 
emotsional 
va 
hulq 
darajalarida)ga moslashuvining o‘ziga xos tomonlari;

Psixologik jarohat va ularni psixologik jihatdan korreksiya (tuzatish) 
qilish;

Tang vaziyatdan chiqishning konstruktiv va destruktiv usullarining o‘ziga 
xos tomonlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi; 

Ekstremal vaziyatni uning tizimi nuqtai nazaridan tadqiq qilish;

Ekstremal vaziyatlar tipini aniqlash; 
5
Учебное пособие по дисциплине «Экстремальная психология» для курсантов МЧС России. М.,2017. 40-стр 


94 

Psixologik jarohatning asosiy belgilarini aniqlash va tashhis qilish;

Stress vaziyatda odam tomonidan foydalaniladigan koping (inqirozdan 
chiqish hatti-harakati) turini aniqlash;

Keskin inqirozli vaziyatda odamga psixologik yordam ko‘rsatish 
haqidabilish va ulardan foydalana olish; 

Muammoli vaziyatlarda nostandart qarorlarni ishlab chiqish; 
O‘zining bo‘lajak kasbini tub mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, o‘z 
kasbini sevish; 
O‘z faoliyatini tashkillashtira olish, uning sifati va samaradorligiga baho bera 
olish, 
ixtisoslik 
faoliyatida 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan 
foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish. 
Shunday qilib, ekstremal psixologiya amaliy psixologiya yo‘nalishlaridan biri 
bo‘lib, ekstremal vaziyatni ekstremal psixologik tadqiq qilishning asosiy 
yo‘nalishlari; odamning ekstremal vaziyatda yashashi va faoliyat yuritishi; yopiq 
fazoda (yer ostida, suv ostida, kosmosda, noqulay tabiat sharoitida masalan, 
Ustyurt platosida); global tang vaziyatda (tabiiy, texnogen); psixologik tanglik 
(inqiroz)ning asosiy qonuniyatlari; ekstremal vaziyatlarda odamlarga psixologik 
yordam 
ko‘rsatish; ekstremal sharoitlarda odamda yuzaga keladigan 
psixofiziologik oqibatlarni o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. 
Ekstremal psixologiya sohasida to‘plangan keng ma’lumotlar va 
psixologlarning tobora chuqurlashib boradigan ixtisoslashuvi obyekt va predmetni, 
ichki ekstremal psixologiyaning chegaralarini, uning intizomiy holatini baholashni, 
tarixni va kelajak rivojlanish variantlarini ko‘rib chiqishni talab qiladi.
Darhaqiqat, bularning barchasi ekstremal psixologiya sohasida ilmiy 
yangiliklar qilishni, shuningdek favqulodda vaziyatlar vazirligi uchun yosh 
mutaxassislarni jamoatchilik talablariga mos ravishda tayyorlash strategiyasini 
shakllantirishning muhim shartidir. Mamlakatimizda ekstremal psixologiya tarixi 
hali maxsus va keng qamrovli ko‘rib chiqilmagan va bu sohada hali ilmiy-
tadqiqotlarni davom ettirish bugungi kundagi dolzarb masalasidir.

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish