Foydalanilgan adabiyot va manbalar
1.
ГОСТ 12.1.004-91 Пожарная безопасность. Общие требование.
2.
O.A.Tulaganov, O.A.Mutalov “Ishlab chiqarish va yong‘in o‘chirish
avtomatikasi” fanidan ma’ruzalar to‘plami 2-qism. IIV YoXI. 2018-yil. 68-b.
* * *
41
YONG‘INDAN HIMOYA QOPLAMALARINING TURLARI, LAK VA
BO‘YOQLARNING YONG‘INDAN HIMOYA QOPLAMASI SIFATIDA
ISHLATILISHI
SH.Atabaev «Umumkasbiy fanlar» kafedrasi professori f.m.f.n.
Y.B.Mavlyanov Z.N.Eshnazarov 5-kurs Kursantlari
(O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi)
a’lumki, juda ko‘p korxonalarning qurilish konstruksiyalariga
(asosan metall va yog‘ochdan qilingan) yong‘indan himoya
qoplamalari bilan ishlov beriladi. Hozirgi vaqtda butun dunyoda
asosi organik polimerlardan tashkil topgan yong‘indan himoya qoplamalari keng
ishlatilayapti. Odatda yong‘indan himoya qoplamalarining effektiv himoya qilish
muddatlari ularning texnik shartlarida ko‘rsatilgan bo‘ladi va bu muddat bir necha
o‘n yillarni tashkil qiladi. Oxirgi vaqtlarda Respublikamizning bir qator ilmiy
muassasalarida va shu qatorda Yong’inxavfsizligi institutida ham yangi tarkibdagi
yong‘indan himoya qoplamalari yaratildi. Lekin, mamlakatimizda bu
qoplamalarining effektiv himoya qilish muddatlarini qisqa muddat ichida
aniqlaydigan qurilma hozircha yo‘q. Yangi yaratilgan yong‘indan himoya
qoplamalarining ishlab chiqarish standartlarida yoki texnik shartlarida ularning
himoya qilish muddatlari albatta ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Yong‘indan himoya qoplamalarining turlari
Yong‘indan himoya qoplamalari qavariqlanadigan va qavariqlanmaydigan
bo‘ladi. Ularning tarkibiga asosan bog‘lovchilar, antipirenlar va qavariqlanadigan
moddalar kiradi. Hozirgi vaqtda bog‘lovchilar sifatida aminaldegid polimerlar,
vinilxlorid asosidagi latekslar, galogenlik sintetik va tabiiy kauchuklar, epoksid
polimerlar, poliuretanlar ishlatiladi. Ba’zi qoplamalar tarkibiga polimerlardan
tashqari suyuq shisha ham kiritiladi. Respublikamizda keng ishlatilayotgan
Proterm steel, Uniterm, Fireflex, Ograx, Joker, Unikum kabi qoplamalar metall
konstruksiyalarining olovbardoshligini 30 minutdan 90 minutgacha ta’minlab
beradi.
Yong‘indan himoya qoplamalarining xususiyatlarini o‘zgarishiga quyidagi
omillar ta’sir qilishi mumkin:
- atmosfera havosi yoki xonalardagi havo tarkibi;
- atmosfera havosining namligi;
- har xil suyuq yoki gazsimon moddalarning ta’siri;
- elektrokimyoviy, biologik, biokimyoviy emirilish va ta’sirlar. Bu ta’sirlar
natijasida qoplamalarning xususiyatlari butunlay o‘zgarib ketishi mumkin.
Hozirgi vaqtda butun dunyoda xilma-xil yong‘indan himoya qoplamalari keng
ishlatilayapti. Odatda ularning sinflanishi quyidagicha amalga oshiriladi.
Umumiy xolda:
- yong‘indan himoya qoplamasi bilan ishlov berilgan materialning turiga
qarab;
- yong‘indan himoya qoplamasi bilan ishlov berish usuliga qarab.
- ishlatish sharoitlariga qarab;
M
42
- yong‘indan himoya qoplamasining turiga qarab;
O‘z navbatida ishlov berilgan materialning turiga qarab yong‘indan himoya
qoplamalari quyidagi turlarga bo‘linadi:
- yog‘och va yog‘och materiallari uchun mo‘ljallangan;
- metall va metalldan yasalgan materiallar uchun mo‘ljallangan;
- to‘qilgan va to‘qilmagan matolar, gilamlar uchun mo‘ljallangan;
- elektr kabellarini qoplash uchun mo‘ljallangan.
Yong‘indan himoya qoplamasi bilan ishlov berish usullari quyidagi turlarga
bo‘linadi:
- shimdiriladigan tarkiblar va antipirenlar bilan ishlov berish usuli;
- qoplamalar bilan ishlov berish usuli;
- hamma usullarni o‘z ichiga olgan.
Ishlatish sharoitlariga qarab yong‘indan himoya qoplamalari quyidagi turlarga
bo‘linadi:
- quruq va isitiladigan xonalar uchun ishlatiladigan;
- yuqori namlikdagi xonalar uchun ishlatiladigan;
- har xil ob-havo sharoitidagi xonalar uchun ishlatiladigan;
- maxsus sharoitdagi xonalar uchun ishlatiladigan.
Yong‘indan himoya qoplamalari quyidagi turlarga bo‘linadi:
- chaplash usuli bilan himoyalaydigan qoplamalar;
- lak va bo‘yoqlar;
- shimdiriladigan tarkiblar;
- antipirenlar.
Yog‘ochdan qilingan qurilish konstruksiyalariga ishlatiladigan yong‘indan
himoya qoplamalarining turlarini ko‘rib chiqamiz. Bu to‘g‘rida ma’lumotlar
GOST R 53292-2009 da batafsil keltirilgan.
Yong‘indan himoya qoplamalarining bir turi – laklar organik yoki suv
asosidagi yupqa qobiq hosil qiluvchi kimyoviy moddalar (emulsiyalar) bo‘lib,
ularning tarkibiga antipirenlar, plastifikatorlar, qotiruvchilar qo‘shiladi. Ular
surtilgan yuzada yupqa shaffof qobiq hosil qilishadi hamda konstruksiyaning
yong‘inga bardoshligini oshiradi.
Bo‘yoqlar - organik modda va pigmentlarning hamda antipirenlarning bir
jinsli aralashmasi bo‘lib, ularning tarkibiga to‘ldiruvchilar, plastifikatorlar,
qotiruvchilar, erituvchilar, rang beruvchilar qo‘shiladi. Ular surtilgan yuzada rangli
qobiq hosil qilishadi hamda konstruksiyaning yong‘inga bardoshligini qobiqning
qalinligiga mutanosib ravishda oshiradi.
Pastalar yoki chaplash usuli bilan himoyalaydigan qoplamalar bo‘yoqlarning
bir turi bo‘lib, ulardan quyuqligi bilan farq qiladi, tarkibi deyarli bir xil bo‘ladi,
faqat tarkibidagi moddalarning dispersligi katta bo‘ladi. Lak va bo‘yoqlarga
nisbatan qalin qoplama hosil qilishadi, natijada konstruksiyaning olovbardoshlik
darajasini oshirishadi.
Shimdiriladigan tarkiblar antipirenlarning organik yoki noorganik eritmalari
bo‘lib, yog‘och konstruksiyalarning sirtiga yoki hajmiga singdiriladi. Bu ish bir
qancha usullarda amalga oshiriladi, masalan, yog‘och sirtiga cho‘tka yordamida
43
surtish yo‘li bilan, shimdiriladigan tarkiblar solingan idishga yog‘ochni solish yoki
bosim ostida avtoklavda ushlab turish uslublari bilan amalga oshiriladi.
Metall qurilish konstruksiyalariga ishlatiladigan yong‘indan himoya
qoplamalarining turlari yuqorida ko‘rib chiqilganlarga o‘xshash, lekin tarkiblari
bo‘yicha farq qiladi. GOST R 53295-2009 da metall konstruksiyalarda
ishlatiladigan yong‘indan himoya qoplamalarining samaradorligini aniqlash uslubi
keltirilgan. Bu standartda yong‘indan himoya qoplamalarining samaradorligi
metall konstruksiyaning harorati chegaraviy nuqtaga (500
0
S) etib kelgunicha
ketgan vaqt bilan aniqlanadi va 7 ta guruhga ajratiladi: 7-guruh – 15 minutdan,
6-guruh – 30 minutdan, 5-guruh – 45 minutdan, 4-guruh – 60 minutdan, 3-guruh –
90 minutdan, 2-guruh – 120 minutdan va 1-guruh – 150 minutdan kam bo‘lmasligi
kerak. Yong’inpaytida metall konstruksiyalarning haroratga dosh berolmay yuk
ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotishi ularni effektiv himoya qilish zarurligini ko‘rsatadi.
Metall konstruksiya uchun haroratning kritik temperaturasi 500
o
S deb qabul
qilingan. Demak, metall konstruksiyada haroratning 500
o
S dan oshmasligini
ta’minlashimiz kerak. Shu bilan bir vaqtda metall konstruksiya GOST R 53295-
2009 da ko‘rsatilganidek ma’lum bir muddatga yong’in haroratiga bardosh berishi
kerak.
Ko‘pchilik hollarda yong‘indan himoya qoplamalari sifatida maxsus lak-
bo’yoqlar ishlatiladi. Ularning olovdan himoya mexanizmi ikki turga bo‘linadi:
qavariqlanadigan va qavariqlanmaydigan.
Qavariqlanadigan lak-buyoqlar olovning harorati ta’sirida o‘z hajmini
ko‘paytiradi va olov haroratining metall karkasga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi.
Qavariqlanmaydigan lak-buyoqlar esa olovning harorati ta’sirida yupqa plyonka
hosil qilishadi va olov haroratining metall karkasga ta’sirini kamaytiradi. Bu lak-
buyoqlarning tarkibida odatda silikatlar bo‘ladi.
Metall konstruksiyalarga ishlatiladigan yong‘indan himoya qoplamalarining
samaradorligi bir qancha omillarga bog‘lik:
-
Yong’inta’sirida koks hosil bo‘lishi uchun issiqlik energiyasining yutilishi;
-
Yong’inta’sirida gazsimon moddalarning ajralib chiqishi natijasida issiqlik
energiyasining yutilishi;
-
Yong’inta’sirida himoya plyonkasining hosil bo‘lishi natijasida metall
karkasga olov haroratining o‘tmasligi;
-
issiqlik to‘lqinlarining himoya plyonkasidan qaytishi natijasida metall karkas
haroratining ko‘tarilmasligi;
-
Yong’inta’sirida hosil bo‘lgan himoya plyonkasining ichiga kislorodning
kirishi qiyinlashi.
Lak-bo’yoqlar
yuqori adgeziyaga ega, ular atmosfera havosiga,
yog‘ingarchiliklarga, har xil zararli ta’sirlarga chidamli. Xozirgi vaqtda har xil
turdagi
lak-buyoq
mahsulotlari
taklif
kilinayapti.
Yong‘indan himoya
samaradorligi: yong‘indan himoya vositasi samaradorligi ko‘rsatkichi daqiqalarda
vaqtni ifodalovchi yong‘indan himoya sinovi boshlanganidan keyin haroratning
kritik nuqtasiga (500°S) etib borguniga qadar temirning namunaviy temir
konstruksiyasi joriy standartning 5 bo‘limiga muvofiq yong‘indan himoya
qoplamasi va usuli aniqlanadi.
44
Yong‘indan himoyaning konstruktiv echimi: yong‘indan himoya qilinayotgan
ob’ektning ustki qatlamini materiallar bilan yoki boshqa konstruktiv echim bilan
yong‘indan himoyalash.
Yong‘indan himoya usullarining kombinatsiyasi: yong‘indan himoya
usullarining turli usullarini birlashtirish.
Yong‘indan himoya ob’ekti: Yong’in xavfini kamaytirish va (yoki)
yong‘indan himoyalanganligini oshirish maqsadida yong‘indan himoya vositalari
bilan ishlov berish konstruksiyalari va ishlanmalari.
Yong‘indan himoya qomlamasi: yong‘indan himoya qilinayotgan ob’ektning
ustki qismiga yong‘indan himoya vositasi surtilishi (montaji) natijasida olingan
qatlam. Shu bilan bir qatorda yong’indan himoya qoplamalari bilan ishlov berilgan
yog’och materiallarining samaradorligini tekshirish uchun bir qator uslublar ishlab
chiqildi, laboratoriya va poligonlar tashkil qilindi. Bu borada birinchi bor ГОСТ
16363-76 standarti ishlab chiqildi. Standart bo’yicha ishlab chiqilgan tadqiqotlar
natijasi shuni ko’rsatdiki, bir qator yong’indan himoya qoplamalari yog’och
materiallarini yonuvchanlik darajasini yuqori darajada kamaytira olmagan.
Samarali natija ko’rsatgan uslub bu bosim ostida shimdirish uslubi ekanligi
ma’lum bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |