Atmosfera havosini ifloslanishini oldini olish Narzullayev Abdulaziz



Download 166,07 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi166,07 Kb.
#763850
Bog'liq
Narzullayev Abdulaziz

Atmosfera havosini ifloslanishini oldini olish

Narzullayev Abdulaziz

Oldimizda turgan yana bir yirik masala atmosfera havosining musaffoligini asrash bilan bogʼliq.

 

Insoniyat hayoti uchun eng muhim omil boʼlgan atmosfera havosini muhofaza qilish, uning sifat koʼrsatkichlarini ekologik normativlarga muvofiqligini taʼminlash strategik maqsadimiz boʼlib qoladi. Аtmosfera havosini muhofaza qilishni taʼminlovchi ekologik xavfsizlik talablari quyidagilardan iborat boʼlishi lozim deb hisoblaymiz:

 

    • joylarda atrof-muhitni meʼyoridan ortiq ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash orqali ularning texnologik jarayonlarini modernizatsiya qilish, yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish; 
    • atmosfera havosiga salbiy taʼsir koʼrsatuvchi har qanday xoʼjalik faoliyati turlarini ifloslantiruvchi moddalarni tozalash uskunalari bilan jihozlanmasdan loyihalashtirishni taʼqiqlash;

Аtmosfera havosidagi kislorod nafaqat inson, balki borliqdagi har bir tirik organizm hayoti uchun zarur resurs hisoblanadi. Biz atmosferani asrash orqali ekotizimning har bir aʼzosini muhofaza qilgan boʼlamiz. Qolaversa, zaharli gazlarning yogʼin vositasida tuproq va oʼsimliklarga qaytib tushish sirkulьyatsiyasining ham oldi olinadi.

Shaharlar va sanoat hududlarida havoning ifloslanishi aholimiz salomatligiga jiddiy xavf solayotganini nafas yoʼllari, allergiya kabi muayyan kasalliklarning avj olishi, yosharishi misolida ham yaqqol koʼrish mumkin. Mamlakatimizda atmosfera havosini ifloslantirish darajasi boʼyicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi yaxshi maʼlum. Unga koʼra, 2020 yilda atmosferaga tashlamalar miqdori 2 mln 225 ming tonnani tashkil qilib, 2018 va 2019 yilga nisbatan 7 foizga (155,0 ming va 150,0 ming tonna) kamaygan. Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining hisob-kitoblariga koʼra, Oʼzbekistonda havoning ifloslanishidan kelib chiqadigan yillik oʼlim darajasi, har 100 ming aholi soniga 81,1 ni tashkil qiladi. Holbuki aksariyat Yevropa davlatlarida ushbu koʼrsatkich 40 dan past, Ruminiya 59,3 va Bolgariyada 61,8 ni tashkil etadi.


Shu bois ham mamlakatimizning yirik va sanoati rivojlangan shaharlarida atmosfera havosiga chiqarilayotgan uglerod, azot birikmalari, metan va boshqa gazlar chiqarilishini hamda chang miqdorini 1,5 barobarga kamaytirish eng muhim vazifalardan biri desak, mubolagʼa boʼlmaydi.
Bu muammoga asosan yirik shaharlarimizda koʼproq duch kelamiz. Ulardagi avtotransport vositalari, sanoat obʼektlari, aholining maishiy chiqindilarni notoʼgʼri utilizatsiya qilishi – yoqishi oqibatida yuzaga keladigan zaharli moddalar ekotizimga yetarlicha xavf solmoqda.
Jamoat transportining kamida 50 foizini gaz-ballon yoqilgʼi, elektr va boshka muqobil yoqilgʼi turlariga oʼtkazish boʼyicha, 2021 yil 1 iyulь sanasiga respublikada foydalanishda 3,0 mln donadan ortiq avtotransport vositalari boʼlib, shundan 36,0 foizi benzin, 4,0 foizi dizelь va 60,0 foizi gaz yoqilgʼisida harakatlanishga moʼljallangan.
Ifloslantiruvchi moddalarning yuqoriligi ishlab chiqarishning oʼsishi bilan bogʼliq boʼlsa, ikkinchidan sanoat korxonalaridagi chang-gaz tozalash uskunalarining maʼnan eskirganligidir.
Tahlillarga koʼra, respublikadagi mavjud 6,5 mingga yaqin chang-gaz tozalash uskunalarining 60 foizdan ortigʼi 10 yildan ortiq muddatda foydalanishda boʼlib, maʼnan eskirgan.
Аyniqsa, Samarqand (77%), Surxondaryo (79%), Buxoro (82%), Xorazm (88%) viloyatlarida 10 yildan ortiq foydalanib kelinayotgan chang-gaz tozalash uskunalari mavjud.
Respublika boʼyicha bir yilda oʼrtacha qariyib 6,5 mln tonna tashlanmalar korxona va tashkilotlarda hosil boʼladi va shundan 5,6 mln tonnasi (yoki 87,3 foiz) ChGTUlarga yoʼnaltiriladi, shundan 5,5 mln tonnasi (yoki 85,2 foizi) ushlab qolingan va zararsizlantirilgan. Ulardan 4,6 mln tonnasi (yoki 83,6% foizi) utilizatsiya qilingan.
Tahlillar shuni koʼrsatmoqdaki, ChGTUlarga yoʼnaltirilgan jami 5,6 mln tonna ifloslantiruvchi moddalar uskunalarning yaroqsizligi yoki unga eltuvchi quvurlarning nosozligi oqibatida atmosferaga bir yilda oʼrtacha 135,0 ming tonna ifloslantiruvchi moddalar tozalanmasdan toʼgʼridan-toʼgʼri tashlanmoqda.
Xalqaro qabul qilingan amaliyotga muvofiq ifloslantiruvchi moddalarning oʼrtacha kontsentratsiyasi normativlari asosida havo sifatini baholashning mavjud tizimini isloh qilish maqsadga muvofiq. Shaharlar va yirik sanoat majmualari atrofida atmosfera havosi sifatini muntazam monitoring qilish stantsiyalarini koʼpaytirish ularni zamonaviy jixozlar bilan taʼmirlash PM 10 va PM 2,5 koʼrsatkichlarini kuzatib borish zarur.

E'tiboringiz uchun rahmat


Download 166,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish