38
JISMONIY SHAXSLARNING HAYOTI VA ULARNING MULKLARINI
YONG‘INDAN HIMOYALASHDA VAQTNING AHAMIYATI
Tulaganov Odil Abdukadirovich
(Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi)
archamizga tarixdan ma’lumki insonlar turmush tarzining
yaxshilanishi, sanoat,
ishlab chiqarish sohalarining rivojlanishi
xavflar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni mos ravishda ortib
borishiga olib keladi. Bugungi kunda ushbu xavflarga qarshi samarali kurashish
maqsadida bir qancha samarali yechimlarning ishlab chiqilganligini ko‘rishimiz
mumkin. Aynan obyektlarning hajmiy-rejaviy yechimlari,
funksional vazifalari,
mavjud modda va materiallarning fizik-kimyoviy hamda yong‘in xavfi
ko‘rsatkichlari, texnologik jarayonning hususiyatlari (bajariladigan vazifalar)
bo‘yicha ularning yong‘indan xavflilik darajasini aniqlash mumkin bo‘ladi.
Vazifasi turlicha bo‘lgan himoya obyektlari faoliyatining barcha
bosqichlarida (tadqiqot, meyoriy hujjatlarni
ishlab chiqish, loyihalash, tayyorlash,
qurish,
xizmatlarni bajarish, sinash, import bo‘yicha mahsulot xarid qilish,
mahsulot sotish (shu qatorda eksportga), saqlash, tashish, o‘rnatish, montaj qilish,
sozlash, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash (rekonstruksiya qilish), foydalanish
(qo‘llash) va utilizatsiya qilish) yong‘in xavfsizligining umumiy talablariga mos
kelishi talab etiladi.
Bugungi kunga kelib qurilish, sanoat, ishlab chiqarish
sohalaridagi tub o‘zgarishlar yong‘in xavfsizligini ta’minlashdagi zamonaviy
yechimlarni ishlab chiqilishi kerakligini taqozo etadi.
Ishlab chiqiladigan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha chora-tadbirlar odamlar va
moddiy boyliklar xavfsizligining (yong‘in xavfsizligining) ta’minlanganlik darajasi
bilan hamda obyektlar faoliyatining barcha bosqichlarini (ilmiy ishlab chiqish,
loyihalash, qurish, foydalanish) inobatga olgan holda mazkur tizimlarni moddiy
boyliklar uchun samarali ekanligining iqtisodiy mezonlari bilan baholanishi va
quyidagi vazifalardan birini bajarishi kerak:
- yong‘inning sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- odamlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash;
- moddiy boyliklarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash;
- bir vaqtning o‘zida odamlarning va moddiy boyliklarning yong‘in
xavfsizligini ta’minlash.
1
Ko‘rishimiz mumkinki, yong‘in xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishida amalga
oshiriladigan
chora-tadbirlar
bir yoki nechta yo‘nalishdagi yechimlar
kombinatsiyasi asosida amalga oshiriladi. Aynan zaruriy yo‘nalishlarni
belgilab
olishda insonlar va moddiy-tovar boyliklari uchun xavf tug‘diruvchi yong‘inning
xavfli omillari va ularning ko‘rinishini belgilab olish talab etiladi. Quyidagilar,
odamlar va moddiy boyliklarga ta’sir etuvchi xavfli omillar hisoblanadi:
- alanga va uchqunlar;
- atrof muhitning yuqori harorati;
- yonish va termik parchalanishning toksik (zaharli)
mahsulotlari;
B
39
- tutun;
- kislorod miqdori (konsentratsiyasi)ning kamligi.
Odamlar va moddiy boyliklarga ta’sir etuvchi yong‘inni xavfli omillarining
ikkilamchi ta’sirlari:
- shikastlangan apparatlarning, agregat, qurilma, konstruksiyalarning
qismlari, bo‘laklari;
- shikastlangan apparatlar va qurilmalardan chiqqan radioaktiv va toksik
(zaharli)
modda va materiallar;
- yuqori kuchlanishni konstruksiyalarning, apparat va agregatlarning
toko‘tkazuvchan qismlariga o‘tishi oqibatida hosil bo‘lgan elektr toki;
- yong‘in oqibatida yuzaga kelgan portlashning xavfli omillari;
- yong‘in o‘chirish vositalari.
1
Yuqorida keltirib o‘tilgan xavfli omillar (ikkilamchi omillardan tashqari)
barcha holatlarda doimiy ravishda vujudga keladi. Demak yong‘inlarga qarshi
kurashishdagi samaradorlik vaqt bilan o‘zaro bog‘liq. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki
yong‘inning xavfli omillarini erta aniqlash
va uni bartaraf etish uchun
sarflanadigan vaqt qanchalik qisqa (uzoq) bo‘lsa, keltirilishi mumkin bo‘lgan zarar
va yo‘qotishlar miqdori mos ravishda kam (ko‘p) bo‘ladi. Shu o‘rinda zararlarni
kamaytirish, insonlarning xavfsiz evakuatsiyasini ta’minlashdagi samaradorlikni
vaqtga bog‘liqligi mavjudligini bildiradi. Quyidagi grafiklar orqali yong‘in
sharoitida vaqtning ahamiyatini ko‘rishimiz mumkin.
W
zarar, %
100
80
60
40
20
τ
,
daqiqa
0
n
5÷10
10÷15
15÷20
. . .
H samara
, %
100
80
60
40
20
Do'stlaringiz bilan baham: