39
39
Shunday ekan, har qanday sharoitlarda yang‘inlarni
erta aniqlash, va
ularni o‘chirish yuqori samaradorlik beradi. Buning uchun yong‘inlar
sharoitida vujudga keladigan yong‘inning xavfli omillari va ularning
ko‘rinishini aniqlash muhim vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Bugungi kunda issiqlik, tutun, alanga va qo‘lda ishga tushiriladigan
yong‘in xabarlovchilari amaliy tarzda keng qo‘llanib kelinmoqda.
Ushbu
xabarlovchilarning
obyektlarda
qo‘llanilishi
yong‘inlardagi
vaqt
ko‘rsatkichlarini qisqartirish va samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish
imkonini beradi. Yong‘indan xabarlash tizimlarini qo‘llashda quyidagi
umumiy talablarning bajarilishi talab etiladi.
Yong‘in xabarlovchilari himoya qilinayotgan xonada yong‘in o‘chog‘ini
ishonchli ravishda aniqlanishini ta’minlashi lozim. Buning uchun yong‘in
xabarlovchisini tanlash jarayonida tahmin qilinayotgan yong‘inning harakteri
va uning kuzatiluvchi omillari; haroratning o‘sishi,
tutun konsentratsiyasi,
xonaning turli nuqtalarida yorug‘lik nurlanishini inobatga olish kerak.
Yonuvchan mahsulotlarning turi va miqdoriga bog‘liq ravishda yuqoridagi
aniqlanayotgan omillardan biri yoki bir nechtasi ustun turishi mumkin.
Yong‘inning boshlang‘ich jarayonida ko‘p hollarda tutun ajralishi
kuzatiladi, shuning uchun tutun xabarlovchilarini qo‘llash maqsadga muvofiq.
Bu turdagi xabarlovchilarni tanlashda, tutun
zarrachalari turli rang va
o‘lchamda bo‘lganligi tufayli, radioizotopli va optik-elektron xabarlovchilari
har xil sezgirlikka egaligi hisobga olinishi lozim.
Yong‘in jarayonida qisqa vaqt ichida ochiq alanga paydo bo‘lish
ehtimoli bo‘lsa, alanga xabarlovchilarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Issiqlik xabarlovchilari, avvalambor, yonish jarayonida yong‘in o‘chog‘idan
jadal ravishda ko‘p miqdorda issiqlik ajralib chiqqanda qo‘llanishi lozim.
2,
28-b
Yuqoridagi tushunchalardan kelib chiqqan holda, qo‘llaniladigan
xabarlovchilarning turidan qat’iy nazar, yong‘inni aniqlash vaqti yong‘indagi
kritik vaqtgacha (xonada mavjub bo‘lgan modda va materiallarning ommaviy
alangalanishiga olib kelgunga qadar sarflanadigan vaqt) bo‘lishi talab etiladi.
Bugungi kunda sodir bo‘layotgan yong‘inlar statistikasi asoslanib aytishimiz
mumkinki O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir bo‘ladigan yong‘inlar
sonining 70 foizidan ko‘prog‘i aholi yashash uylariga to‘g‘ri keladi. Demak,
jismoniy shaxslarning mol-mulkiga yong‘in ta’sirida
yetkazilayotgan moddiy
zararlar miqdorini kamaytirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri
ekanligi statistik ma’lumotlardan ko‘rinib turibdi.
40
3-rasm. Avtomatik yong‘inga qarshi himoya tizimining
funksionallashtirilgan grafik modeli
.
t
kr.
t
ost.
–kritik va chegaraviy (boshlang‘ich ishga tushish) harorati;
ost
- AYoXning ishga
tushish chegarasiga yetib borish vaqti;
aniq
–yong‘inni aniqlash vaqti;
kr
–haroratning kritik
holatga yetish vaqti;
in
–yong‘in xabarlovchisining inersionligi (ishga tushish vaqti);
Y
J
.
–jangovar yoyilish vaqti;
borish
–yong‘in joyiga yetib borish vaqti.
Ushbu masalalarni hal etishda “Xavfsiz shahar”, “Xavfsiz xonadon” hamda,
“Aqlli shahar”, “Aqlli xonadon” kabi konsepsiyalar asosida avtomatlahtirilgan
nazorat va himoya tizimlarini birlashtirgan holda umumiy nazorat tizimi sifatida
joriy etish eng samarali yechimlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Buning uchun
yong‘in
signalizatsiyasi, avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmalari, yong‘indan
xabarlash va evakuatsiyani boshqarish tizimi, videokuzatuv, perimetrik
signalizatsiya, qo‘rilash signalizatsiyasi va shu kabi tizimlarni umumiy boshqaruv
markaziga biriktirish talab etiladi. Bu orqali esa, nazorat va himoya yo‘nalishidagi
samaradorlik ko‘rsatkichlarini
sezilarli darajada ortishiga, vujudga kelgan salbiy
holatlarga barham berish va ularning oqibatlarini yumshatish uchun qarorlar qabul
qilish vaqtini kamaytirish imkoniyati vujudga keladi. Bu orqali esa aholi
xavfsizligining yuqori darajada ta’minlanishi, hamda Favqulodda vaziyatlar
vazirligi, Milliy Gvardiya hamda boshqa huquqni
muhofaza qiluvchi organlar
tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning hayoti va so‘lig‘i hamda ularning mol-
mulklarini himoyalash yo‘nalishidagi faoliyat samaradorligini oshirish imkonini
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: