www.ziyouz.com
кутубхонаси
4
bag’ishlasinlar». Shunday Dedi-da olamdan ko’z yumdi».
Mavlono Ma’rufning bu hikoyasini Muhammad Qozi Xoja Ahrorning kayfiyatlari yaxshi bo’lgan bir
vaqtda ul hazratga aytganida Xoja Ahror nihoyatda ta’sirlanib, Xoja Mavlononing gunohlarini
bag’ishlaganlar. Bu hikoya hayotiy va voqyeiy bo’lib, unda qatnashuvchi va hikoya qiluvchilar ham
voqealarning bevosita guvohi bo’lgan tarixiy shaxslardir. Shuning uchun unga ishonmaslik va yoki
e’tibor bermaslik mumkin emas. Shunga qo’shimcha tarzda Rashid Nabiyevning «XV asrda
Movarounnahrning siyosiy-iqtisodiy hayotidan (Xoja Ahror haqida mulohazalar)» nomli maqolasida
foydalanilgan «Manoqibi Xoja Ahror»dagi quyidagi ma’lumotni ham nazarda tutmoq lozim ko’rinadi.
«Manoqibi Xoja Ahror»da shunday keltirilgan ekan:
«Abdurazzoq nom shaxse bud, ki kori o’ hamesha qati tariq bud, ba bady va dalery shuhrati azim
dosht. Xoja Mavlono ba o’ mablag’i kasir zar va’da kardand, ki agar tu hazrati Xoja (Ahror) ro
bikushy, in mablag’ro bar tu rasonam. U niz qabul karda, ki on chunon bikunad».
Mazmuni: Abdurazzoq degan bir kishi bor edi. U hamisha yo’lto’sarlik qilar, yomonligi va dadilligi
bilan shuhrat qozongan edi. Xoja Mavlono unga ko’p oltin va’da qilib, agar Sen hazrat Xoja (Ahror)ni
o’ldirsang, shu oltinlarni beraman, degan. U ham rozi bo’lib shunday qilajagini aytgan».
«Manoqibi Xoja Ahror»da Keltirilgan boshqa bir voqea ham ahamiyatli bo’lib, bu haqda R. Nabiyev
shunday yozadi: «Manoqibi Xoja Ahror» ismli bir asarda aytilishicha, Abu Sa’id o’zi Xurosonga ketgan
choqlarda Samarqandda o’zi bilan nomdosh bo’lgan bir kishini – Abu Sa’id ismli birovni hokim qilib
qoldirgan. Shahar hokimi Abu Sa’id boshliq Sulton Abu Sa’id amirlari Xoja Ahrordan norozi bo’lib,
Xurosonga Sulton Abu Sa’idga xat yozadilar. Haqiqatda Xoja Ahrorning harakatida shaharni Abu Sa’id
dushmanlariga olib berish maqsadi ko’rinib, uning tomonidan sodir bo’lgan bu narsani amirlar tezda
sezib oladilar. Yuborilgan xatning mazmuni Xoja Ahrorning Samarqand hokimiga va umuman Sulton
Abu Sa’id davlatiga qarshi qaratilgan harakatlarini hukumdorga yetkazishdan iborat bo’lib, u
Sultonning eng ishongan odami Mavlono Muhammad Ali Xorazmiy qo’li bilan yoziladi.
Abu Sa’id bu xatni olgach, Samarqandga kelishga majbur bo’ladi. U Abbos cho’liga (Darg’omning
janubiy tomonida) kelganda, Xoja Ahror ham boshqa amirlar qatorida Samarqanddan Sultonni kutib
olishga chiqadi va Abu Sa’idga uch marta: Mirzo, biz sizga qanday e’tiqod qilgan bo’lsak, siz ham
bizga shunday e’tiqod qiling, nima qilgan bo’lsak sizning davlatingiz va musulmonlarning rifohiyati
(tinchligi, osoyishtaligi) uchun qildik, deb murojaat qilganda, Abu Sa’id javob qaytarmadi, lekin
Xojaning ma’lum mohir bir taktika bilan ish ko’rishi unga aniq bo’lganidan keyinroq bu ahvol bilan
kelishishga majbur bo’ladi».
Keltirilgan misollardan ma’lum bo’ladiki, Xoja Ahrorga qarshi kurashni asosan hokim tabaqa
vakillari va shariat peshvolari olib borganlar, uni obro’sizlantirish, ta’sir doirasini cheklash uchun
intilganlar. Xoja Ahror haqida o’sha davrda va keyinroq yozilgan ayrim maqomot va manoqiblarda
ana shunday «g’iybatlar, nomunosib narsalar nazm va nasr bilan» ataylab yaratilgandir. Bas, shunday
ekan, Xoja Ahror haqida maqomot va manoqiblardagi ma’lumotlarga nihoyat ehtiyotkorlik va daqiqlik
bilan yondashish, ulardagi g’iybat va haqiqatni aniqlab olish talab qilinadi. Albatta, shunday
yondashmoq adolatdan bo’lur edi. Agar shunday yo’l tutilmasa, Xoja Ahrorning haqiqiy siymosi va
mavqyeini aniqlashda chalkashliklar davom etaveradi.
Xoja Ahror hayotligi vaqtida unga bo’lgan ikki xil munosabat keyingi asrlarda ham davom etdi. XVII
asrning oxiri – XVIII asrning boshlarida faoliyat ko’rsatgan Roqim Samarqandiyning «Tarixi kasira»
(Ko’p tarix) asarida Xoja Ahrorga nisbatan samimiyat va ehtirom bilan so’z yuritiladi. Bu o’rinda uning
mazmunan tarjimasini to’liq holda keltirish joizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |