Buyuk ma’naviy
murshid
www.ziyouz.com
кутубхонаси
5
YAXSHILAR QUTBI VA MADADKORI HAZRAT XOJA AHRORNING VAFOTI TARIXI
Xoja Ubaydulloh – Xoja Ahror ilohiyot sirlari maorifining donishmandi, tariqat yo’lovchisi, hech
shubhasiz
valiylik osmonining qutbi, haqiqatga intiluvchilarning pushtu panohidir. Bu hazrat Mavlono
Ya’qub Charxiyning mukammal tarbiyati uslubi etagiga irodat qo’lini cho’zdi. Hazrati Mavlono Ya’qub
Charxiy esa, o’z navbatida, hazrati shohi naqshbandning baland
uchar qushi domiga tushib, uning
muridi bo’lgan edi. Garchi hazrat Xojada shahanshohlik va podshohlikning Beqiyos isTe’dodi bo’lsada,
ammo risolatpanohning hadislarida aytilganidek: «al-faqiru faxri», ya’ni «faqirlik mening faxrimdir»
mazmuniga amal qilib, faqirlikning to’g’ri yo’lidan chetga qadam qo’ymadilar va haqiqatni ko’ruvchi
nazarlarini ilohiy tajalliyotdan boshqa dunyoviy narsalarga qaratmadilar. Hazrati Xojaning mol-
mulklari Benihoyat ko’p bo’lsada, ammo ularning tabarruk xotiri Dehqonchilikka
mayl qilib, undan
olinadigan mahsulotlarni fuqaro va Bechoralarga sarf qilur edilar. Shu jihatdan mavlono Abdurahmon
Jomiy Hazrati Xoja haqida shunday buyurub edilar:
Hazoron
mazraa dar Zeri kisht ast,
Ki zodi raftani rohi bihisht ast
ya’ni, minglarcha yerlarga ekin ekilib, ularning hosili esa jannatga boruvchilarning yo’l oziqasi bo’lardi.
Bu dunyo yerlaridan yetishtirilgan mahsulotlarni sadaqa qilmoq oxiratni obod qilguvsidir.
Yaxshilarning sayidi bo’lmish hazrat Xoja Ahror ahlulloh sulukining
Haqqa muhabbat tariqi, vujudi
mutlaqqa bandalik va irodat yo’lining soliki bo’lib, dunyodorlik va unga bog’liq narsalardan ko’z
yumish ul hazratning maxsus odati edi. Iloh dargohining maqbuli bo’lmish bu hazratga g’olib va
baland martabali ko’pgina podshohlar ta’zim bajo keltirib, uning zafar bag’ishlaguvchi
ruhidan madad
istardilar. Ulamo va fozil kishilar hazrati Xoja Ahrorning Ollohning rahmatli arig’i va ma’rifati
daryosidan sug’orilgan pokizalik manbai bo’lmish bog’idagi chamanzordan murod gullari va ixlos
samaralarini topadilar. Muallifdan (ruboiy):
To ravzai Xojai mutahhar anvor ast,
Manzilgahi qutb, majmai abror ast.
Xayriyati har
du kavn hosil gardad,
On kas, ki g’ulomi Xojai Ahror ast.
Mazmuni:
Pokiza Xojaning ravzasi nur taratar ekan,
Yaxshilarning to’planish manzili-qutbidir.
Har ikki dunyo muammolari xayrli yechiladi,
Kimki Xoja Ahror bandasi-muxlisidir.
Xullas, bu kitobning yozuvchisi sulton ul-avliyo va muin ul-fuqaro (Xoja Ahror)
ahvoli sharhida
nima ham Deya olardi. Zero Mahdumiy Abdurahmon Jomiy o’zlarining «Tuhfat ul-Ahror» dostonlarida
bu haqda batafsil to’xtalganlar. Jumladan:
Zad ba chahon navbati shohanshahy,
Kavkabai faqri Ubaydullahy.
Ro’i
zamin k-ash na saru na bun ast,
Dar nazarash chun rui yak noxun ast.
On ki zi hurriyati faqr ogah ast,
Xojai Ahror – Ubaydullah ast.