Nazorat savollari
1.
Notiqlar deb kimlarga aytiladi?
2.
Notiqlikning qanday ko‘rinishlari bor?
3.
Voiz deb kimga aytiladi?
4.
Notiqlikning voizlikdan qanday farqi bor?
5.
Targ`ibot va tashviqot ishlarini olib borishd notiqning o`rni qanday?
8-mavzu: Targ’ibot-tashviqot ishlarining asosiy vosita shakl va usullari
Reja:
1.Targ‘ibot-tashviqot jarayonining asosiy vosita va omillari.
2.Targ‘ibot-tashviqot jarayonida ma'lumotning nima vositasida uzatilishi masalasi.
3.Targ‘ibot-tashviqotni tashkil etishdagi tashkiliy tamoyillar va noan'anaviy usullaridan
foydalanish. Targ‘ibot-tashviqot ishlarida tarbiyaviy tamoyil va usullar
4.Targ‘ibot-tashviqotda ma'naviy-ma'rifiy, mafkuraviy ishlar ta'sirchanligini oshirish.
5. Targ‘ibot-tashviqot ishlarida yangi texnologiyalardan foydalanish va auditoriyani turkumlarga
ajratish.
Tayanch so`zlar
Tashviqot, targ`ibot, ma`ruza, mafkura, g`oyaviylik, san`at, voi zl ik s an`at i , t arg`i bot ,
t as hvi qot ning t a`s i rchanl i gi , targ`ibotchining vazifasi, milliy mafkura, milliy g`oya,
nazariya.
Targ`ibot
(lotincha propoganda-tarqatiladigan) siyosiy, ilmiy, falsafiy, ba`diiy va boshqa
qarashlar hamda g`oyalarni ijtimoiy ongda joriy etish, ommaviy faoliyatini faollashtirish
maqsadida ularni tarqatishga aytiladi. Targ`ibot-tashviqot bir-biri bilan yaqindan bog`liq bo`lib,
muayan guruxlar manfaatini ifodalaydi. Targ`ibot qilish g`oyalar, qarashlar, nazariyalarni
og`zaki, matbuot, radio, televideniye, internet yoki boshqa vositalar yordamida yoyish demakdir.
Tashviqot
(agitatsiya) tushunchasi ham lotincha so`z bo`lib, keng xalq ommasiga siyosiy
ta`sir ko`rsatishni bildiradi. Tashviqot deganda keng xalq ommasiga siyosiy ta`sir ko`rsatish
orqali safarbar etish maqsadida axoli o`rtasida og`zaki yoki yozma ravishda olib boriladigan
ommaviy, siyosiy ish, faoliyat tushuniladi. Qisqasi, tashviqot deganda, biz ommani xayojonga
solish uni o`z orqamizdan ergashtirish uchun ularning hissiyotiga ta’sir etsh san`atini
tushunamiz.
Keng ma`noda olganda, targ`ibot tushunchasi faoliyatning aloxida turini anglatadiki,
ma`lum qarashlar, tasavvurlar va emotsional xolatlarni vujudga keltirib, ular orqali kishilarning
xulq atvoriga ta`sir etish maqadida bilimlar g`oyalar, badiy boyliklar va boshqa xil axborotlarni
etkazish hisoblanadi. Fan, mafkura, san`atdan farqli o`laroq, targ`ibotning asosiy vazifasi yangi
ma`naviy boyliklarni yaratishdan iborat bo`lmasdan, balki ularni yoyish, joriy etishdan iboratdir.
Fan soxasida, olamni badiy o`zgartirishda kashf qilingan jamiki narsalar targ`ibotchi-
tashviqotchi tomonidan idrok qilinadi, targ`ibot yordamida konkret shaxs bilan bog`liq yangi
ma`lumotlar tarqatiladi. Targ`ibotning maqsadi faqat ma`naviy-ma`rifiy, madaniy, ijtimoiy-
siyosiy, g`oyaviy-tarbiyaviy jarayon bilan bog`liq ma`lumotlarni shunchaki kishilar ongiga
etkazishdangina iborat bo`lmasdan, balki ularni konkret vaziyatni, auditoriya xususiyatlarini, bu
ish kechayotgan sharoitni xisobga olgan xolda ijodiy tarzda qayta ishlashni ham nazarda tutiladi.
Biroq, targ`ibotchining ishi bilan tashviqotchining vazifasi bir biridan farq qiladi.
Targ`ibotchining vazifasi ommaga ko`proq g`oyalarni tarqatish va ommaviylashtirishdan iborat
bo`lib, shu qadar ko`p g`oyalar berishi kerakki, bu g`oyalar nisbatan unchalik ko`p bo`lmagan
kishilar tomonidan o`zlashtirilib olinadi. Tashviqotchining zimmasidagi vazifa esa, ma`naviy-
ma`rifiy, madaniy, ijtimoiy-siyosiy, g`oyaviy-tarbiyaviy jarayon bilan bog`liq masalalar xaqida
gapirganda tinglovchilarning har-biriga alohida ta`sit etish. Tinglovchilarning hammasiga, har
biriga ma`lum bo`lgan eng muhum misollarni tanlab olishga bitta g`oyani singdirish uchun bor
kuchini sarflashdan va masaladagi qarama-qarshilikni to`la tushuntirish ishini tashviqot qilishdan
iborat.
50
Targ`ibot ishlari ko`pincha bosma matbuot, OAV orqali tashviqot ishlari esa og`zaki olib
boriladi. Jonli so`z ya`ni og`zaki tashviqotni asosiy maqsadi — konkret, yorqin, oddiy va
tushunarli misollar asosida kishilarning davlat siyosatining to`g`riligiga ishontirishdan,
vakiligimizdagi faktlar va xodisalarning ijtimoiy shakllantirish masalasigi aloxida e`tibor berib
kelinmoqda. Ma`lumki targ`ibot va tashviqotning xarakteri, mazmuni, metodlari, maqsad va
vazifalarini belgilashda xal qiluvchi rol o`ynaydi. SHu bois ham targ`ibot-tashviqot ishlarining
zamon talabiga, ruxiga mos, yangi bosqichga ko`tarishda yangicha noan`anaviy metodlardan
foydalanish maqsad va vazifalarini aniq belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Targ‘ibot-tashviqot jarayonining asosiy vosita va omillari.
1. So‘z g‘oyaviy ta'sir vositasi.
2.
Ezgu fikr ta'sirchanligi.
3.
Ezgu g‘oya va e'tiqodni shakllantirish omillari.
4.
Ta'sir ko‘rsatuvchi shaxs - ta'lim beruvchi.
5.
Gapirayotgan kishining yoqimtoyligi.
6.
Axborotning mazmuni.
7.
Ta'sir vositasi (aloqa tarmog‘i).
Targ‘ibot-tashviqot jarayonida ma'lumotning nima vositasida uzatilishi masalasi.
1) Ijtimoiy reklama.
2) Auditoriya: auditoriya psixologik jihatdan 4 tur bilan farqlanadi:
a) Passiv o‘zlashtiruvchi auditoriya.
b) Faol, ijtimoiy jihatdan barkamol auditoriya.
v) «E'tiqodi sust» auditoriya.
g) «Muqim uy» auditoriyasi.
Targ‘ibot-tashviqotni tashkil etishdagi tashkiliy tamoyillar.
1. Uzluksizlik (axborotni singdirib borishni sodda shaklda).
2. Keng qamrovlilik (jamiyat barcha a'zolariga fikrlar xilma-xilligi asosida targibot kilish)
3. Bosqichma-bosqichlilik (oila-bog‘cha-maktab-kollej, litsey, oliy o‘quv yurtlari asosida).
4. Ketma-ketlik (har bir bosqich uchun insonga xizmat qiladigan qadriyatlar asosida)
5. Faollik (ko‘proq interaktiv usullardan foydalanish).
6. Ish bilan so‘z birligi (nazariya va amaliyot birligi).
7. Shaxsiy ibrat (targ‘ibot qiluvchining o‘zi shaxsiy hayotda ibrat bo‘lishi).
8. Hayotiylik (yutuqlar bilan birga kamchiliklarni ham ko‘rsatish).
9. Ilg‘or targ‘ibot-tashviqot texnologiyalaridan foydalanish.
10. Me'yoriylik (balandparvoz, rasmiyatchilik, takrorlanishlarga ko‘p ham yo‘l qo‘ymaslik).
Targ‘ibot-tashvikot ishlarida tarbiyaviy tamoyil va usullar
1) Tushuntirishda va bayon etishda oddiylik va lo‘ndalik.
2) Talab va taklifni doimiy nazorat ostiga olish.
3) Ongga ta'sir ko‘rsatishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish.
4) Ziyolilar mavqyeini oshirish, ularga e'tibor va imkoniyat yaratish.
5) Turli bilimlarni egallashga bo‘lgan ishtiyoqni qo‘llab-quvvatlash.
6) Ommaviy-axborot vositalarida xalq ruhiyatiga yaqinlashtirilgan yangi mafkuraviy
materiallarni ko‘paytirish, doimiy «aks ta'sir» tamoyi-liga amal qilish.
7) Televidenie va radio zamonaviy ish usullari va shakllarini egallashi uchun rasmiy
xabarlarnigina emas, balki xalqaro mezonlarga muvofiq matbuot sahifalarida va televidenieda
chuqur tahliliy material-lar, jiddiy siyosiy, iqtisodiy, xalqaro sharhlar, bahs-munozaralar ko‘rini-
shida bo‘lishi lozim.
Targ‘ibot tashviqotda noan'anaviy quyidagi usullaridan foydalanish
1)
Aqliy hujum.
2)
Bahs -munozara (debat).
3)
Guruhlarga bo‘linib ishlash.
4)
Ijodiy ish.
5)
Intervyu.
51
6)
Interfaol.
7)
Yo‘naltirish.
8)
Musobaqa-tanlov asosida.
9)
Baholash va qiyoslash asosida.
Targ‘ibot tashviqotda ma'naviy-ma'rifiy, mafkuraviy ishlar ta'sirchanligini oshirish,
ommani buyuk maqsadlar yo‘lida safarbar etish, uyushtirish uchun asosiy e'tiborni quyidagilarga
qaratishni taqozo etadi:
1) Ma'naviy-ma'rifiy, mafkuraviy ishlarga oid targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish va uning
qamrovini kengaytirish;
2) Garchi achchiq bo‘lsada, haqiqatni aytishdan cho‘chimaslik.
3) Soxtakorlikdan qochish.
4) Hayotdagi qiyinchilik, muammolarni ochiq-oydin bayon etish.
5) Ommani ruhlantirish, ishonch-e'tiqodni mustahkamlash.
6) Prezidentimiz atrofiga yanada mustahkamroq jipslashishga da'vat etish, ziyoli, ma'rifatchi,
mafkura ishi bilan shug‘ullanuvchi barcha targ‘ibot-tashviqotchilarning birinchi darajali
vazifasidir.
7) Maqsadimiz ma'rifatli jamiyat barpo etishdan iborat, bu jamiyatda qonun ustuvorligi, qonun
oldida hammaning mas'ulligi, adolat, Vatan, xalq manfaati ulug‘ sanalishini inobatga olish.
8) Birovning haqiga xiyonat qilmaslik, diyonatlilik, iymonlilik, halollik mezonini ulug‘lash.
9) Ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot-tashvikot ishlarining shaklan va mazmunan turi:
- ma'ruza, suhbat va bahs-munozaralar, seminarlar, konferensiyalar o‘tkazish, ommaviy axborot
vositalarida chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
10) Ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot-tashvikot ishlarining asosiy maqsadlarini xalqqa sodda,
ta'sirchan, tushunarli tarzda yetkazish uchun odamlar qalbiga yo‘l topa oladigan fidoyi inson,
ziyolilarga tayanish.
Targ‘ibot-tashvikot ishlarida yangi texnologiyalarni qo‘llash.
Targ‘ibot-tashvikot ishlarida yangi texnologiyalarni qo‘llashda jahonning bir qator
davlatlarida to‘plangan ilg‘or tajribalardan foydalanish mumkin. Xususan, jahonda keng
tarqalgan
Do'stlaringiz bilan baham: |